15. Tizim va uni vujudga keltiruvchi vazifalarni ajratib berish qanday tizimli yondashuvga kiradi? A) tizimli – xossaviy. B) tizimli – funksional. C) tizimli – strukturaviy. D) tizimli – kommunikativ.
16. Tizimli tahlilning diagnostik funksiyasi nima? A) boshqaruv jarayonini turli bosqichlarida qaror qabul qilishga tayyorgarlik ko’rish, qaror qabul qilish, qarorni joriy etish va qaror ijrosini nazoratini amalga oshirish uchun axborot bilan ta’minlaydi. B) jarayonni kechishi yoki faoliyat davomida yuzaga kelgan holat haqida obyektiv tasavvurni shakllantiradi. C) vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammo, xavf va nizolar haqida ogohlik berib, ularni barataraf etish uchun xizmat qiladi. D) faoliyat davomida yuzaga kelgan holatning mohiyatini anglash uchun, boshqaruvni amalga oshirishda qo’llanilayotgan usullarni, yondashuvlarni o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
17. Tizimli yondashuvning tizimli-kommunikativ jihati qanday vazifani bajaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |