4. Mayl so`zi qaysi so`z bilan sinonimik qator hosil qilishi mumkin?
A) ijozat B) izm C) izn D) A va B E) to`g`ri javob yo`q
5. Omonimik, sinonimik, antonimik munosabatlar qaysi birliklarga xos?
1) so`z 2) ibora 3) qo`shimcha 4) so`z birikmasi 5) gap
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1,5 C) 1, 2, 3 D) 4, 5 E) 1, 2, 5
3-amaliy mashg`ulot.
Lug’at turlari bo`yicha mashq.
1-mashq.
Berilgan gaplar tarkibidagi ajratib ko`rsatilgan so`zlarning lug`aviy ma’nosini yozma izohlang. Javoblaringizni O`TILdagi izohlar bilan solishtiring.
1. Sizning yuzingizdan chimmatni oldik, Hayo pardasini olganimiz yo`q. (A.Oripov) 2. Gulnor chiroyli va erka tabassum bilan xo`p deganday boshini qimirlatdi. (Oybek) 3. Yesir tuyg`ularim nimtalar jonim… 4. Aniq fikrlaydigan odamning nutqi ravon bo`ladi. 5. Mehr bu sunnatdir, mehr bu farzdir.(E.Shukur)
2-mashq.
M.Qoshg`ariyning “Devoni lug`atit turk” asarida va O`TILda bir xilda izohlangan so`zlarga 10ta hamda turlicha izohlangan so`zlarga 12ta misol toping. Bunday izohlanishlarning sababini tushuntiring.
3-mashq.
“O`zbek tilining izohli lug`ati”dagi polisemantik so`zlarning berilishini kuzating. Tilimizda mavjud, ammo lug`atga kiritilmagan so`zlar ro`yxatini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |