BOG‘I SHAMOL. Amir Temur 1397 yilda nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bu bog‘ Samarqandning G‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qorayog‘och va fil suagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham Bog‘i Shamol deb ataladi.
Amir Temur bog‘laridan eng chiroyli va mashhurlari quyidagilar:
Amir Temur bobomiz Samarqand atrofida bulardan tashqari, yana bir qancha bog‘ va saroylar barpo etgan. Chunonchi, BOG‘I BULDU, BOG‘I ZOG‘ON, BOG‘I NAQSHI JAHON, BOG‘I AMIRZODA SHOHRUX, BOG‘CHA, BOG‘I DILAFRO‘Z, BOG‘I SHEROI, GULBOG‘, LOLAZOR, BEDANA KURGI, CHUMCHUQLIK, G‘OZXONA va boshqalar biri biridan qolishmagan.
Amir Temur imperiyasida o‘z davrining mukammal aloqa tizimi faoliyat yuritgan. Ushbu tizim yordamida poytaxt - Samarqandga imperiyaning turli burchaklaridan qisqa muddatda ma’lumotlar oliy hukmdorga yetkazilgan. Masalan, Erondan Samarqandga xat 3 kunda yetkazilgan. Amir Temur davlatida pochta xizmati bilan maxsus maxfiy bo‘linmalar shug‘ullangan. XV asr boshlarida Samarqandga tashrif buyurgan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur davlatida pochta xizmati faoliyatini yuqori baholagan. Boshqa chet el manbalarida ham Amir Temur davridagi pochta xizmati haqida ma’lumot beriladi.
Ma’lumki, 1402-yilda Amir Temurning Anqara jangidan so‘ng asirga tushgan askarlar ozod etilgan edi. Ular ichida nemis ritsari logann Shiltberger bor edi. logann Shiltberger o‘z kundaliklarida Amir Temur davlatida pochta tizimi tasniflni beradi. Kundalikda keltirilishicha, Amir Temur davlatida xabarchi aloqa bekatiga yaqin kelganda maxsus ovozli signal bergan va shu zahotiyoq bekatda ot tayyorlab qo‘yilgan.
“Temur tuzuklari”da Amir Temur doimo savdogarlarga homiylik qilgani va ularni “O'n ikki tabaqa”ga kiritganligi haqida ma’lumot beriladi. O'z navbatida, savdogarlar Amir Temurni uzoq yurtlardan ma’lumotlar bilan ta’minlab turganlar. Shu haqda “Temur tuzuklari”da quyidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin: “Men barcha mamlakat va o‘lka savdogarlariga yordam qo‘lini cho‘zdim. Ular (savdogarlar) menga uzoq o'lkalardan xabarlar hamda Xitoy, Xotan (Xitoy Xalq Respublikasi Uyg‘ur-Shenjon avtonom vtloyatining janubi-sharqi), Hindiston, Misr, Traviya, Shom, Rum shaharlari va orollardan kamyob mahsulotlar olib kelib turishgan”. Amir Temur davlatida aloqa va savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Bu yo‘llarda savdogarlar va xabarchilar xavfsizligi xos boshqaruvchilar tomonidan ta’minlangan.
Amir Temur vafotidan so‘ng imperiyaning parchalanishi natijasida Temuriylar davlati hududi birmuncha qisqardi. Lekin aloqa tizimi o‘zining sifatini ma’lum ma’noda saqlab qoldi.
Mirzo Ulug‘bek (1394 – 1449),
Qozizoda Rumiy (1364 - 1436),
G‘iyosiddin Jamshid Al-Koshiy (1380 - 1429),
Muhammad Ali Qushchi (1403 - 1474),
Muhammad Xavofly (1375 - 1442),
Alisher Navoiy (1441-1501),
Bahovuddin Naqshband (1318 - 1389),
Xoja Ubaydullox Axror (1404 -1490),
Lutfiy (1366-1465),
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 - 1530),
Abdurahmon Jomiy (1414 - 1492),
Mirxond (1433 - 1498),
Xondamir (1475 - 1534),
Zayniddin Vosifiy (1485 - 1566),
Mir Ali Qilqalam ,
Sulton Ali Xandon,
Halvoniy.
Rafiqiy,
Miroq Naqqosh (? – 1507),
Shoh Muzaffar (1397 - 1467),
Sultonali Mashhadiy (1432-1520),
Xusayn Bayqaro (1438 - 1506),
Kamoliddin Behzod (1450 – 1535),
Qosim Ali,
Maqsud,
Atoiy,