Internetda ishlash uchun avvalambor unga ulanish lozim. Internetga ulanish uchun kompyuter doimiy IP-manzilga ega bo’lgan kompyuterga ulanishi lozim. Bunday tashkilotlar Internet xizmati taqdim etuvchilar yoki servis-provayderlar deyiladi. Xizmat ko’rsatish uchun shartnoma tuzilganda Internet xizmati taqdim etuvchi quyidagi axborotlarni taqdim etadi:
Telefon raqami – modem va telefon tarmog’i orqali masofaviy bog’lanishni amalga oshirish uchun.
Foydalanuvchi nomi (login)– bog’lanish davrida ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritilishi lozim.
Parol (password) – kiritish foydalanuvchining haqqoniyligini tasdiqlaydi.
Internetga ulanishning bir necha usullari mavjud. Biz ularning ba’zilari bilan qisqacha tanishib o’tamiz
85. Internetning servis funksiyalari