1-topshiriq: «Kеcha va kunduz» rоmanida psiхоlоgik tahlilning qo‘llanilishini izohlang 2-topshiriq



Download 22,5 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi22,5 Kb.
#87999
Bog'liq
Kecha va kunduz.Topshiriq


1-topshiriq: «Kеcha va kunduz» rоmanida psiхоlоgik tahlilning qo‘llanilishini izohlang

2-topshiriq: Romandagi asosiy obrazlarga ta’rif bering

3-topshiriq: Miryoqub obraziga tavsif yozing

Javoblar


1.Choʻlpon “Kecha va kunduz” romanida psixologizmning mavjud usullaridan unumli foydalangan. Shunga qaramay, asarda ratsional-tahliliy, tanqidiy psixologizm yetakchiligi yaqqol seziladi. Bunga sabab yaratilgan obrazlarning murakkabligi va ziddiyatlarga boyligidir. Qahramonlar ichki olamida sodir boʻlayotgan psixologik jarayon ularning ichki “men”i orqali tahlil qilinadi. Yozuvchi har qanday ruhiy holatni ichki kechinmalarni tarkibiy qismlarga boʻlib ochib beradi. Sodir etilgan har bir harakatning maʼno-mohiyati, sabablari koʻrsatiladi.

Kecha va kunduz” asaridagi Choʻlpon psixologizmining yana bir xususiyati diqqatni tortadi. Bu tashqi detallarni asl maʼnosidan ayro qilmagan holda, personaj ichki olamidagi psixologik jarayonni, holatni tasvirlashdir.

Muallif tomonidan asar boshidan oxirigacha ishlatilgan shunday bir predmet borki, unda bunday badiiy detal yordamida qahramonlar ichki psixologik holatini tasvirlash darajasidan chiqib, butun bir jamiyatning maʼnaviy dunyosiga ishora qilingan. Choʻlpon bu badiiy detalning barcha sinonimik variantlarini ishlatgan: chiroq, fonar, fonus, elektrik, moychiroq… Turli vaziyat, sharoit, holatda bu detalga “xira, nursiz, madorsiz” kabi sifatlar qoʻshib ishlatgan. Nursiz chiroq, xira fonus, madorsiz elektrik…

2.Choʻlpon qahramonlarining ichki kechinmalari, oʻy-fikrlari, xotiralari, kundalik qaydlari ham muallif tilidan bayon etiladi. Muallif oʻz qahramonlarining barcha sir-asrorlaridan voqif. Asarda ichki monologlar muallif hikoyasi bilan qoʻshilib ketgan. Bu psixologizmning oʻziga xos shakli hisoblanadi. U orqali inson ongining, xotirasining barcha burchaklariga sayr etish mumkin.

Choʻlpon psixologik tasvirlash usulidan unumli foydalangan. Juda koʻp holatlarda yozuvchi atayin muallif yoki uchinchi shaxs nomidan qahramon ichki olami haqida hikoya qiladi. Kitobxon psixologik kartinaga oʻzi mustaqil qoʻshimchalar kiritishga, mantiqan xotima yasashga imkon topadi va shu yoʻl bilan inson ichki olamining eng chekka, qorongʻu burchaklari ham maʼlum boʻladi: “… Oʻz uyiga kelganidan soʻng darhol oynaga qaradi, oʻz aftidan qoʻrqib ketdimi, bilmadim – oʻzini kartga tashlab, hoʻngur-hoʻngur yigʻlashga tushdi… Uch yuz soʻmlik chek qoʻlidan tushib, allaqayerda toʻntarilib yotardi…”

Yuqoridagi asardan olingan parcha fohisha ayol Mariyaning psixologik holatini tasvirlaydi. Maʼnaviy tubanlikka batamom gʻarq boʻlmagan, ruhiyatidagi musaffolik hali bulgʻanib ulgurmagan personaj oʻzining xatti-harakatlaridan norozi, ichki olamida ziddiyatli kurash bormoqda. Muallifning psixologik tasvirida ayol ichki holatining ikir-chikir detallari ochib berilmagan. Personaj asabiy holda yigʻlashga tushgandan soʻng muallif uning keyingi harakatlari taqdirini kitobxonning oʻziga havola qilib, koʻp nuqta bilan belgilagan. Oʻquvchi psixologik jarayon davom etayotganligini yaxshi biladi va oʻzining inson ruhiyatidagi bilimlari, tajribasi asosida psixologik holat kartinasining muallif tasvirlamagan qismini oʻzi mustaqil xayolida tasvirlab chiza boshlaydi. Nochorligidan gʻururini nopok kimsalarga qoʻsh – qoʻllab toptashga bergan inson yana qanday karomat koʻrsatishi mumkin?! U dod-faryod qiladi, taqdirni laʼnatlaydi, shu koʻyga solganni qargʻaydi. Achchiq ustida xonani ostin-ustun qilib tashlaydi. Choʻlpon psixologik jarayon tasavvuridan soʻng uning haqligini nozik bir ishora bilan tasdiqlaydi: chek qaylardadir toʻntarilib yotibdi va yana koʻp nuqta, chunki faqat chek emas, xonadagi boshqa jihozlarning ham oyogʻi osmondan qilingan.



3.Emotsional tahlil jarayonida qahramonlar oʻylaydi, fikrlaydi va sodir etilgan harakatining mantiqiy zanjirini tuzadi. Holatning mantiqiy yakuni tanqid bilan boshlanadi. Bunga misol qilib, asarda chuqur psixologizm bilan boyitilgan Miryoqub obrazini olish mumkin. Uning xarakterida aql-farosat, epchillik, har qanday vaziyatdan chiqa olish, oʻziga ishonch kabi xususiyatlar bor. Emotsional psixologik tahlil jarayonida uning ruhiyatida ikkiga boʻlinish kuzatiladi. Biri Miryoqub – tergovchi, ikkinchisi esa javobgar. Oʻn bir betga choʻzilgan ushbu psixologik sud jarayonidan Miryoqubda ichki tahlil, ichki iqror kuchliligini koʻramiz. U oʻz-oʻzini aldashni xohlasa ham aldolmaydi. Shuning uchun maʼnaviy-axloqiy olamiga xos barcha xususiyatlarni qoʻrqmasdan tan oladi, iqror boʻladi.
Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish