Standartlashtirish
Standartlashtirish – real mavjud bo‘lgan yoki potensial vazifalarga nisbatan umumiy va ko‘p marotaba foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida ma’lum sohada tartiblashtirishning optimal darajasiga yetish uchin yo‘naltirilgan ilmiy-texnik faoliyat. O‘zbekiston Respublikasida Standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat Standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Hozir to‘qimachilik sanoatida bir necha yuzdan ortiq davlat standartlari qo‘llanib kelinayapti. Standartlarni ilmiy-texnika institutlari, loyihalash byurolari, maxsus laboratoriyalar, shuningdek, yirik to‘qimachilik birlashmalari olib bormoqdalar. “Standartlash” tushunchasiga quyidagi tarifni beriladi:
Standartlash manfaatdor taraflarning ishtirokida, muayyan sohadagi faoliyatni tartiblash maqsadida qoidalarni qo‘llash va belgilash ishlari. Standartlash faktik va rasmiyga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |