2-topshiriq. Mehnat ta’limi dasturi asosida taqvimiy
mavzu reja tayyorlang
№
|
Mavzular
|
Sоat
|
1
|
Kirish. “Mehnat ta`limi” fani haqida tushuncha. Uning turlari.
|
1
|
2
|
“Mehnat ta`limi” fanida fоydalaniladigan ish qurоllari va ular
bilan ishlashda rioya etiladigan xavfsizlik texnika qoidalari va
sanitariya-gigiyena talablari
|
1
|
3
|
“Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlash
|
1
|
4-5
|
Tabiiy materialdan turli (yeryong`oq, yong`oqlardan
ayiq, toshbaqa va h.k.) o`yinchoqlar yasash.
|
2
|
6-7
|
Tabiiy materialdan (turli barglar va qush patlaridan)
hayvonlar shakllarini qurish-yasash.
|
2
|
8
|
Tabiiy materialdan (turli barglar va qush patlaridan)
parranda shakllarini qurish-yasash.
|
1
|
9
|
Kitob uchun xat cho`p yasash.
|
1
|
10
|
Chiqindi materiallardan o`yinchoqlar qurishyasash
(gugurt, bo`sh plasmassa idishlar)
|
1
|
11
|
Loy yoki plastilindan jo`ja shaklini yasash.
|
1
|
12
|
Plastilindan “Ot haykalchasi”ni yasash.
|
1
|
13
|
Pazandachilikda ishlatiladigan xomashyolar, asbob
uskunalar
haqida suhbat. (Plastilindan tort shaklini yasash)
|
1
|
14
|
“Qish” manzarasini applikatsiya usulida ishlash.
|
1
|
15
|
Rangli qog`ozdan “Baliq” o`yinchog`ini qurish-yasash.
|
1
|
16-17
|
Archaga osiladigan turli o`yinchoqlarni yasash.
|
2
|
3-topshiriq. Papye-mashe usulida idishlar tayyorlash mavzusida
video rolik tayyorlang.
4-topshiriq. Papye-mashe usulida idishlar tayyorlash mavzusida
dars-ishlanma tayyorlang
Mavzu: Papye-mashe usulida idishlar tayyorlash
Reja:
1. Papye-mashe ishlarini tayyorlash haqida ma’lumot berish.
2. Papye-mashe yasash darslarini tashkil etish tartibini
tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Papye-mashe ishlari haqida.
Papye-mashe yasash bo‘yicha ma’lumotlar berish. Qog‘oz bo‘lak-
laridan papye-mashe yasash.
Pedagogik vazifalari:
• talabalarning papye-mashe yasash haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish;
• papye-mashe ishlari bilan tanishtirish;
• qog‘oz bo‘laklaridan papye-mashe yasash texnologiyasi bilan
tanishtirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish,
ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar, texnik vosi-
talar, qog‘oz bo‘laklari, piyola, bo‘yoq, yelim, qog‘oz, turli bezaklar.
Dasning borishi.
1. Tashkiliy qism.
2. O’quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
3. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi.
1. Papye-mashe ishlari nima?
2. Papye-mashe ishining asosiy materiali nima?
3. Papye-mashe ishiga yelim qanday tayyorlanadi?
4. Qanday qog‘ozdan foydalaniladi?
4. Amaliy ish taqdimoti
1. Papye-mashe ishlari haqida kirish (boshlang‘ich) suhbat. Suh-
batni ushbu materialni ko‘rsatish bilan birga olib borish kerak: bolalar
namunani ushlab ko‘rishi, shaklini, ustki qobig‘ini his qilishi, rangini
ko‘rishi mumkin.
5. Mavzuni e’lon qilish va o‘yinchoq namunasini ko‘rsatish.
6. Namuna tahlili va papye-mashe yasash usullarini ko‘rsatish. Bu
yerda bolalarni o‘yinchoq namunasini tahlil qilishga, papye-mashe
yasash jarayonining ketma-ketligi haqida o‘z fik rini bildirishga undash
maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini to‘g‘irlab
beradi va ushbu material bilan ishlashning o‘ziga xosligini ajratib
ko‘rsatishga bolalarning diqqatini qaratadi.
Oddiy piyolani olib atrofiga vazelin surtamiz. Qog‘ozni 1×2
sm o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qog‘oz bo‘laklarini suvga
botirib piyola atrofiga bir tekis yopishtirib chiqamiz.
Piyolaga qog‘oz bo‘laklarini bir qavat qilib yopishtirib bo‘l gan-
dan so‘ng, ikkinchi piyolaga suv va un solib suyuq aralashma hosil
qi la miz. Tayyor aralashmani cho‘tka bilan qog‘oz atrofiga surtib chi-
qa miz. Keyin qog‘oz bo‘laklarini ko‘ndalang qilib ikkinchi qavatga
yopish tirib chiqamiz. Qog‘oz bo‘laklarini shu tariqa 7 qavat qilib
yelim laymiz. Har bir qavat orasiga suyuq xamirli aralashmani surtib
chi qamiz. Tayyor bo‘lgan papye-mashe ishini 3-4 daqiqa mobaynida
qu ritishga qo‘yamiz. Quritish jarayonida yelvizak bo‘lmasligi, quyosh
nu ri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turmasligi kerak. Qurigan papye-mashe
ishi ni tekis qilib kesib olinadi. Kesilgan qismi qog‘oz bo‘laklari yor-
damida bir-biriga yopishtirib yelimlanadi. Papye-mashe ishi ustki qis-
mini rangli qog‘oz bo‘laklari yordamida yelimlab chiqamiz.
Papye-mashe ishiga oq qog‘ozdan qo‘shimcha bezak berish
uchun naqshlar chizib olinadi va qirqiladi.Papye-mashe ustiga tayyor
gul naqshi yelim surtib yopishtiriladi. Papye-mashe usulida piyola
shakli tayyor bo‘ldi.
7. Papye-mashening bolalar tarafidan tayyorlanishi. Mehnat jara-
yonida o‘qituvchi bolalar ishini nazorat qiladi, asbob larni ishlatishda
texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini kuza tadi, qiynalayotganlarga
yordam beradi, mozaika ishini takomil lashtirishda uni bezashda mus-
taqil qaror qabul qilishga undaydi, bular ning barchasi bolalar ora sida
o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatning shakllanishiga olib keladi.
8. Tayyor papye-mashe ishini tahlil qilish. Ushbu jarayonda
bolalarda o‘zi va do‘stlari mehnatining natijalarini baholay olish qo-
bi liyatini shakllantiradi.
9. Ish joyini tozalash. Asboblarni va qolgan materiallarni yig‘ish ti-
rish.
Uyga vazifa:
1. Papye-mashe usulida choynak shaklini yasang.
2. Papye-mashe usulida piyola shaklini yasang.
Do'stlaringiz bilan baham: |