Tizimli tahlil
1) Tizimning joriy holati bilan kutilayotgan holati o‘rtasidagi farq nima deb ataladi?
tizimli muammo.
tizimli qonuniyat.
tizim modeli.
tizimli yechim.
2) Muammo, bu-…
Bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab amaliy vaziyat.
Bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat.
Bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab tanlovdir.
Bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala.
3) Asosiy tushunchalarni interpretasiyalash nima?
sharhlash, izohlash, talqin qilish va tushunchaviy apparatga aniqlik kiritish, tushunchalarni operasionalizasiyalash.
tadqiqot ob’yektini o‘rganishda deduksiya va induksiyadan foydalanish.
tushunchalarni va indekslarni aniqlash.
tadqiqot ob’yekti bo‘yicha ayrim xujjatlarni tahlil etish.
4) Har qanday tizimning tuzilmaviy jihatdan asosiy tashkil etuvchilari quyidagilardan iborat:
kirish oqimi, ichki jarayon, chiqish oqimi, “chiqish oqimining sifat bahosi”, teskari aloqa.
kirish oqimi, cheklovlar, ichki jarayon, chiqish oqimi, “chiqish oqimining sifat bahosi”, teskari aloqa.
mahsulot sifati nazoratchilari hamda mahsulot iste’molchilari talablari asosidagi teskari aloqa.
kirish oqimi, cheklovlar, ichki jarayon, chiqish oqimi, “chiqish oqimining sifat bahosi”.
5) Tizimli yondashuv nima?
ob’yektni tizim sifatida o‘rganishga mo‘ljallangan metodologiya.
ilmiy faoliyatga asoslangan tadqiqotlar.
ijtimoiy amaliyotga yo‘naltirilgan nazariy tadqiqotlar.
faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichi.
6) Kontent tahlil - nima?
hukmron qarash va nuqtai nazarga moslashuv, kelishuv; hukmron tendensiyalarning muayyan qarashlarga zid bo‘lishiga qaramay, ularga qarshilik ko‘rsatmaslik.
tizimni tahlil qilish uning maqsadlaridan boshlanadi va tizimga nisbatan funksiyasi orqali olib boriladi.
ijtimoiy omillar rivojining tendensiyalarini aniqlashda qo‘llanadigan hujjatlarni sifatiy tahlil etish usuli.
biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki soha taraqqiyotini asoslab berishni o‘z ichiga olgan qarashlarni nazariy tahlil etish.
7) Tizimli tahlil strukturasi qanday?
Analiz, induksiya, sintez.
Analiz, induksiya, deduksiya.
Induksiya, sintez, taxlil.
dekompozisiya, analiz, sintez.
8) Tizim tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
alohida qism va detallardan tuzilgan texnik kurilmalarning amaliy natijasi.
biror maqsadga yo‘naltirilib, amalga oshirilgan ishlar majmui.
xujayralar majmuasidan tashkil topgan reaksiyalarga kirishuvchan moddalar majmui.
har biri alohida vazifalarni bajaruvchi, yagona maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘langan, boshqariluvchi elementlarning muayyan tuzilmaga ega bo‘lgan majmuasi.
9) Aniq omillar, bu...
aniq qiymatlari ma’lum bo‘lgan omillar.
aniq qiymatlari ma’lum bo‘lgan tanlovlar.
ijrosi aniq bo‘lgan qiymatlar.
aniq qiymatlari noaniqqa yaqin omillar.
10) Tizimli yondashuvning ta’rifi qaysi o‘rinda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
ob’yektni yaxlit majmua sifatida o‘rganishga asoslangan metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi vosita.
ob’yektni o‘rganishga asoslangan metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi "yo‘l".
ob’yektni yaxlit o‘rganishga asoslangan metodika, ilmiy anglashni ta’minlovchi "yo‘l".
ob’yektni yaxlit majmua sifatida o‘rganishga asoslangan metodologiya, ilmiy anglashni ta’minlovchi "yo‘l".
11) Analogiya nima?
analogiya metodidan foydalanishning soddalashtirilgan mashhur usuli bu foizli metod hisoblanadi.
ikki vaziyatdan, fikrdan, narsadan, imkoniyatdan birini tanlash yoki tanlashga majbur bo‘lmoq.
ikki bir-biriga o‘xshaydigan ob’yektlardagi bir xilliklar, ularning shakllari va ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlik.
+mavhumlashtirishga zid jarayon, ya’ni yaxlit, o‘zaro bog‘liq, ko‘p tomonlama va murakkab narsani topishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |