2-topshiriq.
Arduino Uno va tugma yordamida led lampalarni boshqarish.
Ishdan maqsad : Arduino Uno va tugma yordamida led lampalarni boshqarish.
Kerakli komponentlar:
Quyida keltirilgan kerakli komponentlar va elementlar virtual platformada mavjud va ulardan foydalaniladi.
Tinkercad.com
Arduino UNO kontrolleri-1 ta ;
led lampa-13 ta;
aloqa simlari.
220 om qarshilik-1 ta
Tugma (knopka)-1 ta
Nazariy qism
LED chiroq yoki LED yorug'lik lampasi yorug'lik chiqaradigan diodlar (LED) yordamida yorug'lik ishlab chiqaradigan elektr chiroqdir. LED yoritgichlar elektr tarmog'ining elektr uzatish liniyalaridan ishlashi uchun elektron LED haydovchi sxemasini talab qiladi va bu kontaktlarning zanglashiga olib keladigan yo'qotishlar chiroqning samaradorligi u foydalanadigan LED chiplarining samaradorligidan past ekanligini anglatadi. Haydovchi sxemasi cho'g'lanma lampalarda foydalanish uchun mo'ljallangan chiroq dimmerlari bilan mos keladigan maxsus xususiyatlarni talab qilishi mumkin. Umuman olganda, joriy to'lqin shakli yoritgichlar texnologiyasiga qarab ma'lum miqdorda buzilishlarni o'z ichiga oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Biz led lampalar yordamida O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’ini hosil qilamiz. Buning uchun led lampalarni ketma-ket ulaymiz.Keyin har bir vertikal tashkil etuvchi zanjirni bir uchini ketma-ketlikda Arduinoning 2,3 oyoqlariga ulaymiz.Zanjirning qolgan uchini esa yerga ulaymiz.Biz lampalarni yonishini nazorat qilish uchun knopkadan foydalamiz.Buning uchun knopkaning bir klemmasini Arduino Unoning 5V kuchlanishga, 2-klemmasini A0 ga, yana bir klemmmasiga qarshilik ulab keyin yerga ulaymiz.
Laboratoriya ishini bajarish uchun asosiy 3 ta qadamda amalga oshiramiz.
1-qadam. Laboratoriya ishini bajarish uchun ulanish sxemasi tashkil qilamiz. Birinchi navbatda led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi chiziladi (1.1-chizmada keltirilgan).
2.1-chizma. Led lampalarni ulashning strukturaviy sxemasi.
1.Lampaning anod qismi
2.Lampaning katod qismi
3.Arduino Unoning 2- oyog’i
4.Arduino Unoning 3-oyog’i
9.Arduino Unoning gnd oyog’i
10.Arduino Unoning gnd oyog’i
11.Arduino Unoning 5V kuchlanishi
12.Arduino Unoning A0 -oyog’i
13.220 om qarshilik
2-qadam. Bu qadamda laboratoriya ishini amaliyotda qo’llash uchun elektron sxemasi chizamiz (1.2-chizmada keltirilgan).
2.2-chizma. Bayroqning elektron sxemasi.
3-qadam. Laboratoriya ishining strukturaviy va elektron sxemasi yordamida Tinkercad.com platformasida ishni emulatsion formasi xosil qilinadi (1.3-chizma).
2.3-chizma. Led lampalarni ulashning emulatsion holati.
Led lampalarni ketma-ket ulab zanjir hosil qilib, vertikal tashkil etuvchi zanjirni bir uchini Arduino ning raqamli 2,3,4,5,6,7 oyoqlariga ulaymiz.Biz Arduino ning oyoqchalarini chiqish kabi ishlatamiz,A0 dan esa kirish sifatida foydalamiz. shuning uchun uni o‘zgartirish kerak bo‘ladi, buning uchun kontrollerga quyidagi tegishli buyruq beriladi.
pinMode(2, OUTPUT);
pinMode(3, OUTPUT);
pinMode(4, OUTPUT);
pinMode(5, OUTPUT);
pinMode(6, OUTPUT);
pinMode(7, OUTPUT);
pinMode(A0, INPUT);
Led lampalarni navbatma-navbat yonib o‘chib turishi uchun Arduino ning A0 oyoqchasiga ma’lum vaqt oralig‘i bilan HIGH signalini (mantiqiy 1) va LOW (mantiqiy 0) signalini berib turishimiz kerak.Shuning uchun tugmadan foydalanamiz.
int last = 1, curr = 0, a = 1;
void setup()
{
pinMode(2, OUTPUT);
pinMode(3, OUTPUT);
pinMode(7, INPUT);
Serial.begin(9600);
}
void loop()
{
int d = digitalRead(7);
last = curr;
curr = d;
Serial.println(d);
if (curr == 1 and last == 0){
digitalWrite(2, LOW);
digitalWrite(3, LOW);
a+=1;
}
if (a >=6)
a = 1;
if (a == 2){
digitalWrite(2, HIGH);
}
if (a == 3){
digitalWrite(3, HIGH);
}
if (a == 4){
digitalWrite(2, HIGH);
digitalWrite(3, HIGH);
}
if (a == 5){
digitalWrite(2, LOW);
digitalWrite(3, LOW);
}
}
2.4-chizma. Led lampalarni ulashning kod qismini kiritish.
Yig’ilgan sxemani quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.tinkercad.com/things/fNArEAnO6qC-2-topshiriq/editel
Xulosa:
Men ushbu topshiriqni bajarish davomida led lampalarni tugma orqali boshqarishni o’rgandim.Topshiriqni bajarish davomida led lampalar yordamida O’zbekiston Respublikasi bayrog’ini hosil qilishga harakat qildim.Lampalarni yonib o’chishini nazorat qilish maqsadida tugmadan foydalandim.Tugma 1-marta bosilganda lampalar vertikaliga ketma-ket yonadigan, 2-marta bosilganda toq sondagilari navbat bilan,3-marta bosilganda juft sondagilari navbat bilan, 4- marta bosilganda avval toq sondagilari keyin juft sondagilari baravariga yonadigan qildim. Topshiriqda lampalarni yonishini tugma bosilgandagi qiymatga qarab o’zgartirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |