mustaqillik yillarida O’zbekiston qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarni
ko’rmoqchi bo’lsa, avvalo odamlarning, xalqimizning yuziga, ko’ziga qarasin.
Maktab, litsey va kollejlarda ta’lim-tarbiya olayotgan bolalarning chehrasiga
boqsin”[1]. Bilasizmi, bu 25 yillikning toshi ba‟zi davlatlar rivojlanishining 50-60
yilini ham bosib ketadi. Agar faktlarga murojaat qiladigan bo‟lsak, 25 yil
mobaynida O‟zbekiston aholisi 11 millionga oshgani holda, aholining real
daromadlari 9 barobordan ziyodga oshdi. Yalpi ichki mahsulot oxirgi 11 yildan
buyon 8 % dan kam bo‟lmagan suratlarda oshib kelmoqda [2]. 2008-yilda
boshlanib hali hanuz ba‟zi davlatlarda davom etayotgan jahon iqtisodiy inqirozi
O‟zbekistonga yaqinlashmaganini bilasizmi?
Kim edigu, kim bo‟ldik…? Aziz vatandosh, bor yog‟i 20-30 yil oldin
faqatgina Markazning buyruqlari amal qiladigan totalitar tuzumli, inson huquq va
erkinliklari sariq-chaqaga ham olinmaydigan, xususiylashtirish haqida so‟z ham
bo‟lmagan – hamma narsa Markaz aralashuvi bilan boradigan imperiya tarkibidagi
turmush sharoiti eng og‟ir respublikalardan biri edik. Shu qisqagina davr ichida
jannatmakon, ozod O‟zbekistonimizda barcha sohalarda juda ulkan o‟zgarishlar
ro‟y berdi va bugun biz tobora har bir sohada dunyoni lol qoldirayotgan, osmoni
doimo musaffo,iqtisodi jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan, xalqining
turmushi farovon, turli millat-elatlar tinch-totuvdagi hayot kechirib kelayotgan,
kelajagi buyuk davlatga aylandik. Buni jahon hamjamiyati e‟tirof etmoqda.
Prezidentimizning biror bir ma‟ruza yoki nutqlari yo‟qki, yoshlarga murojaat
qilmasalar, yoshlar masalasini ko‟tarmasalar. Men faxr bilan aytaman – “Men
Prezident farzandiman!” Bugun biz yoshlarga yurtboshimizning bevosita
g‟amxo‟rliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan e‟tibor har jabhada o‟z
samarasini bermoqda. Ham jismonan, ham ma‟nan barkamol avlodni tarbiyash
maqsadida olib borilayotgan ishlar, yoshlar siyosatining davlat siyosati darajasiga
ko‟tarilishi natijasida bugun o‟zbek o‟g‟il-qizlari dunyo ahlini o‟z salohiyati bilan
lol qoldirmoqda. Ha, bugun mustaqil O‟zbekiston farzandlari istalgan sohada jahon
maydonlarida o‟z tengdoshlari bilan bemalol bahslashib o‟z fikrini bildirib, kerak
bo‟lsa iqtidori bilan olqishlarga sazovor bo‟lmoqda. Men birgina sport sohasida
oxirgi 25 yilda xalqaro musobaqalarda qo‟lga kiritilgan medallar sonini keltirib
o‟taman: 3265 ta oltin, 3245 ta kumush, 3827 ta bronza, jami 10437 ta medal
qo‟lga kiritilgan [7]. 10437 ta! Ta‟rifga muhtojlik sezyapsizmi?
Biz bugun dunyo tan olgan, jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan,
yoshlari yuqori potensialni namoyon qilayotgan davlatga aylandik. Xo‟sh,
ertagachi? Ertagakim bo‟lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? Bu
borada qanday yo‟l tutishimiz lozimliginiyurtboshimiz aniq-ravshan ta‟kidlab
o‟tganlar: “Biz erishgan yutuqlarimizni mustahkamlab, zamon bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |