1. Tishning asosiy massasi nimadan tarkib topgan?



Download 157 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi157 Kb.
#13694
1 – Variant

1. Tishning asosiy massasi nimadan tarkib topgan?

Emal;


Sement;

Dentin;


Pulpa.

2. Tishlarning nokaries nuqsonlariga nimalar kiradi?

Dog’;


Flyuoroz va gipoplaziya;

Pulpit;


Peridontit.

3. Alveleolit – bu ……

Alveola katagining yallig’lanishi;

Periodont to’qimaning yallig’lanishi;

Paradont to’qimaning yallig’lanishi;

Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi.

4. Tish olish uchun qaysi asboblar ishlatiladi?

Pinset va ilgich;

Ombur va elevator;

Zond va shpatel;

Ekskavator.

5. Meningial belgilarga qaysi belgilar kiradi?

Brudzinskiy, Kernig, ensa мushaklari rigidligi;

Kernig, Jekson, Romberg;

Ensa мushaklari rigidligi, Romberg, Knapp;

Rossolimo, Bexterov, Alsgeymer.

6. Subaraxnoidal gematoma – bu….

Miyaga qon quyilishi;

Miya pardalari orasiga qon quyilishi;

Miya to’qimalariga qon quyilishi;

Miya pardalari va suyak orasiga qon quyilishi.

7. Pay reflekslariga kiruvchi reflekslarni aniqlang.

Yutqun, tanglay, anal, axill;

Patellyar, yutqun, anal;

Bitseps, triseps, patellyar, axill;

Qorin, corneal, yutqun.

8. Necha juft bosh miya nervlari mavjud?

32 juft;

14 juft;

12 juft;

8 juft.

9. Aniq bor narsalarni noto’g’ri idrok qilish nima deyiladi?

Gallyutsinatsiya;

Illyuziya;

Depressiya;

Isteriya.

10. Hotiraning pasayishi nima deyiladi?

Amneziya;

Giperamneziya;

Gipomneziya;

Retrograd amneziya.

11. Aqlning zaiflashuvi nima deyiladi?

Amneziya;

Ataksiya;

Afaziya;


Demensiya.

12. Kasallik boshlangandan oldin bo’lib o’tgan voqealarni esdan chiqib qolishi …… deyiladi.

Retrograd amneziya;

Antrograd amneziya;

Gipoamneziya;

Giperamneziya.

13. Yo’q narsalarni bor deb idrok etish bu -

Gallyutsinatsiya;

Illyuziya;

Isteriya;

Amavroz.

14. Shox parda sezuvchanligining pasayishi qaysi kasallikda uchraydi?

Xalazion;

Ko’nyuktivit;

Gerpetik keratit;

Nevrit.

15. Iridotsiklitga xos bemor shikoyatini aniqlang.

Ko’z olmasida “lo’qillovchi” оg’riqlar;

Таrqaluvchi оg’riqlar;

Nurdan qo’rqish;

Ko’rishning pasayishi.

16. O’rta darajali kontuziyada ko’z gavharining oldingi kapsulasiga qanday halqa tushadi?

Morgan halqasi;

Avetisev halqasi;

Girshberg halqasi;

Fassivus halqasi.

17. Keskin kosmetik o’zgarishlar qaysi ko’z kontuziyasida uchraydi?

Yengil darajada;

O’rta darajada;

Og’ir darajada;

Kechki gematomada.

18. Kasbga oid dermatozlar tashxisi uchun qo’llaniladigan usulni aniqlang:

Serologik;

Terining allergik sinamalari;

Bakteriyalarni ekish;

Tirnoqlarni tekshirish.

19. Dyuring dermatitini aniqlovchi sinama qaysi?

Balser sinamasi;

Tompsen ikki stakanli sinama;

Jadasson sinamasi (yod);

Tsank hujayralarini aniqlash.

20. Zaxm kasalliging klinik belgisini aniqlang.

Regionar limfoadenit;

Qonli shudring;

Papiros qog’ozi;

Psudoleykoderma.

21. Birlamchi zaxm belgisini aniqlang.

Fliktena;

Papula;

Qattiq shankr;



Gidroadenit.

22. Muddatidan ilgari tug’ilish sabablarini aniqlang.

Homilador ayolning to’g’ri ovqatlanishi;

Kun tartibiga rioya qilish;

Yo’ldoshning vaqtidan ilgari ko’chishi;

Sog’lom turmush tarzi.

23. Chaqaloqlarning qaysi sohasida puls sonini hisoblab bo’lmaydi?

Bilak arteriyasi;

Uyqu arteriyasi;

Chov arteriyasi;

Chakka arteriyasi.

24. Meteorizm nima?

Qorinning dam bo’lishi;

Ichning suyuq kelishi;

Ichning qon aralash kelishi;

Ichning shilimshiq aralash kelishi.

25. Silning spesifik profilaktikasini aniqlang.

Bemorni ajratish;

Muloqotda bo’lganlarni kuzatish;

Dezinfeksiya tadbirlari;

BSJ yuborish.

26. Epid. parotitning yuqish yo’li qanday?

Fekal –oral yo’l;

Havo- tomchi yo’li;

Transmissiv yo’l;

Parenteral yo’l.

27. Katta liqildoq qaysi suyaklar orasida joylashgan?

Peshona va tepa suyaklari;

Tepa va ensa suyaklari;

Chakka va tepa suyaklari;

Ensa va chakka suyaklari.

28. Quyidagi belgilarning qaysi biri to’liq tug’ilgan bola uchun hos?

Og’irligi 3300 gr, bo’yi 50 sm;

Shartsiz reflekslari yo’q;

Homilalik davrining 280 kunini o’tamagan;

Tug’ilgan zahoti yig’lamaydi.



29. Ko’k yo’tal kasalligining oldini olish uchun bola qaysi vaktsina bilan emlanadi?

BSJ;


OPV;

VG”B”;


AKDS.

30. Chaqaloqlar asfiksiyasida 1-yordamni ko’rsating.

Muzli haltacha qo’yish;

Isituvchi kompress qo’yish;

Grelka qo’yish;

Namlangan kislorod berish.



31. Spazmofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlang.

Giperkalsemiya;

Gipokalsemiya;

Gipervitaminoz D;

Giperkapniya.

32. Birinchi Mantu sinamasi necha yoshda qo’yiladi?

10 yoshda;

5 yoshda;

3 yoshda;

1 yoshda;

33. Qandli diabetda qaysi bezning funktsiyasi buziladi?

Buyrak usti bezi;

Ayrisimon bez;

Me`da osti bezi;

Qalqonsimon bez.

34. Salmonellyozdagi najas ko’rinishini aniqlang.

Suvsimon, ko’pikli, sariq rangda, o’tkir hidli;

“Tupik” ko’rinishida, yiring, shilimshiq, qon ipchalaridan iborat;

Ko’p miqdorda yashil rangda, suyuq, badbo’y hidli;

Najasli bo’tqasimon, sariq rangda.

35. Raxitning spetsifik profilatikasida qo’llaniladigan preparatni ko’rsating.

Tiamin;

Sianokobalamin;



Ergokaltsiferol;

Tokoferol.



36. Butun dunyoda hamshiralik ishining asoschisi kim?

V.Xenderson;

E.Bakunina;

F.Naytingeyl;

D.Sevastopolskaya.

37. Dezinfeksiya – bu:

Mikroorganizmlarni yo’qotish;

Mikroorganizm va uning sporalarini yo’qotish;

Hashoratlarni yo’qotish;

Kemiruvchilarni yo’qotish.

38. Bemorga belgilangan jismoniy faollik tartibiga kirmaydi?

Qat’iy yotish tartibi;

O’rinda yotish tartibi;

Palata tartibi;

Majburiy holat.

39. Og’ir bemorlarni va og’ir apparatlarni ko’tarishda hamshira qaysi qoidaga rioya qilishi kerak?

Tana biomexanikasi qoidasiga;

Muvozanatni saqlash qoidasiga;

Tananing biologik holatiga;

O’ng qo’l qoidasiga.

40. Quloqni yuvishda ishlatiladigan parvarish buyum nomini aniqlang:

Rekord shpritsi;

Jane shpritsi;

Lyuer shpritsi;

Gortan shpritsi.

41. Parhez asosida davolash qanday ataladi?

Oksigenoterapiya;

Girudoterapiya;

Gidroterapiya;

Dietoterapiya.

42. Sun’iy ovqatlantirishning gastrostoma usuli qachon qo’llaniladi?

Me’da yallig’lanishida;

Enterit va kolitda;

Qizilo’ngach saratonida;

Ezofagit va stomatitda.

43. Isituvchi kompress qancha vaqtga qo’yiladi?

30 daqiqaga;

2 soatga;

2 soatdan – 12 soatgacha;

15 daqiqaga.

44. Giperpiretik isitma – bu;

36,8° C;


37,5° C;

39,2° C;


40,1° C.

45. Bronxit bu:

Bronxlar shilliq qavatining yallig’lanishi;

O’pka to’qimasining yallig’lanishi;

Plevra varoqlarining yallig’lanishi;

Kekirdak shilliq qavatining yallig’lanishi.

46. Ekspirator hansirash qaysi kasallikda kuzatiladi?

O’pka absessida;

Tuberkulyozda;

Krupoz pnevmoniyada;

Bronxial astmada.

47. Bronxial astma hurujida qo’llanilmaydigan dori preparatini aniqlang.

Astmopent;

Berotek;


Eufillin;

Morfin.


48. Bitsillin – profilaktikasi qaysi kasallikda o’tkaziladi?

Yurak ishemik kasalligida;

Revmatizmda;

Gipertoniya kasalligida;

Miokardiodistrofiyada.

49. Gipertoniya kasalligi bu……..

Yurak to’qimasining yallig’lanishi;

Moddalar almashinuvining buzilishi;

Qon bosimining ko’tarilishi;

Qon bosimining tushishi.

50. Yurak kasalliklarida qo’llaniladigan parhez stolini aniqlang.

Parhez № 1;

Parhez № 5;

Parhez № 10;

Parhez № 4.

51. Miokard infarktiga xos bo’lgan kechish shaklini aniqlang.

Astmatik;

Abdominal;

Og’riqli;

Og’riqsiz.

52. Yurak astmasining asosiy belgisini aniqlang.

Qorindagi og’riq;

Bosh aylanishi;

Ko’ngil aynishi, qusish;

Bo’g’ilish huruji.

53. O’tkir gastritda quyidagi yordamdan qay biri qo’llaniladi?

Oshqozonni yuvish;

Surgi dori berish;

Qoringa muzli xaltacha qo’yish;

Namlangan kislorod berish.

54. Xoletsistit-bu:

Jigar to’qimasining yallig’lanishi;

O’t pufagining yallig’lanishi;

Yog’on ichakning yallig’lanishi;

12 barmoqli ichakning yallig’lanishi.

55. Nechiporenko usulini aniqlash uchun siydik qanday yig’iladi?

24 soat mobaynida (har uch soatda);

10 soat mobaynida;

3 soat mobaynida;

Ertalabki siydikning o’rta portsiyasi.

56. O’tkir postgemorragik kamqonlik sababi:

Me’dadan qon ketishi;

Gijja invaziyasi;

Semizlik;

Kox tayoqchasi.

57. Leykoz kasalligiga xos klinik belgini aniqlang.

Balg’am aralash yo’tal;

Ko’ngil aynashi;

Meteorizm;

Nekrozli angina.

58. Bazedov kasalligiga xos bo’lgan klinik belgini aniqlang.

Bradikardiya;

Ko’zning chaqchayishi;

Semirish;

Gipotoniya.

59. Siydikdagi qand miqdorini aniqlash uchun siydik qay vaqtda yig’iladi?

Ertalab nahorga;

24 soat mobaynida;

10 soat mobaynida;

Istalgan vaqtda siydikning o’rta portsiyasi.



60. Aseptika nima?

Organizmdagi mikroblarni yo’qotish;

Zararli mikroblarni yo’qotish;

Viruslarni yo’qotish;

Jarohatga mikroblar tushishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. 61. Mexanik antiseptika - bu:

Jarohatga birlamchi ishlov berish;

5% li yodning spirtdagi `eritmasini qo’llash;

96% li etil spirtini qo’llash;

Bakteriofaglarni qo’llash.

62. Qonni uzil-kesil to’xtatishning mexanik usulini aniqlang.

Bo’g’imdan maksimal bukish;

Jgut qo’yish;

Tomirni tikish;

Muzli haltachani qo’llash.

63. Agglyutininlar qonning qaysi tarkibiy qismida bo’ladi?

Eritrotsitlarda;

Leykotsitlarda;

Trombotsitlarda;

Plazmada.

64. Narkozning nechta bosqichi bor?

2 ta;


3 ta;

4 ta;


5 ta.

65. Operatsiyadan keyin siydik ajratish sistemasi tomonidan uchraydigan asoratni aniqlang.

Qon ketishi;

Parotit;

O’tkir siydik tutilishi ;

Pnevmoniya.

66. Chiqishning klinik belgisini aniqlang.

Prujinali fiksatsiya;

Krepitatsiya;

Gematoma;

Qon ketishi.

67. Suyak sinishining absolyut belgisini aniqlang.

Prujinali fiksatsiya;

Krepitatsiya;

Shish;


Og’riq.

68. Ter bezining yallig’lanishi nima deyiladi?

Furunkul;

Karbunkul;

Gidroadenit;

Limfoadenit.

69. Chuvalchangsimon o’simtaning o’tkir yallig’lanishi nima deyiladi?

O’tkir xoletsistit;

O’tkir appenditsit;

O’tkir pankreatit;

O’tkir ichak tutilishi.

70. “Kofe quyqasi” ko’rinishida qusish qaysi kasallikka xos?

Appenditsit;

O’tkir ichak tutilishi;

Peritonit;

Me’da yarasidan qon ketishi..

71. Tromblar hosil bo’lishi bilan kechadigan vena yallig’lanishi nima deyiladi?

Tromboz;


Tromboflebit;

Tendovaginit;

Pandaktilit.

72. Buyrak sanchig’ida og’riq qayerga tarqaladi?

Ko’krak ostiga;

O’mrov ostiga;

Yonboshga;

Son va tashqi jinsiy a’zolarga.

73. Xavfli o’smaga xos belgini aniqlang.

Sekin o’sish;

Kapsulasi bo’lishi;

Metastaz berish;

Yetilgan hujayralardan tashkil topish.

74. Ich terlamaga xos bo’lmagan yuqish yo’lini aniqlang.

Alimentar;

Maishiy-kontakt;

Suv orqali;

Parenteral.

75.Amyobali dizenteriya kasalligiga xos najasni ko’rsating.

Kam miqdorda,hidsiz, qon va shilimshiq aralash;

Suyuq,ko’p miqdorda, badbo’y hidli,to’q yashil rangda;

Suyuq,suvli,ipir-ipir, guruch qaynatmasi ko’rinishida;

Yopishqoq,malinasimon jele ko’rinishida.

76. Dizenteriyada qorinning qaysi qismida kuchli og’riq kuzatiladi?

Epigastral sohada;

O’ng yonbosh sohasida;

Chap yonbosh sohada;

Kindik atrofida.

77. Meningokokksemiyada qanday toshma toshadi?

Dog’simon;

Papula;

Rozeola;


Gemorragik;

78. OIV dan kasbiy zararlanishning oldini olish uchun o’tkazilishi shart bo’lmagan tadbirni aniqlang.

Rezina qo’lqop kiyish;

O’latga qarshi himoya kiyimida ishlash;

Jarohatlarni leykoplastir bilan berkitish;

Tig’li tibbiyot asboblari bilan ehtiyot bo’lib ishlash.

79. Quturishning spesifik profilaktikasini ko’rsating.

Quturgan daydi itlarni yo’qotish;

Quturishga qarshi vaktsina yuborish;

Itlarni veterinar nazoratidan o’tkazish;

Hayvon tishlagan terini sovunli eritma bilan yuvish.

80. Kuydirgi o’pka shaklining klinikasida uchramaydigan belgini aniqlang.

Yuqori harorat;

Keskin ifodalangan intoksikatsiya;

Qonli balg’am;

Terida qora qo’tir yara.

81. Quyidagi simptomlar o’latning qaysi shaklida uchraydi: gemorragik toshmalar,

gematuriya, qon aralash takroran qusish, yuqori harorat?

Bubonli shakli;

Ichak shakli;

Septik shakli;

O’pka shakli.

82. Vaboning yuqish yo’lini aniqlang.

Havo-tomchi;

Parenteral;

Fekal-oral;

Transmissiv.

83. Quloqni tekshirish usulini ko’rsating?

Olfanometriya;

Dermografiya;

Otoskopiya;

Tomografiya.

84. Quloq saramasi qo’zg’atuvchisi nima?

Ichak tayoqchasi;

Virus;

Kox tayoqchasi;



Streptokokk.

85. O’tkir mastoidit bilan og’rigan bemor shikoyatlarini aniqlang:

Og’riq, shovqin;

Tana haroratining ko’tarilishi,og’riq;

Tana haroratining ko’tarilishi, ko’ngil aynishi;

Og’riq, qusish.

86. Xiqildoq stenozi bu –

Xiqildoq torayishi;

Xiqildoq kengayishi;

Xiqildoq yallig’lanishi;

Konikotomiya.

87. Ayollar ichki jinsiy a’zolariga kiradi:

Vulva, qin daxlizi, bachadon, tuxumdon,bachadon naylari;

Qin, qin daxlizi,bachadon, tuxumdon;

Tuxumdon, bachadon, bachadon naylari, klitor, qin daxlizi katta bezlari(Bartolin bezlari);

Qin, bachadon, bachadon naylari, tuxumdon.



88. Hayz siklining ko’p miqdorda kelishi – bu……..

Yuvenil qon ketish;

Gipomenstrual sindrom;

Gipermenoreya;

Metrorragiya.

89. Kolpit – bu……..

Bachadon yallig’lanishi;

Bachadon bo’ynining yallig’lanishi;

Qin devorlarining yalliglanishi;

Tuhumdon yallig’lanishi.

90. Ko’zgular yordamida tekshirganda qaysi jinsiy azolarni ko’zdan kechiriladi?

Tashqi jinsiy a’zolar;

Bachadon;

Qin devorlari va bachadon bo’yni;

Qizlik pardasi va qin dahlizi.

91. Chilla davri qancha davom etadi?

2 hafta;


1 oy;

6-8 hafta;

10 kun.

92. Qog`onoq suvining o`z vaqtida ketishi qachon ro’y beradi?

Bachadon bo`yni 6 sm ochilganda;

Homiladorlik vaqtida;

Tug`uruqning 1-davri boshida;

Bachadon bo`yni to`liq ochilganida.

93. Qayta tug`uvchi ayollarda tug’ruqning I davri o`rtacha qancha davom etadi?

5-8 soat;

6-9 soat;

9-12 soat;

15-18 soat;

94. Implantatsiya- {payvandlanish} bu:

Bachadon naylarida tuxum hujayraning harakatlanishi;

Urug’langan tuxum hujayraning bachadonga yopishishi;

Urug’langan tuxum hujayraga bo’linishi;

Tuxum hujayraning spermatozoid bilan qo’shilishi.

95. Homilaning normal yurak urushi soni qancha?

100 ta 1 daqiqada;

110 ta 1 daqiqada;

140 ta 1 daqiqada;

160 ta 1 daqiqada.

96. Agar oxirgi hayz 7.12.11 yilda bo`lsa , taxminiy tug`ish vaqti qachon bo’ladi?

1 sentyabr 2012 yil;

14 sentyabr 2012 yil;

20 sentyabr 2012 yil;

1 noyabr 2012 yil.

97. Chuqur kuyishlarga nechanchi darajali kuyishlar kiradi?

I-II darajali;

II-III (a) darajali;

III (a) darajali;

III (b)-IV darajali.

98. Nurdan zararlanishning oldini olish uchun sistamin dori moddasi qachon qabul qilinadi?

Nurlanishdan 1 soat oldin;

Nurlangan zahoti;

Nurlanishdan 30 daqiqa oldin;

Nurlanishdan 3 soat oldin.

99. Shikast o’chog’ida shikastlangan holatiga baho berish uchun qanday tekshiruv o’tkaziladi?

Ob’yektiv tekshiruv;

EKG;

Rentgenoskopiya;



Laborator ekspres-usul.

100. Shaxsiy muhofaza vositalariga nima kirmaydi?

Individual aptechka AI – 2;

Gazga qarshi niqob. (protivogaz);

Kimyoviy zararlanishga qarshi paket;

Panagohlar.

2 – Variant

1. Doimiy tishlar nechta:

28;


20;

32;


24.

2. Karioz kavagini aniqlash uchun nima ishlatiladi ?

Pinset;


Zond;

Stomatologik ko’zgu;

Shpatel.

3. Periostit – bu …

Periodont to’qimaning yallig’lanishi;

Paradont to’qimaning yallig’lanishi;

Suyakning yallig’lanishi;

Suyak usti pardasining yallig’lanishi.

4. “Tish o’sib ketgan” sezgisi qaysi kasallikda paydo bo’ladi?

O’tkir yiringli periodontitda;

Diffuz pulpitda;

Serroz periodontitda;

Surunkali fibroz periodontitda.

5. Kasallik boshlangandan keyin bo’lib o’tgan voqealarni esdan chiqib qolishi ……. deyiladi.

Anterograd amneziya;

Retrograd amneziya;

Giperamneziya;

Gipomneziya.

6. Yuqori qovoqning pastga tushishi……

Lagoftalm;

Ekzoftalm;

Midriaz;


Ptoz.

7. M.N.S. ning qo’shimcha tekshirish usullariga qaysi usullar kiradi?

UZI, EKG, MRT;

EKG, MRT, KT;

UZI, REG, MRT;

EEG, REG, KT.

8. Insult bu qanday kasallik?

Bosh miyaning yallig’lanishi;

Orqa miyaning yallig’lanishi;

Miyada qon ailanishining buzilishi;

Orqa miya ildizining yallig’lanishi.

9. Shizofreniya kasalligining qanday turlari bor?

Depressiya, maniakal, sopor, stupor;

Aneyroid, delirioz, demensiya;

Oddiy, katatonik, paranoid, geberfrenik;

Ipoxondrik, vegetativ, melanxoliya.

10. Gemiparez nima?

Yarim tananing falajligi;

Qo’llarning falajligi;

O’ng qo’l, chap oyoq falajligi;

Oyoqlarning falajligi.

11. Perefirik nerv sistemasi kasalliklariga qaysi kasalliklar kiradi?

Meningit, ensefalit;

Insult, infarkt;

O’smalar, absesslar, parazitlar, kasalliklar;

Nevrit, ganglionit, nevralgiya.

12. Miyacha faoliyatini tekshirish usullarini aniqlang.

Rossolimo, Bexterev, Kernig;

Gordon, Oppengeym, Babinskiy;

Romberg, Rossolimo, Oppengeym;

Romberg, Adiodoxokinez, Nistagm.

13. Anesteziya – bu …….

Sezgining yo’qolishi;

Hidlov yo’qolishi;

Ko’rish qobiliyatining yo’qolishi;

Yutishning yo’qolishi.

14. Ko’z nevriti qanday kasallik?

Ko’z kon’yuktivasining yallig’lanishi;

Ko’ruv nervining yallig’lanishi;

Tomirli pardaning yallig’lanishi;

Shox pardaning yallig’lanishi.

15. Katarakta nechta bosqichda kechadi?

1 ta;


2 ta;

3 ta;


4 ta.

16. Ko’z ichki bosimini o’lchash qanday nomlanadi?

Oftalmometriya;

Tonometriya;

Oftalmoskopiya;

Gonioskopiya.

17.Spektorning asosiy ranglarini aniqlang.

Qizil, yashil, ko’k;

Yashil, qora, binafsha;

Sariq, kul rang, qizil;

Ko’k, oq, yashil.

18. Dyuring dermatiti bu nima?

Mikoz;


Kallagenoz;

Infeksion dermatit;

Surunkali qaytalanuvchi dermatoz.

19. Gidroadenit bu nim?

Teri osti yog’ qatlamining yallig’lanishi;

Ekkrin ter bezlarining yallig’lanishi;

Soch tugunchalarining yallig’lanishi;

Apokrin ter bezlarining yallig’lanishi.

20. Zaxm kasalligining qaytalanmaydigan belgisi.

Alopesiya;

Pustula;

Qattiq shankr;

Papula.

21. So’zak kasalligining inkubatsion davrini aniqlang.

3-4 soat;

3-4 oy;

3-4 hafta;



3-4 kun.

22. Muddatida tug’ilgan chaqaloq Apgar shkalasi bo’yicha necha baho oladi?

3-4 ball;

1-4 ball;

7-10 ball;

0-2 ball.

23. Muddatidan ilgari tug’ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirishda nimalarga e`tibor beriladi?

Chalalik darajalariga;

Umumiy ahvoliga;

So’rish va yutish reflekslarining bor yoki yo’qligiga;

Onasining suti ko’p yoki kamligiga.

24. Gipertermiya bu -

Tana haroratining ko’tarilishi;

Arterial bosimning ko’tarilishi;

Tana haroratining tushishi;

Tana vaznining ortishi.

25. Kindik chuqurchasining yallig’lanishi nima deb ataladi?

Dermatit;

Omfalit;

Psevdofurunkulyoz;

Piyodermiya.

26. Chaqaloqlar asfiksiyasida 1-yordamni ko’rsating.

Muzli haltacha qo’yish;

Isituvchi kompress qo’yish;

Grelka qo’yish;

Namlangan kislorod berish.



27. Rinit bu -

Burun shilliq pardasining yallig’lanishi;

Halqum shilliq pardasining yallig’lanishi;

Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi;

Bodomcha bezlarining yallig’lanishi.

28. Otit kasalligida qaysi organ yallig’lanadi?

Tashqi quloq;

Quloq suprasi;

O’rta quloq;

Yevstaxiev nayi.

29. Qandli diabetga hos simptomlarni aniqlang.

Dizuriya, proteinuriya;

Diareya, gipertermiya;

Poliuriya, polidipsiya;

Gipertermiya, anuriya.

30. Anafilaktik shokning rivojlanish sababini aniqlang.

Organizmga mikroblar tushganda;

Organizmga allergen tushganda;

Organizmga yot jism tushganda;

Organizm ko’p suyuqlik yo’qotganda.

31. BSJ vaktsinasi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qaysi sohaga yuboriladi?

Chap elkaning yuqori tashqi tomoniga;

Dumbaning yuqorigi tashqi kvadratiga;

Bilakning 1\3 qismining o’rtasiga;

Kurakning ostiga.

32. Revmatizmning birlamchi profilaktikasiga nimalar kiradi?

Surunkali o’choqlarni sanatsiya qilish;

Dispanser kuzatuvini olib borish;

Bahor va kuz oylarida bisillin-5 bilan kompleks davolash;

Yil davomida vitaminoterapiya olib borish.

33. Meningokokkli nazofaringitda olinadian yuqumli material nima?

Orqa miya suyuqligi;

Qon;

Tomoqdan surtma;



Peshob.

34. Piyelonefritda buyrakning qaysi qismi zaralanadi?

Buyrak oraliq to’qimasi, buyrak jomlari;

Buyrak tomirlari, buyrak to’qimasi;

Buyrak jomi, buyrak koptokchasi;

Siydik yo’llari, siydik qopchasi.



35. Dizenteriyada asosan qaysi ichak zararlanadi?

Ko’richak;

Ko’ndalang chambar ichak;

S-simon ichak;

Pastga tushuvchi yo’g’on ichak.

36. Yotoq yaralari paydo bo’lish xavfi qaysi shkala bo’yicha aniqlanadi?

Glazko shkalasi;

Apgar shkalasi;

Brenden, Vaterley shkalasi;

Solo shkalasi.

37. ”Xalqaro Hamshiralar kuni” qachon nishonlanadi?

1 iyun;


7 aprel;

12 may;


16 iyun.

38. Kasalxonaning san.epid tartibi S.S.V ning nechanchi buyrug’iga asosan amalga oshiriladi?

530-sonli;

600-sonli;

173-sonli;

500-sonli.

39. Kasalxonada yakuniy dezinfeksiya qachon amalga oshiriladi?

Bemor gospitalizatsiya qilingandan so’ng;

Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so’ng;

Bemor kasalxonada 1 hafta yotganidan so’ng;

Bemor kasalxonada 10 kun yotganidan so’ng.

40. Dekontaminirlangan chiqindilar – bu:

Biologik suyuqliklar bilan ifloslangan qo’lqoplar;

Biologik suyuqliklar bilan ifloslangan bog’lov materiallari;

Qon bilan ifloslangan bir martalik shpritslar;

Bir martalik sistemaning paketi (qopchasi).

41. Qabulxonadan umurtqa pog’onasi shikastlangan bemorni bo’limga qanday transportirovka qilinadi?

Aravachada;

Zambil aravada;

Qo’lda ko’tarib chiqiladi;

Nogironlar aravachasida.

42. Yotoq yara hosil bo’lishining tashqi sabablariga qaysilar kiradi?

Kiyim va oqliklarda burma hosil bo’lishi;

Darmonsizlik;

Qarilik davri;

Oyoq – qo’llarning falaji.

43. Teridagi burmali sohalarning qizarib yallig’lanishi nima deyiladi?

Yotoq yara;

Nekroz;

Absses;


Bichilish.

44. Quloqni yuvishda ishlatiladigan parvarish buyum nomini aniqlang:

Rekord shpritsi;

Jane shpritsi;

Lyuer shpritsi;

Gortan shpritsi.

45. O’tkir bronxit davosida qo’llaniladigan dori vositasini aniqlang.

Antibiotiklar;

Nitratlar;

Yurak glikozidlari;

Antikoagulyantlar.

46. Bronxial astmaga xos balgamni aniqlang.

Ko’piksimon pushti rangli;

Zangsimon;

Shilliq;

Tiniq shishasimon.

47. Zangsimon balg’am qaysi kasallikda ajraladi?

Bronxial astmada;

O’tkir bronxitda;

O’chog’li pnevmoniyada;

Krupoz pnevmoniyada.

48. DOTS - strategiyasi - bu qisqa muddatli nazoratli ximiyaterapiya – qaysi kasallikda qo’llaniladi?

SPI– bilan kasallanganlarga;

Brutsellyoz bilan kasallanganlarga;

Rak bilan kasallanganlarga;

Tuberkulyoz bilan kasallanganlarga.

49. Yurak nuqsonlari bu:

Yurak klapanlari apparatining deformatsiyasi;

Yurak qavatlarining yallig’lanishi;

Miokardning kattalashishi;

Toj tomirlar aterosklerozi.

50. A/B ning meyoriy chegaralarini aniqlang:

80/60 – 90/65 mm.sm.ust;

90/65 – 100/70 mm.sm.ust;

110/70 – 140/90 mm.sm.ust;

150/90 – 170/95 mm.sm.ust.

51. Miokard infarktning asorati hisoblanmaydigan holatni aniqlang.

Kardiogen shok;

Yurak ritmining buzilishi;

Yurak nuqsonlari;

Yurak anevrizmi.

52. Yurak shishlari paydo bo’ladi:

Ertalab qovoqlarda;

Ertalab oyoqlarda;

Kechqurun oyoqlarda;

Kechqurun qovoqlarda.

53. Surunkali gastritning sekretsiyasi oshgan turida davolashda qo’llaniladigan parhez stolini aniqlang.

Stol № 10;

Stol № 15;

Stol № 7;

Stol № 1.

54.Xolesistitda qanday parhez stoli buyuriladi?

Stol № 9;

Stol № 7;

Stol № 2;

Stol № 5.

55. Glomerulonefrit - bu:

Buyrak to’qimasining yallig’lanishi;

Siydik pufagining yallig’lanishi;

Buyrak koptokchalarining yallig’lanishi;

O’tkir siydik tutilishi.

56. Zimnitskiy usulida siydik qanday yig’iladi?

24 soat mobaynida (har uch soatda);

10 soat mobaynida;

3 soat mobaynida;

Ertalabki siydikning o’rta qismi.

57. Leykoz kasalligi qanday tekshiruvga asoslanib qo’yiladi?

Rentgen tekshiruvi:

Siydik tekshiruvi;

Suyak ko’migi tekshiruvi;

Balg’am tekshiruvi.

58. Miksedemaga xos klinik belgini aniqlang.

Gipertoniya;

Xotira susayishi;

Tana haroratining ko’tarilishi;

Jizzakilik.

59. Diabetik komaning klinik belgisini aniqlang.

Talvasa;


Teri qoplamlarining nam bo’lishi;

Og’izdan aseton hid kelishi;

Ochlik his qilishi.

60. Antiseptika nima?

Jarohat va butun organizmdagi mikroblarni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi;

Zararli mikroblarni yo’qotish;

Viruslarni yo’qotish;

Jarohatga mikroblar tushishining oldini olish.

61. Arterial qon ketish belgilarini aniqlang.

Qon och qizil rangda, pul'satsiyalovchi;

Qon to’q qizil rangda, bir tekis oqadi;

Tomchilab oqadi;

Butun jarohat yuzasi qonaydi.

62. Gemotoraks nima?

Plevra bo’shlig’iga qon to’planishi;

Bo’g’imga qon to’planishi;

Qorin bo’shlig’iga qon to’planishi;

To’qimalarga qon to’planishi.

63. Agglyutinogenlar qonning qaysi shaklli elementlarida bo’ladi?

Eritrotsitlarda;

Leykotsitlarda

Limfotsitlarda;

Trombotsitlarda.

64. Narkozdan keyin bemor qanday holatda yotqiziladi?

Yonboshlab;

Chalqancha, tepaga qarab;

Qorinda;


Chalqancha, boshini yoniga qaratib.

65. Operatsiyadan keyin ovqat hazm qilish tizimi tomonidan uchraydigan asoratni aniqlang.

Yurak-tomir etishmovchiligi;

O’tkir siydik tutilishi;

Tromboflebit;

Ichaklar parezi.

66. Chiqish belgisiga xos emas:

Deformatsiya;

Og’riq;

Patologik harakatchanlik;



Prujinali fiksatsiya.

67. Sinish nima?

Bo’g’im yuzalarining joyidan siljishi;

Suyak butunligi buzilishi;

Suyak po’stlog’ining qalinlashishi;

Suyakning mo’rtlashishi.

68. Limfa tugunlarining yallig’lanishi nima deyiladi?

Furunkul;

Karbunkul;

Gidroadenit;

Limfoadenit.

69. Me’da osti bezining o’tkir yallig’lanishi nima deyiladi?

O’tkir xoletsistit;

O’tkir appenditsit;

O’tkir pankreatit;

O’tkir ichak tutilishi.

70. Me’da yarasining teshilishi nima deyiladi?

Penentratsiya;

Malignizatsiya;

Perforatsiya;

Stenoz.

71. Venalar varikoz kengayishi belgisi bo’lmagan holatni aniqlang.

Oyoqda shish;

Oyoqda og’irlik sezgisi;

Oyoqning sovuq qotishi;

Teri osti venalarining bo’rtib qolishi.

72. Buyrak sanchig’iga xos belgini aniqlang.

Gipertermiya;

Piuriya;

Bel sohasida kuchli og’riq;

Proteinuriya.

73. Xavfsiz o’smaga xos belgini aniqlang.

Sekin o’sish;

Tez o’sish;

Metastaz berish;

Yetilmagan hujayralardan tashkil topish.

74. Ich terlamada me’da-ichak tizimida qaysi o’zgarish kuzatilmaydi?

O’ng yonbosh sohada og’riq, quldirash;

Tilda jigarrang karash;

Jigar, taloqning kattalashuvi;

Yashil rangdagi badbo’y hidli ich ketishi.

75. Ich terlama bilan og’rigan bemor parvarishida qaysi usul qo’llanilmaydi?

Yoto’q yaralarining oldini olish;

Tozalovchi huqna qilish;

Bemorni har kuni cho’miltirish;

Gaz haydovchi naycha qo’yish.

76. Esherixioz qo’zg’atuvchisi qaysi ichakda ko’payadi?

Yog’on ichakda;

Ingichka ichakda;

To’g’ri ichakda;

S-simon ichakda.

77. "Rektal tupik" ko’rinishdagi najas ta’rifini aniqlang.

Suyuq ,suvsimon,botqoqsimon najas;

Shilimshiq va yiring aralash , o’tkir hidli,suvsimon najas;

Guruch qaynatmasi ko’rinishidagi shilimshiq aralash najas;

Shilimshiq va yiringdan iborat qon aralash najas.

78. Brutsellyozda infeksiya manbai kim?

Qishloq ho’jalik hayvonlari;

Tashib yuruvchi odam;

Bemor odam;

Kemiruvchilar.

79.Paragripp virusining kirish darvozasini aniqlang.

Yuqori nafas yo’llari;

Teri va shilliq qavatlari;

Me`da ichak tizimi;

Ko’z konyuktivalari.

80. Meningokokkli infeksiyada klinik simptomlarning hech birining aniqlanmasligi, tomoqdan surtma olinganda meningokokklarning topilishi qaysi shaklida uchraydi?

Meningokokkli tashuvchanlik;

Meningit;

Meningokokkli nazofaringit;

Meningokokksemiya;

81. Virusli gepatit "B" da infekiya manbai kim?

Bemor odam va virus tashuvchi;

Bemor odam va hayvonlar;

Hayvonlar va kemiruvchilar;

Kemiruvchilar va hashoratlar.

82. Quyidagi simptomlar yig’indisi o’latning qaysi shakliga hos: kuchli intoksikatsiya, qorinda og’riq, qon aralash ich ketish va qusish:

Bubonli shakli;

O’pka shakli;

Ichak shakli;

Septik shakli.

83. Qaysi simptom ozenaga xos emas?

Burun qichishi;

Qatqaloqlar kam bo’lishi;

Og’ir yoqimsiz hid;

Shilimshiq yiringli ajralma.

84. Gaymorit bu:

Yuqori jag’ bo’shlig’ining yallig’lanishi;

Peshona bo’shlig’ining yalliglanishi;

G’alvirsimon bo’shlig’ining yalliglanishi;

Ponasimon bo’shlig’ning yalliglanishi.

85. Erkaklar tovush boylamining uzunligi?

20-22 mm;

19-20 mm;

18-20 mm;

20-25 mm.

86. Burunning kirish qismi soch haltasining yallig’lanishi bu –

Saramas;

Sikoz;

Rinofima;



Ekzema.

87. Homiladorlikning aniq belgilariga kiradi:

Pigment dog’lari va homiladorlik striyalari paydo bo’lishi;

Ko’ngil aynashi, ertalab qayt qilish, t`am va hid bilishning o’zgarishi;

Bachadon kattalashihi, uning komfiguratsiyasining o’zgarishi, sezuvchanligining ortishi;

Homilaning qimirlashi, homila bo’laklarining paypaslanishi qorinning oldingi devoridan, homilaning yurak urushining eshitilishi.

88. Homila tug’ilgandan keyin bachadon tubi balandligi qayerda joylashadi?

3 barmoq kindikdan yuqorida;

Kindik bilan teng;

2 barmoq kindikdan pastda;

1 barmoq kindikdan pastda.

89. Chanoq qaysi suyaklardan tashkil topgan?

2 ta nomsiz suyak, dumg’aza, dum suyaklardan;

Son, boldir, dumg’aza suyaklardan;

Dumg’aza, simfiz, dum suyaklardan;

Nomsiz suyak.

90. Katta liqildoq formasi qanday shaklda?

Uchburchak;

To’rtburchak;

Rombsimon;

Oval.

91. Birinchi marta tug’uvchi ayolning bachadon bo’ynining ochilish davri o’rtacha qancha davom etadi?

6 soat;


9-12 soat;

12 -14 soat;

20 soat.

92. Tug’ruq qachon tugaydi?

Homilaning tug’ilishi bilan;

Bachadon bo’yni va oraliqni ko’rilgandan keyin;

Homila va yo’ldosh tug’ilgandan keyin;

Tug’ruq yo’llaridagi yirtilishlar tikilgandan so’ng.

93. Amenoreya - bu ……..

Hayz siklining to’xtashi;

Bachadondan qon ketishi;

Yuvenil qon ketish;

Hayzning og’riq bilan kechishi.

94. Ginekologik bemorlarning asosiy shikoyatlari qanday?

Bosh og’rig’i va ichak funksiyasining buzilishi;

Ichak funksiyasining buzilishi va hayzning buzilishi;

Hayzning buzilishi, qorinning pastki qismida og’riq , qindan oqchil kelishi;

Siydik chiqarish a’zolarining og’rishi.

95. Tashqi akusherlik tekshiruvining II amalida aniqlanadi:

Homilaning oldinda yo’tgan qismining kichik chanoqqa kirish tekisligiga nisbatan yotishi;

Homilaning pozitsiyasi va turlari;

Homilaning oldinda yotgan turi;

Bachadon tubining balandligi.

96. Bachadon naylari qanday bo’limlardan iborat?

Interstitsial, ampulyar;

Shilliq, mushak va seroz;

Interstitsial, istmik, ampullyar;

Mushak, shilliq.

97. Favqulotda vaziyat o’chog’ida ichki qon ketish tashxisini qo’yishda qaysi tekshiruvlar shart emas?

Laborator ekspres-usullari;

Puls ko’rsatkichi;

Teri qoplamlari rangining o’zgarishi;

Qon bosimi ko’rsatkichlari.

98. Uzoq vaqt bosilib qolish sindromida tez tibbiy yordam ko’rsatish quyidagi qaysi harakatlarni o’z ichiga oladi?

Og’riqsizlantirish, kislorod berish, qo’l va oyoqlarni bosib qolgan qismidan yuqoriga jgut bog’lash, ezilgan sohani bintlash va muzli haltacha qo’yish, immobilizatsiya qilish;

Atropin yuborish, ishqorli suyuqlik berish, shikastlangan sohani immobilizatsiya qilish, tezkor evakuatsiya;

Novokainli blokada qilish, immobilizatsiya qilish, og’riqsizlantirish, kislorod berish;

Kislorod berish, shikast sohasining amputatsiyasi.

99. Ko’ngil aynishi va qayt qilishni bartaraf qilish uchun shaxsiy aptechkadan qaysi dori ichishga beriladi?

Sistomin;

Kaliy yodid;

Etaperazin;

Aorin.

100. Amiak bu…

Rangsiz o’ziga xos bo’g’uvchi hidli gaz;

Yashilsimon – sariq o’tkir hidli gaz;

Rangsiz, achchiq bodom hidi keladigan suyuqlik;



Rangsiz, hidsiz gaz.
Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish