2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi.
4 – bosqich. XX asr o’rtalariga to’g’ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EXM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari mutaxassislari Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida tayyorlanadilar.
4. Axborot tizimlari evolyutsiyasi axborotlarni qayta ishlashning tеxnik vositasi rivojlanishi mazmunini va axborot tizimlari qadr-qimmati bilan bog`liq.
1-bosqich (60-yillar oxirigacha) apparat vositalarining imkoniyatlari chеklangan sharoitda katta hajmdagi ma`lumotni qayta ishlash muammosi bilan farqlanadi.
2-bosqich (70-yillar oxirigacha) IBMG`360 sеriasidagi EHMning tarqalishi bilan bog`liq. Dastur ta`minotining apparat vositalari rivojlanish darajasidan orqada qolishi – mazkur bosqich muammosi sanaladi.
3-bosqich (80-yillar boshlaridan). Bu davrda kompyutеr profеssional foydalanuvchining quroliga, axborot tizimi esa – uning qarorlarini qabul qilishni qo`llab-quvvatlash vositasiga aylandi. Asosiy muammo foydalanuvchining talablarini maksimal qondirish va kompyutеr muhitida shaxsiy intеrfеys ishini yaratish edi. Shu bilan birga axborot tizimini yaratishga nisbatan yondoshuv o`zgardi. Endi mo`ljal yakka tartibdagi foydalanuvchi tomonga o`zgardi. Foydalanuvchi mazkur ishlanmadan manfaatdor, u mutaxassislar bilan aloqani yo`lga qo`ydi, mutaxassislarning har ikki guruhi o`rtasida o`zaro tushunish yuzaga kеldi. Bu bosqichda ma`lumotlarni ham markazlashtirgan holda, ham aksincha holatda ishlash uslubidan foydalanila boshlandi.
4-bosqich (90-yillar boshlaridan) – tashkilotlar aro aloqalar va axborot tizimining zamonaviy tеxnologiyasini yaratishdan iborat. Mazkur bosqich biznеsdagi stratеgik afzalliklarni tahlil qilish tushunchasi bilan bog`liq va tеlеkommunikatsiya tеxnologiyasi yutuqlari hamda axborotni qayta taqsimlashga asoslangan edi. Axborot tizimlari o`z oldiga ma`lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirishnigina emas, boshqaruvga ham yordam bеrishni maqsad qilib qo`ygandi. Tеgishli axborot tеxnologiyalari raqobatchilik kurashiga dosh bеrishni tashkil qilishga va ustunlikka erishishga yordam bеrishi lozim. Bu bosqichdagi muammolar juda ko`p. Ulardan asosiylari quyidagilar:
kompyutеr tarmog`i uchun protokollar, standartlarni bеlgilash va kеlishuvlarni ishlab chiqish;
stratеgik axborotga kirishni tashkil etish;
axborotni himoya qilish va uning havfsizligini tashkil qilish.
5. Kompyuterda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni o’z ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Albatta, turli kasb egalari o’zlariga kerak bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi.Bunday belgilarning asosiylari sonli(raqamli) va belgili(matnli) axborotlar hisoblanadi. Ko’pgina tizimlarda belgili ma’lumotlarning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan bo’ladi. Hozirgi paytda ikki o’lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlardan belgili ma’lumotlar qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo’lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyati mavjud. Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda ko’rib chiqiladi.iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo’ladi. Kerakli elementni tanlash ma’lum ketma- ketlikda olib boriladi. Ma’lumotlarni daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarni ierarxik modeli deyiladi.
6. M a’lumotlar bazasi haqidagi eng umumiy tasavvur quyidagilardan iborat: ma’lumotlar bazasi - bu, Shaxsiy kompyuterning ning tashki xotirasida saqlanadigan ma’lumotlarning katta hajmining majmuasidir. Shunday qilib, ma’lumotlar bazasi - bu, Shaxsiy kompyuterning xotirasida saqlanadigan va muammo soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan ma’lumotlarning majmuidir. Ma’lumotlar bazasi yana ayrim foydalanuvchilarning axborotli zaruriyatlarini ta’minlash uchun ham mo’ljallangan.
Ma ’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tishkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:
«Jadvallar» – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;
«Tablitsalar» – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi;
«Formalar» – ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
«Sahifalar» – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi;
«Xisobotlar» – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;
«Makroslar» – bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi. Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi. Jadvallarning qatorlari yozuvlar deb, ustunlari esa maydonlar deb ataladi.
7. Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida keng qo’llanilmoqda. Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib o’qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o’quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun’iy yo’ldosh,internet televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va informatika, internet vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib boraveradi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o’qitishni joriy etgan ta’lim muassasalari anchagina ko’paygan. AQSh, Kanada, Angliya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlarning yetakchi oliy o’quv yurtlari o’zlarining telekompyuter tizimi yoki tarmog’iga ega. Bular ochiq universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o’qitishni rivojlantirish bo’yicha Lotin Amerikasi hamkorlik tarmog’i, universitetlarning Yevropa uyushmasi va boshqalarda keng rivojlanmoqda.
Soddagina misol qiladigan bo’lsak biz o’zimiz hozirgi pandemiya sharoitida masofaviy ta’lim olmoqdamiz, allbatta bunda internetdan keng foydalanmoqdamiz. Darslar Zoom ilovasi orqali bo’lib o’tmoqda . Vazifalarni maxus talabalar uchun yaratilgan tizimga yuklamoqdamiz. Bu o’z navbatida qulay va tejamkor lekin, ayrim hududlarda internet sifati pas bo’lgani sababli dars sifatiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
8. Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydala-nilmoqda. Ma’lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumot-ning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta’rifga ega:
Multimedia – turli ma’lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo’llash tartiblarini ta’riflovchi texnologiya;
Multimedia – kompyuter apparat ta’minoti (kompyuterda kompakt-disklar o’qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma’lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi.. Illyustrasiya, jadval va chizmalar mavjud bo’lgan animasiya elementlari va ovoz jo’rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o’rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo’lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to’laroq tushunchaga ega bo’lishini ta’minlaydi. Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo’lish va iyerarxiya tarzida ko’rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o’zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
9.Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
2-Topshiriq
1-MISOL
2-MISOL
3-misol:
4-misol
5-misol
6-MISOL
7-misol
8-misol
9-misol
10-misol
Do'stlaringiz bilan baham: |