1-topshiriq xar bir mavzuga doir 10 ta test tuzing. (Jami 20 ta) 2-topshiriq savollarga yozma ravishda javob bering



Download 71,3 Kb.
Sana27.03.2020
Hajmi71,3 Kb.
#42843
29 – variant

1-TOPSHIRIQ

Xar bir mavzuga doir 10 ta test tuzing. (Jami 20 ta)


2-TOPSHIRIQ

Savollarga yozma ravishda javob bering.

1. Applikatsiya turlari haqida ma’lumot bering.

2. Modellashtirishdagi plastik materiallarni afzalliklari haqida ma’lumot bering.

3-TOPSHIRIQ

Jadvalni tо‘ldiring:

MTM to’g’risidagi Nizom boblari ifodalang




1




2




3




4




5




6





4-TOPSHIRIQ

Fanga oid 20 ta tayanch sо‘zlarga izox yozing.

5-topshiriq

mashg‘ulot ishlanmasi



1-TOPSHIRIQ

1. Applikatsiya turlari haqida ma’lumot bering.



  1. Applikasiya so’zi qanday so’zdan olingan?

  1. Lotincha

  2. Arabcha

  3. Turkcha

  4. Xitoycha

  1. Applikasiya so’zi qanday ma’noni anglatadi?

  1. Tushuntirish

  2. Qog’oz yasash

  3. Joylashtirish

  4. Kesish

  1. Rang sezishni o’stirish orqali bolalarda qanday qobiliyat tarbiyalanadi?

  1. Etik tarbiya

  2. Tasavvur

  3. Estetik tarbiya

  4. Tasviriy

  1. Applikasiya necha turga bo’linadi

  1. Katta va kichik

  2. Bir xil rangli va harxil rangli

  3. Rangli va rangsiz

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Applikasiya bundan necha yil muqaddam paydo bo’lgan?

  1. 3000

  2. 2000

  3. 2800

  4. 2500

  1. Nechanchi yilda birinchi bor Flaris rassomlar jamiyati tashkil etilgan?

  1. 1960

  2. 1980

  3. 1994

  4. 1955

  1. Applikasiya ishining ish qurollari to’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Qaychi, yelim, pichoqcha.

  2. Kalka, chizg’ich,o’chirg’ich, qora qalam.

  3. Moyqalam, kapirovka, flamaster.

  4. Barcha javoblar to’g’ri.

  1. Qog’ozni 5-6 qavat qilib buklab turib qirqish qanday qirqish usuli deb nomlanadi?

  1. Murakkab qirqish

  2. Oddiy qirqish

  3. Sanalgan qirqish

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Applikasiya qilishda asosiy e’tibor nimaga beriladi?

  1. Qogo’z turiga

  2. Kompozisiyaga

  3. Bo’yoq turiga

  4. Charm turiga

  1. Dekorativ applikasiya nimalardan tashkil topgan?

  1. Naqsh va gullardan

  2. Geometrik shakllardan

  3. Doiradan

  4. Urug’lardan

2. Modellashtirishdagi plastik materiallarni afzalliklari haqida ma’lumot bering.

  1. Badiiy ijodiyotning eng aniq shakli bu ?

  1. Modellashtirish

  2. Tafsiflash

  3. Apllikasiya

  4. Pape-mashe

  1. Modellashtirishda mo’yqalam orniga nima ishlatiladi?

  1. Flomaster

  2. Ip

  3. Loy

  4. Qo’llar

  1. Modellashtirish bola rivojlanishida qanday ta’sir etadi?

  1. Shakl, hajm, plastic, rangni idrok etish hissiyotini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi;

  2. Mayda qo’l motorikasini, fazoviy tafakkurni va tasavvurni rivojlantiradi;

  3. Ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijasini bashoratlash va unga erishish, kerak bo’lsa o’zgartirish kiritish ishlarida ko’nikma, malakalari shakllanadi;

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Konstruktor qismlaridan kabi alohida qismlardan yaratiladigan uslub qanday nomlanadi?

  1. Loy

  2. Konstruktiv

  3. Yassilash

  4. Cho’zish

  1. Konstruktorlik uslubi bilan bolalar necha yoshdan boshlab yasashni boshlaydilar?

  1. 4-5

  2. 3-4

  3. 2-3

  4. 1-2

  1. Plastmassa so’zi qaysi tildan olingan?

  1. Yunon

  2. Eron

  3. Ingliz

  4. Nemis

  1. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni nechanchi yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan?

  1. 1544

  2. 1660

  3. 1750

  4. 1856

  1. Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha qanday turlariga bo‘linadi.

  1. Termoplast va reaktoplast

  2. Polietilen va polivinilxlorid

  3. Polistirol

  4. Aminoplast

  1. O’zbekistonda necha korxona plastmassalarni qayta ishlaydi?

  1. 20

  2. 15

  3. 10

  4. 5

  1. Plastmassalarni qanday qilib Shalini saqlab qolish mumkin?

  1. Isitib

  2. Qaynatib

  3. Ishlov berib

  4. Sovutib

  1. Applikatsiya turlari haqida ma’lumot bering.

Applikatsiya ishiga o'rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go'zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o'rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o'rgatish. Applikatsiya so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir.

Applikasiya xalq amaliy san'atida keng o'rin tutadi. Applikasiya so'zining ma'nosi - qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qog'oz, mato, charm, somon, quritilgan o'simliklar, urug'lar, tashlandiq narsalar, simlar, iplardan foydalanib har xil ishlarni bajarish mumkin.

Applikasiya - badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikasiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko'rgazmali qurollar, turli o'yinlar uchun qo'llanmalar, o'yinchoqlar, bayroqlar, sovg'alar, devoriy gazetalar, stentlar, ko'rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashgina emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo'llash mumkin. Applikasiya bundan 2500 yil muqaddam ko'chmanchi xalqlarda paydo bo'lgan. Applikasiya bilan kiyim-bosh, turar joylar bezatilgan. Bu ishda ular teri-mo'yna, namatdan foydalanishgan. Applikasiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikasiya ishida postloqdan foydalanishgan, bo'yalgan po'stloqdan qilingan applikasiyalar bilan ular o'tovlarini bezashgan. Xanti-Mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo'yna ishlatishgan. Qozoq, qalmoq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikasiyadan milliy kiyim, uy-ro'zg'or predmetlarini bezashda foydalanishgan. Gazlamadan applikasiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fon xizmatini o'tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan. Gazlamadan yasalgan applikasiya bilan kiyim-bosh uy-ro'zg'or predmetlari bezatilgan.

Hozirgi kunda dastur qo'shma Shtatlarda keng tarqalgan. Ilovaning eng keng tarqalgan turi-floristica. 1960 yilda dunyodagi birinchi flaris rassomlar jamiyati tashkil etildi. Applikasiya bilan shug’ullanish bolalarning dunyoqarashini uyg’un rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikasiya ijidni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tassavurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydim qo’l mehnati, shaklani his qilish, chamalash va rangni sezish qobilyatini o’stiradi. Rangli qog’oz yoki boshqa materiallardan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi. Applikasiya ishida asosiy material qog’ozdir. Dazmollangan va krahmallangan gazlama bo’laklaridan ham foydalanish mumkin.

Bu materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan o'simlik, urug', danak va shu kabilar ham asqotadi. Qog'oz ishlab chiqarish sanoati qog'ozning rangi va xususiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi 250 navini ishlab chiqaradi. Tolalarning ko'ndalang yo'nalishi bo'yicha qirqilgan qog'oz yopishtirilganda izlar qoldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi. Ishlaganda qog'ozning bu xususiyatini e'tibordan qochirmaslik kerak.

Kleyster surilganda qog'oz uni shimishini, qog'oz tolalarining ko'ndalangiga uzunligidan ko'proq kengayishini ham unutmaslik kerak. Agarda qog'oz kleyster surilgan zahotiyoq elimlansa, davom etayotgan shimish va kengayish natijasida qog'ozda g'ijimlar, izlar paydo bo'ladi. Shuning uchun kleysterda surilgan qog'oz bir oz vaqt yopishtirilmay turishi kerak. Qog'ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan, Baxmal, kumush-bronza rasm solish va chizmachilik navlari applikasiya uchun yaroqlidir.

Applikasiya qilish usuli bilan guruh xonalarini, mehmonxona, oshxonalarni, bolalar ayvonchalari bezatiladi. Bolalar bog'chasi kichik guruxdan boshlab applikasiya mashg'ulotlari olib boriladi. Kichik guruxdan tayyor qirqilgan shakl beriladi. O'rta guruxdan boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash mustaqil olib boriladi. Applikasiyada qog'oz asosiy rolni bajaradi. Applikasiya ishini bajarishda har xil elim ishlatilavermaydi. Elimni uy sharoitida arzon va oson usulda tayyorlash mumkin. Bu elim klestr deb ataladi. U kraxmaldan quyidagicha tayyorlanadi: bir choy qoshiq kraxmal, 5 choy qoshiq sovuq suvda aralashtirilib olinadi, so'ng yarim stakan suv solib past olovda qaynaguncha kovlab turiladi, qaynashga yaqin olovdan olinadi va sovitiladi, so'ngra ishlatiladi. Applikasiya ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko'rish lozim. Bu quyidagicha bajariladi: syujet tanlash; xomaki chizma; rangli qog'ozlarni tayyorlash; fon tanlash.



Applikasiya ishining ish qurollari: qaychi, elim, kalka, pichoqcha, chizg'ich, o'chirg'ich, qora qalam, moyqalam, kapirovka, flamasterlardan iborat. Applikasiya ishlari oddiydan tortib mazmunli, kantli, dekorativ, qo'lda yirtish orqali mozaika usulida tabiat materiallaridan (barg, urug', danak, piyoz po'sti, shisha siniqlari tashlandiq simlar va iplar) ham bajariladi. Applikasiya qilishda oddiy va murakkab qirqish usulidan foydaniladi. Oddiy qirqish usuli bilan yaxlit shakl hosil qilinadi va qirqilgan shakl teng va tekis qirqiladi.

Qog'ozni 5-6 qavat qilib buklab turib qirqishga murakkab qirqish usuli deyiladi. Bu usulda qirqishda 1 ta shakl 5-6 martaga ko'payib chiqadi. Quyida bir necha murakkab qirqish usullarini keltiramiz:


Applikasiya qilishda asosiy e'tibor uning umumiy kompozisiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o'ylangan kompozisiya, ya'ni tasvirlash lozim bo'lgan narsalarni joylashtirish – applikasiya muvaffaqiyatining garovidir. Eng oddiy applikasiya bu geometrik shakllardan qilinadigan naqshli applikasiyadir. Avval naqshning xomaki eskizi tuziladi, so'ngra kerakli detallar (geometrik shakllar) o'lchami va miqdori hisoblanadi. Detallar tayyorlanib ma'lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl kvadratni olib, uning bir tekis almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko'ramiz. Agarda kvadrat boshqa elementlar, masalan uchburchak bilan to'ldirilsa, variant yanada ko'payadi. Ishni boshlash uchun markazni topish simmetriya o'qini o'tkazish va naqsh elementlarini shunga ko'ra joylashtirish lozim. Agarda geometrik shakllar kvadrat yoki aylanaga simmetrik joylashtirilsa, qiziqarli dekorativ naqsh hosil bo'ladi.

Dekorativ applikasiya - bu naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo'ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg'unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo'lishi mumkin.

Geometrik shaklli applikasiyalar. Bajarilish texnologiyasiga ko'ra applikasiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikasiyalardir.

Geometrik shakllar: talabalarning kvadrat, to'g'ri burchak, uchburchak, aylana qog'oz bo'lagi va o'lchov asboblari haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlaydi. Ularning badiiy didini o'stiradilar, doira, kvadratda naqshlar tuzish bo'yicha olingan bilimlarini chuqurlashtiradi. O'quvchilar ayrim predmetlarni detalma-detal taxlil qilib, geometrik shakllarni to'g'ri idrok etishni o'rganadilar. Masalan, archa bir biriga kiygizilgan uchburchakka o'xshaydi yoki yukmashinasi turli o'lchamdagi to'g'ri burchaklardan, g'ildiragi aylanadan tashkil topkanligini idrok etadilar. Bolalarda "ko'p-kam", "uzunasiga", "ko'ndalangiga", "ikki qismga qirqish", "teng qismlarga" kabi tushunchalar mustahkamlanadi. Bolalar ranglar uyg'unligini to'g'ri tanlashni o'rganadilar. Ularda estetik did tarbiyalanadi.

Geometrik shaklli applikasiyalarni ham naqshli, predmetli, syujetli applikasiyalarga ajratish mumkin.

Doira, kvadrat va ovaldan naqshlar yasash. Naqsh detallari: turli o'lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naqsh dioganal bo'yicha tuziladi-bunda shakllarni simmetrik joylashtirish qulay.

Geometrik shakllardan predmetli applikasiya. Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Bizni o'rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.

Ko'p rangli applikasiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo'lib' tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikasiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmet xuddi bo'rtib turgandek, yorqin ko'rinadi. Hammasi o'ylangan kompozisiyaga bog'liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunday tanlanlanadi. Bunda detallarning tabiiy joylashishi va ular o'lchamlarining uyg'unligiga e'tibor berishi kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallarning konturlari oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-qoralamalar bo'yicha qirqiladi. Applikasiyalarning ifodaliligi va jonliligiga erishishning usullari ko'p. Ayrim detallarning tag qismida kesiklar qilinib elimlashda boshqa qog'oz qo'yiladi.

Mazmunli applikasiya. Bu applikasiya kompozisiyaga ko'ra oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Murakkab mazmunli applikasiya ertaklar, xikoyalar va shu kabilarga illyustrasiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo'lsa, tasvirlarni oldindan belgilamay qirqish mumkin. Bu applikasiyada ma'lum bir mazmunni ifodalasa bo'ladi. Bu badiiy asar uchun ilyustrasiya bo'lishi mumkin. Applikasiyada manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug'lik tushayotgan tomonini munosib rang berib ko'rsatish mumkin.

Badiiy applikasiya. Bu applikasiyada mazmunli ishlarni yaratish faqat mexnatni emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Applikasiyaga qaratilgan kompozisiya va elementlar miqdoriga qarab qog'oz tanlanadi. Kompozisiya ustida ishlaganda asosiy e'tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o'lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi.

Applikasiyada mozaika usulidan foydalanib predmetli' mazmunli' dekorativ applikasiya ishlari bajarish mumkin. Mozaikani qaychida yoki qo'lda qirqish usulidan foydalanib bajariladi.

2. Modellashtirishdagi plastik materiallarni afzalliklari haqida ma’lumot bering.

Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko'radi, qo'liga oladi, paypaslaydi, kerak bo'lsa o'zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo'yqalam emas balki qo'ldir, to'g'rirog'i ikki qo'lidir, shu sababli mahorat darajasi o'z qo'llarning egalik darajasiga bog'liq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o'zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin.

Modellashtirish, ya’ni loy ishi mashg'ulotlari, bola rivojlanishida kompleks ta’sir etadi:


  • Shakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiyotini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi;

Mayda qo'l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi;

  • ikkala qo'l ishini sinxronlashtiradi;

  • ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga erishish, kerak bo'lsa o'zgartirish kiritish ishlarida ko'nikma, malakalari shakllanadi;

Modellashtirish texnikasi

Modellashtirish texnikasining usul va metodlarning xilma-xil, rang-barangligiga qaramay maktabgacha yoshdagi bolalar oson egallab olishadi.

Konstruktiv uslub Modellashtirishning bu uslubi konstruktor qismlaridan kabi alohida qismlardan yaratiladi (nomi ham shundan kelib chiqqan).

Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o'sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko'rsatib tushuntirib beradi. SHuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko'proq o'yin usullaradan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg'ulotlari predmetli xarakterga ega bo'ladi, ya’ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bolalar ishiga yoki faoltyatiga baho berish ham muhim usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarni, ular qanday ishlaganlarini va ishni qanday bajarganlarini aytib o'tish lozim. Bola o'ylab topgan obrazni tasavvur qilib, qanday qismlardan iboratligini aniqlashtirib, yasaydi. Konstruktorlik uslubi bilan bolalar 2-3 yoshdan boshlab yasashni boshlaydilar va ko'pincha o'zlariga bu “yangilikni” mustaqil “ochishadi”. Ko'p hollarda kichik yoshdagi bolalarda modellashtirish quyidagi variantlarda namoyon bo'ladi:

- ikkita bir xil shaklni birlashtirish (munchoq, devor);

- oxshash, ammo turli hajmdagi shakllarni birlashtirish (halqachalar, piramida, qorbobo, sarak-sarak qo'g'irchoq, minora);

- turli shakllarni birlashtirish (qo'ziqorin, kapalak, qush)

Haykaltaroshlik uslubi.



Bu uslubni yana plastik yoki butun bo'lakdan modellashtirish deb atashadi. Bolalarni loy bo'lagining mayda qismlarini. Kombinatsiyalashgan uslub. Bu uslub ikkita uslubni o'z ichiga oladi: konstruksiyalash va haykaltaroshlik uslublaridir. Bola hayotining 6-chi yilida uning tevarak- atrof haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo'l muskullari mustahkamlanib taraqqiy etadi. U ko'l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara oladigan bo'ladi. Uning psixikasida ham sifat o'zgarishi yuz beradi. Xotirasi o'sadi, barqaror bo'ladi, diqqat ham tobora barqaror bo'ladi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qismlarning shakli, uning xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. SHu bilan birgalikda bolalar predmetlarni ko'proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalarni loy ishlariga o'rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiyasini, uning tuzilishini, xarakterli qismlarini va harakatini tasvir etish va boshqalard ir. Bolalar idishlar yasab, so'ng uni bo'yaydilar, dekorativ plstinkalar yasab ularni bezaydilar. Bu guruhda bolalar syujet mazmun asosida yashlaydilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkablashadi. 4 yoshli bolalar qismlardan yasashsa, 5-6 yoshga kelib butun bir loy bo'lagidan yasaydilar. SHu bilan birga stek bilan ishlashga ham keng imkoniyat yoki o'rin ajratiladi. Bolalar dastavval o'zlariga tanish bo'lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasaydilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil sorti. Bolalar shu ikki usulda odam; figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlarning mazmuni asosan hali o'yinchoqlaridan olinadi. Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari Plastik materiallar bilan ishlashda turli yordamchi usul va metodlardan foydalaniladi. Bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o'rgatib boriladi. Masalan: uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o'rnatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni silliqlashga o'rganadilar. Bolalar asta-sekin o'z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq etadilar, asosan bir butun loy bo'lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar. Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Butun bir loy bo'lagidan lentasimon usuli bilan idishlar yasaydilar, so'ng ularni bezaydilar. Bolalar o'zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan: xo'roz, tovuq, o'rdak, jo'ja va boshqalarni yasab, parrandalar shaklini mazmunida ishlaydilar. Ko'proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Dastavval predmetni yoki naturani kuzatib, ko'rib chiqiladi. predmetnning shaklini, qismlarini, proporsiyasini barmoq harakatlari bilan ko'rib chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko'rsatib berishi mumkin. Ishlarni bajarishda turli vostilardan foydalasa bo'ladi. Flomaster, turli idishlarning qalpoqchalaridan yasalgan baliqning “tangachalarini” iz qoldirish uchun ishlatish tavsiya etiladi. Stek yordamida ko'p harakatlar bajarish mumkin. Masalan: yasalgan buyum ustida shtrixlar, “qanotchalarni” bo'rttirib chiqarsa bo'ladi. Yasalgan o'yinchoqlarga munchoqlar, tugmalar, qushlar patlari, chig'anoqlar yordamida mayda qismlarni bezaklar berib kombinatsiyalashtirsa bo'ladi.

Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.

Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.



Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O‘zitalplast» turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar.

Plastik materiallar yoki plastmassalar — sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
Download 71,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish