1. Texnologiya ishlab chiqarishning biror sohasida materiallarga ishlov berish yoki qayta ishlashda qòllaniladigan usullar majmuasidir



Download 19,56 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi19,56 Kb.
#844378
Bog'liq
Javob


1. Texnologiya ishlab chiqarishning biror sohasida materiallarga ishlov berish yoki qayta ishlashda qòllaniladigan usullar majmuasidir.
“Texnologiya” yunoncha so‘z bo‘lib “texnos” - “hunar”, “logos” - “fan” so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib “hunar fani” degan ma’noni anglatadi.

Texnologiya ishlab chiqarishning biror sohasida materillarga ishlov berish yoki qayta ishlashda qo‘llanildigan usullar majmuasidir. Texnologiyalashtirish tushunchasini pedagogik jarayonlar bilan bog‘lasak,ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini amalga oshirish,ularning yangi qonuniyatlarining o‘ziga xos qirralarini kashf etish asosida umumiy maqsadga erishish ijobiy sifat o‘zgarishlariga ega bo‘lgan barkamol avlod shaxsini shakllantirish tushuniladi.

2. Interfaol metodlar – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlardir. Aqliy hujum, Pinbord, Klaster, O‘rgimchak to‘ri, Venn diagrammasi, Muzyorar, Bumerang, Charxpalak, Yelpig‘ich, FSMU, B-B-B, Rolli o‘yin, Ishbilarmonlik o‘yini va boshqalar mazkur metodlar toifasidandir.

3. Matematika darslarida eng ko‘p qo‘llaniladigan interfaol usulardan biri“Aqliy hujum”dir. Mazkur metod orqali biror muammo yoki savol bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi.

4. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi-ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi quyidagicha: mavzu yoritiladi, kichik guruhlar shakllantiriladi, 1-guruhga topshiriq, 2-guruhga topshiriq, 3- guruhga topshiriq, 4- guruhga topshiriq, ko‘rsatma berish va yo‘naltirish, 1-guruh taqdimoti, 2-guruh taqdimoti, 3-guruh taqdimoti, 4- guruh taqdimoti, muhokama, tahlil va baholash. Kichik, tor doiralardagi guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput turlari mavjud bo‘lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‘liqdir («disput» so‘zining lug‘aviy ma’nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa - guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o‘z fikr mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o‘tirib, mavzuning yechimini batamom xal bo‘lmagunicha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur.
5.“KLASTER” metodining tuzilmasi - kalit so‘z yoziladi, kalit so‘zga taalluqli so‘zlar yoziladi, so‘zlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatiladi, so‘zlar tarmoqlab chiqiladi, tarmoqlar tahlil qilinadi, ushbu metod tinglovchilar bilimlarini ongli, puxta egallashga va fikrlash doirasi kengayishiga yordam beradi, shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyatini rivojlantiradi. Tinglovchi oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisalar mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy ijtimoiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi.

6. “BAHS -MUNOZARA” metodi- biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs-munozara va fikr almashuv tarzida o‘tkaziladigan metoddir. Biror mummoni yechish, masalani hal qilish jaryonida qo‘llanilib, o‘quvchilar o‘z g‘oya va qarashlarini, usullarini og‘zaki bayon qiladilar.


O‘quvchilarning o‘z fikrlarini qanchalik ilmiy asoslashlashlari, qanday manbalardan foydalanganligiga e`tibor qaratish lozim. Ushbu metod- tinglovchilarda mustaqil mantiqiy fikrlashni, ijodiy izlanishni, o‘z fikrini asoslashga, tahlil qilishga o‘rgatadigan aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yordam beradi.
7. Bu so‘z yunoncha “ Henrisko” izlayman, topaman, kashf etaman degan ma’noni bo‘lib, o‘qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga o‘quvchining mustaqil fikrlashi, tirishqoqligi bilan yangi bilimni o‘zlashtirishlarini ta’minlovchi uslub hisoblanadi. Evristik suhbat usuli deyilganda, shaxsning muammoni hal qilishda ichki his tuyg‘ulariga, hissiy bilishiga asoslangan ish usuli tushuniladi. Bunda muammoning yechish usullari, matematik modellari, algoritmlarini tanlash, natijalarni tasavvur qilish va yechish yo‘lini tanlash, qaror qabul qilish asosiy masala hisoblanadi. Bu usul natijasida buyuk kashfiyotlar, ixtiro va kutilmagan yangiliklar yuzaga kelishi kuzatilgan.

8. BBB (Bilardim, bilmoqchiman, bilib oldim) metodi.Bu metodni “yangi bilim beruvchi “tipidagi darsda foydalanish mumkin.1 Qadam: Doskaga yangi mavzu yoziladi va o‘quvchilar daftariga "Bilardim" - deb yozib yangi mavzu bo‘yicha bilganlarini, yozish taklif etildi. (3 daqiqa vaqt beriladi). Taqdimot o‘tkaziladi. Taqdimot davomida o‘quvchilar yangi mavzu bo‘yicha bilganlarini aytib beradilar. Taqdimot davomida fikrlarni guruhlar tomonidan qaytib takrorlamaslik qoidasiga qat`iy rioya qilinadi.2 Qadam: o‘quvchilarga daftarlariga "Bilmoqchiman: " - debyozib yangi mavzu bo‘yicha nimalarni bilishni xoxlashini yozish taklif etiladi. (1 daqiqa vaqt beriladi.) Taqdimot o‘tkaziladi.3 Qadam: o‘quvchilarga darslikni ochish va daftarlariga "Bilib oldim" - deb yozib qo‘yib tushuganlarini yozish taklif etiladi. (10 daqiqa vaqt beriladi). Vaqt o‘tgandan so‘ng taqdimot o‘tkaziladi. Yangi mavzu o‘quvchilar tomonidan aytib beriladi. Barcha qadamlarda o‘quvchilar bir - birini tinglash qoidasiga rioya qilinadi. O‘qituvchi tomonidan yangi mavzu bo‘yicha aytilmasdan qolgan qismlari va qo‘shimcha adabiyotlardan topilgan materiallardan foydalanib to‘ldiriladi.


9. Kubik metodi. Kubik metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. Birinchi qadam: o‘quvchilarga mavzu o‘tilgandan so‘ng unda biror tushuncha shakllanadi. Shakllangan tushunchani quyidagicha yozish taklif etiladi.
1.Tasvirlang

2.Taqqoslang

3.O‘xshating

4.Tahlil qiling

5.Ishlating

6.Foydali va zararli tomonlari

Masalan “Prizma” mavzusini o‘tishda qo‘llasak, quyidagi natijaga ega bo‘lamiz

10.
“Aqliy hujum”metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar quyidagicha:



-barcha ta’lim oluvchilar qatnashishlari shart;
--bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, hatto ular noto‘g‘ri bo‘lsa ham inobatga olinadi;
-bildirilgan fikr-g‘oyalar baholanmaydi.
Guruhga yangi mavzu bo‘yicha savol beriladi, o‘quvchilar tomonidan fikr va g‘oyalar bildiriladi, fikr va g‘oyalar jamlanadi va guruhlanadi, aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi. Mazkur metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi.
Download 19,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish