Tijorat bankalrining balansdan tashqari operatsiyalari
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir.
Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning chet el valyutalari bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:
hisobvaraqlarning Bosh va Yordamchi kitoblarda joylanishini yengillashtirish;
hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;
hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni yengillashtirish;
operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema bo‘yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:
S
MM
SS
C
Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi):
1
Aktiv
2
Majburiyatlar
3
Kapital
4
Daromadlar
5
Xarajatlar
9
Ko‘zda tutilmagan holatlar
MM
Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)
SS
Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan:
jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” va boshqalar);
“Aktivlar” bo‘limidagi “...zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o‘rnida 99 raqam qabul qilingan.
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida Yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmentiga boshqarish uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan.
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan.
Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‘i uchun hisobvaraq ta’rifi berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari qo‘shimcha jurnal hisobi va reyestrlar yuritilishi mumkin.
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limi uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o‘zlari belgilaydilar.