21-вариант
1-топшириқ. Атамаларга оид мазмунни изохланг.
Физиология (yun. physis — tabiat va...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi.
Ўсиш
Tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi.
Органлар системаси
Yer yuzida mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik orga-nizmlarning 2 mln.dan ortiq (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 2,5—3 mln.ga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar oʻrtasida qarindoshlik munosabatlarini namoyon qiladigan turdan va kenja turlardan boshlab eng yuksak taksonlar — sinflar, boʻlimlar (tiplar) va dunyolargacha boʻlgan darajada ishlab chiqiladigan filogenetik, yaʼni evolyusion sistemani tuzishga harakat qilmokda. Ammo 19-asr dayoq ayrim olimlar barcha bir hujayralilar yoki hatto tuban organizmlar (sodda hayvonlar, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar)ni mustaqil dunyoga ajratish-ni, ayrim mikologlar esa zamburugʻlarga alohida dunyo sifatida qarashni taklif etishgan. Shunga qaramay, 20-asr oʻrtalarigacha organik olam faqat oʻsimliklar va hayvonlar dunyosiga ajratib kelindi. Faqat 20-asr oʻrtalarida elektron mikroskopiya va molekulyar biolo-giyaning rivojlanishi bilan yuksak taksonlar sistemasini butunlay yangidan qayta ishlab chiqish boshlandi.
Рефлекс
(lot. refl exus — orqaga qaytgan, shuʼla) (tasviriy sanʼatda) — rangtasvir (baʼzan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni oʻrab turgan obʼyektlar (qoʻshni narsalar, osmon va h.k.)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil boʻladi. "R." terminini ham naturaning oʻziga; ham uning tasviriga birday qoʻllash mumkin. R.ning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning oʻzaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |