3-topshiriq.
Arduino Uno va potentsiometr(o’zgaruvchan qarshilik) yordamida jarayon xosil qilish.
Kerakli komponentlar:
Quyida keltirilgan kerakli komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi.
Tinkercad.com
Arduino UNO kontrolleri-1 ta ;
led lampa-13 ta ;
aloqa simlari.
Potensiometr-1 ta
Nazariy qism
Yorug’lik diodining yorqinligini o’zgartirish uchun o’zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi. O’zgaruvchi qarshilik elektr kuchlanishini o’zgaruvchan bo’luvchisi hisoblanadi. O’zgaruvchi qiymatli qarshilikning ikki chetdagi oyoqchalari o’rtasidagi qarshilik aniqlaydi, o’rtadagi buruvchi oyoqcha bilan chetdagi oyoqchalar o’rtasidagi qarshilik 0 dan qarshilikning maksimal qiymatigacha yoki aksiga maksimal qiymatidan 0 gacha o’zgartiriladi.
Tajribada o’zgaruvchi qarshilikni 220 Omli qarshilikka ketma –ket ulanadi, sababi yorug’lik diodi uchun cheklovchi qarshilik qiymatni nolgacha kamaytirib yorug’lik diodini kuydirib qo’ymaslik uchun. Ulash sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Biz led lampalar yordamida sxemani yig’ib olamiz.Buning uchun led lampalarni bir uchini ketma-ketlikda Arduinoning 2,3, oyoqlariga ulaymiz.Zanjirning qolgan uchini esa yerga ulaymiz. Lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida potensiometrdan foydalanamiz.Potensiometrning 1-klemmasini yerga ulaymiz,2-klemmasini 5V kuchlanishga ulaymiz, o’rtadagi oyog’ini esa Arduino Unoning A0 oyog’iga ulaymiz.
Laboratoriya ishini bajarish uchun asosiy 3 ta qadamda amalga oshiramiz.
1-qadam. Laboratoriya ishini bajarish uchun ulanish sxemasi tashkil qilamiz. Birinchi navbatda led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi chiziladi (1.1-chizmada keltirilgan).
3.1-chizma. Led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi.
1.Potensiometr
2.Arduino Unoning 2- oyog’i
3.Arduino Unoning 3-oyog’i
8.Arduino Unoning gnd oyog’i
9.Arduino Unoning A0 oyog’i
10.Arduino Unoning 5V kuchlanishi
11.Lampaning anod qismi
12.Lampaning katod qismi
2-qadam. Bu qadamda laboratoriya ishini amaliyotda qo’llash uchun elektron sxemasi chizamiz (1.2-chizmada keltirilgan).
3.2-chizma.Lampalar ulanishining elektron sxemasi.
3-qadam. Laboratoriya ishining strukturaviy va elektron sxemasi yordamida Tinkercad.com platformasida ishni emulatsion formasi xosil qilinadi (1.3-chizma).
3.3-chizma. Led lampalarni ulashning emulatsion holati.
Led lampalarni yonib o‘chib turishi uchun Arduino ning A0 oyoqchasiga ma’lum vaqt oralig‘i bilan HIGH signalini (mantiqiy 1) va LOW (mantiqiy 0) signalini berib turishimiz kerak.Shuning uchun potensiometrdan foydalanamiz.
int curr = 0;
void setup()
{
pinMode(2, OUTPUT);
pinMode(3, OUTPUT);
pinMode(A0, INPUT);
Serial.begin(9600);
}
void loop()
{
digitalWrite(2,LOW);
digitalWrite(3,LOW);
int d = analogRead(A0);
int a=map(d,0,1023,1,7);
Serial.println(a);
Serial.println(curr);
if(curr!=a){
for(int i=1;i<=a;i++){
digitalWrite(2,LOW);
digitalWrite(3,LOW);
delay(500);
digitalWrite(2,HIGH);
digitalWrite(3,HIGH);
delay(500);
}
curr=a;
} }
3.4-chizma. Led lampalarni ulashning kod qismini kiritish.
Yig’ilgan sxemani quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.tinkercad.com/things/kiPiQLv6iSA-3-topshiriq/editel
Xulosa:
Men ushbu topshiriqni bajarish davomida led lampalarni potensiometr orqali boshqarishni o’rgandim.Topshiriqni bajarish davomida lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida potensiometrdan foydalandim. Lampalarni ketma-ket ulab zanjir hosil qildim. Potensiometdan qaytayotgan qiymatni map funksiyasi orqali 0 dan 8 gacha qiymatga o’zgartirib oldim. Lampalarni yonishini potensiometrdan qaytgan qiymatga qarab o’zgartirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |