Fayl tizimi nima?
Kutubxonaga borib hech kitob qidirganmisiz? O'zingiz qidirayotgan kitobni topishingiz uchun siz kutubxonaning fayl tizimini, boshqacha aytganda kutubxona qanday tuzilganligini tushunishingiz zarur. Fantastika janridagi kitoblarni topish oson, ularda hammaga yaxshi ma'lum bo'lgan alfavit bo'yicha muallif nomiga asoslangan fayl tizimi qo'llaniladi. Boshqa janrdagi kitoblarda bo'lsa boshqa fayl tizimi, masalan, Dyuvey o'nli tizimi ishlatilgan bo'lishi mumkin. Siz Dyuveyning o'nli tizimini bilmasangiz nima bo'ladi? Siz faqatgina kitobning qanday nomlanishini bilasizu lekin qanday janrga tegishli ekanini bilmasangizchi? Bu holda qidirayotgan kitobimizni qanday topamiz? Baxtimizga bizga yordam beruvchi kutubxonachi bor. U kutubxonadagi mavjud kitoblarning ro'yxatidan kartalar katalogini yaratib qo'ygan va ushbu katalog yordamida qaysi kitobni qayerdan topish mumkinligini yaxshi biladi. Endi, doimiy xotira qurilmasiga kelsak, u kutubxonaga o'xshab ketadi. Xuddi kutubxona singari u turli fayl tizimlarga ega bo'lishi mumkin. Operatsion tizim esa kutubxonachiga o'xshaydi. U xotira qurilmasida mavjud fayllar kataloglaridan iborat kataloglar daraxtini (ba'zida uni sal boshqacha ma'noga ega bo'lgan "fayl tizimi" ham deyishadi) yaratishga imkon beradi. Baxtga qarshi, kompyuterlar bizning kutubxonaga o'xshab standartlashmagan. Kompyuterlar olamidagi har bir kutubxonachi yoki boshqacha aytganda, operatsion tizim o'zining fayl tizimiga ega va bir operatsion tizimning fayl tizimini boshqasi ko'pincha o'qishni bilmaydi. Bizning omadimiz bor, chunki Linuks ko'p qirrali operatsion tizim bo'lib, ko'pgina boshqa fayl tizimlari qatorida hatto Windows fayl tizimlarini ham tushunadi.
Linuksning har bir distributivi uni kompyuterning doimiy xotirasiga o'rnatishga bag'ishlangan qo'llanmaga ega bo'ladi va undan xotira qurilmasini qismlarga ajratish haqida ma'lumot topish mumkin. Lekin, ushbu qo'llanmalarda qismlarga ajratish jarayoni ko'pincha o'ta batafsil yoritiladi va bu holat Linuksni endi o'rganishni boshlayotganlarni chalkashtirib yuborishi mumkin. Agar siz bir paytning o'zida ko'pgina foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatadigan hamda turli xildagi dasturlar bilan ta'minlangan serverni kompyuter xotirasiga o'rnatishni rejalagan bo'lsangiz unda yuqorida aytilgan qo'llanmalarni yaxshilab o'qib chiqishingiz mumkin.
Bitta foydalanuvchi ishlaydigan desktopga kelsak bunda Linuksni o'rnatishga bag'ishlangan qo'llanmalardagi batafsil ma'lumotlarni o'qib chiqishingiz shart emas. Chunki personal foydalanishga mo'ljallangan desktoplar doimiy xotirani ko'p qismlarga ajratishni talab qiladigan murakkabliklarga ega emas. Turg'un ishlaydigan Linuksni o'rnatish uchun uchta qism yaratishni tavsiya qilamiz, ular: swap, root va home.
swap
Linuksni o'rnatishda birinchi bo'lib swap soxa (рус. раздел подкачки) uchun bitta qism yaratish kerak bo'ladi. Bu soxa doimiy xotira qurilmasidagi joy bo'lib, u virtual ishchi xotira sifatida ishlatilishi mumkin. Virtual ishchi xotira kompyuterga, unda yetarli darajada ishchi xotira (eng. random access memory (RAM); рус. оперативная память) bo'lmaganda ham, og'ir dasturlarni ishlashga majbur qila olish hamda o'ta murakkab vazifalarni bajarish imkonini beradi (sekin bo'lsada, lekin u ishlaydi). Ushbu swap soxaning talab qilingan o'lchami kompyuter fanatlari va xakerlar orasida e'tiqodiy tortishuv mavzusi hisoblanadi hamda u xaqida ko'p varaqli maqolalar yozilishi mumkin. Ko'pincha qo'llaniladigan usuldan foydalanamiz: kompyuteringizdagi ishchi xotiraning ikki baravarigacha o'lchamli swap qism yaratish yetarli.
root (/)
root qism (o'zb. o'zak, asosiy qism yoki katalog, yana root fayl tizimi deb ham atashadi) to'g'ri slesh (/) bilan aniqlanadi. U kataloglar daraxtining cho'qqisi bo'lib, unda Linuks va siz o'rnatgan barcha dasturlar joylashadi. Uni DOS yoki Windows dagi "C:" katalogga ekvivalent desa ham bo'ladi. Demak, ikkinchi bo'lib to'g'ri slesh / bilan aniqlangan asosiy katalog (root) uchun yangi qism yaratish zarur (siz bu qismni Linuksdagi root kabi hosil qilinadigan administrator xuquqli foydalanuvchi bilan chalkashtirmang, bu boshqa "root"!).
Ushbu / qismning o'lchami siz nimalarni o'rnatishingiz yoki nimani o'rnatishni rejalaganingiz bilan aniqlanadi. O'zingiz tanlagan Linuks distributivi xaqidagi qo'llanmani oching. Undan aynan shu distributiv uchun tavsiya etilgan eng katta xotira o'lchamini aniqlang. Xozirgi kunda (2017 yil, dekabr oyi) zamonaviy Linuks distributivlarning ko'pchiligi xotira qurilmasidan 7 Gb gacha o'lchamli joy talab qilishadi. Albatta, juda kichik xotira o'lchamiga o'rnatish mumkin bo'lgan disrtibutivlar ham mavjud. Ular maxsus vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bizning xolda, ko'pchilik ishlatadigan zamonaviy Windows operatsion tizimiga raqabatdosh bo'ladigan, hatto undan ancha ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lgan Linuks distributivini o'rnatish uchun kattaroq xotira soxasi talab qilinadi. Shu sababli doimiy xotira qurilmasida Linuksning o'zi uchun 10 Gb va kelajakda kerakli va qo'shimcha dasturlarni o'rnatishga 20 Gb joy ajratish yaxshi usul hisoblanadi. Shunday qilib, root katalog uchun umumiy xolda 30 Gb xotira soxasi ajratyapmiz. Agar xoxlasangiz bundanda kattaroq o'lcham ham berishingiz mumkin.
/home
Oxirida /home katalogi uchun xotirada qism yaratish zarur. Bu qismda foydalanuvchiga, boshqacha aytganda sizga tegishli barcha ma'lumotlar joylashadi. Ko'p foydalanuvchili Linuks desktopda barcha foydalanuvchilarning ma'lumotlari har bir foydalanuvchi uchun alohida tarzda shu katalogda saqlanadi. Ushbu katalogning vazifasiga e'tibor bersak taxminan Windowsdagi "My documents" katalogiga mos keladi. Lekin Windows operatsion tizimini anchadan buyon qo'llayotgan foydalanuvchilar (tajribali foydalanuvchilar) o'zlarining ma'lumotlarini saqlash uchun doimiy xotira qurilmasida ko'pincha "C:" diskdan tashqari yana "D:" mantiqiy disk ham yaratib olishadi. Agar shu holatni hisobga olsak, /home katalog ko'proq Windows operatsion tizimidagi "D:" mantiqiy diskka o'xshab ketadi. Bunda biz Windows operatsion tizimi "C:" ga o'rnatilgan deb faraz qilyapmiz.
Aslida /home uchun alohida qism ajratish shart ham emas. Agar /home uchun alohida qism ajratmasak u / (root) qismda avtomatik ravishda yaratiladi. Bu Windows operatsion tizimni doimiy xotiraga o'rnatishda yolg'iz "C:" disk (qo'shimcha "D:" disk yaratmasdan) ishlatilgan holatga mos keladi. Lekin, /home qismga doimiy xotira qurilmasidagi swap va / (root) qismlardan ortib qolgan bo'sh joyni to'laligicha ajratish juda yaxshi yo'ldir. Bu yerda ham, izoh uchun, yana o'sha mashhur Windows bilan qiyoslagan ma'qul. Yuqorida aytganimizdek, Windows foydalanuvchilari ko'pincha xotira qurilmasini "C:" va "D:" qismlarga ajratib, operatsion tizimni "C:" diskka o'rnatishadi, o'zlariga tegishli ma'lumotlarni "D:" diskda saqlashadi. Nega? Sababi, Windows operatsion tizimini ba'zida (ko'pincha desa ham bo'ladi) qayta o'rnatishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda uzoq vaqt mobaynida foydalanuvchi tomonidan yig'ilgan 200 hatto 300 Gb hajmli qimmatli ma'lumotni saqlab qolish muammosi paydo bo'ladi. Chunki operatsion tizimni qayta o'rnatish jarayonida "C:" diskda yangi fayl tizimi yaratish talab qilinadi (formatlash). Nima qilish kerak? Qimmatli ma'lumotlarni boshqa xotira qurilmasiga ko'chirish kerak. Odatda, katta hajmli ma'lumotlarni bir xotira qurilmasidan boshqasiga ko'chirish uzoq vaqt oladigan jarayondir. Xulosa qilib aytish mumkinki, foydalanuvchi ma'lumotlarini "D:" diskda alohida joylashtirish ularni xavfsiz saqlash maqsadidan, ya'ni, xavfsizlik nazaridan kelib chiqadi.
Linuksga qaytadigan bo'lsak, /home uchun alohida qism ajratish Windows xolida foydalanuvchi ma'lumotlarini "D:" diskda, operatsion tizimdan alohida, saqlashga o'xshab ketadi va bu ma'lumotlarni xavfsiz saqlash imkonini beradi. Demak, /home katalog uchun alohida qism ajratish Linuksni qayta o'rnatishda foydalanuvchi ma'lumotlarini ortiqcha xarakatlarsiz xavfsiz saqlab qolish imkonini yaratar ekan. Balki o'quvchi ushbu satrlarni o'qigach, muallifni vahima solishda ayblar. "Ehtiyot bo'lsa, operatsion tizimni qayta o'rnatish zarurati yo'q" - deb o'ylash ham mumkin. Lekin, tajriba shuni ko'rsatadiki, hatto menman degan tajribali foydalanuvchilar ham ba'zida operatsion tizimni qayta o'rnatishlariga to'g'ri keladi va bunda albatta birinchi navbatdagi muammo ma'lumotlarni saqlab qolishdir.
Keling, so'zimiz so'ngida, paydo bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir savolga javob qidiramiz. Bo'pti, Linuksni doimiy xotira qurilmasiga o'rnatish uchun swap, root, home qismlar ajratishga rozimiz, dersiz. Savol: ular qanday ketma - ketlikda joylashsin? Qaysinisi birinchi yaratilsin? Muallifning fikricha, ularni qanday ketma - ketlikda joylashgani unchalik muhim emas. Lekin, aytishlaricha: xotira qurilmasi boshlanish qismida tezroq chetga tomon sekinroq ishlash xususiyatiga ega emish va buni inson sezmas ham ekan.
RAM tezkor xonim. U yolg'iz o'zi ko'p narsaga qodir emas, lekin u juftlikni tanlashda nihoyatda sinchkov: ular menga hech kimni qo'shmanglar, deyishadi. Bundan tashqari, RAMning janjalli xarakteri qo'shni paydo bo'lganidan keyin ham, vaqt o'tishi bilan ham o'zini his qilishi mumkin. Masalan, sizga zudlik bilan kompyuter kerak bo'lganda.
Bugun biz bir xil shaxsiy kompyuterda RAMning turli chiziqlarini birlashtirish mumkinmi, har xil avlodlar, turlar, hajmlar, chastotalar va ishlab chiqaruvchilarning RAM-larini birgalikda ishlash mumkinmi degan savollarga barcha fikrlarni "Y" ga qo'yamiz. Va agar iloji bo'lsa, unda qanday sharoitlarda. Avlodlar o'rtasidagi bog'liqlik Mening anakartim avlodlari bo'lgan RAM uyalariga egaDDR2 vaDDR3. Ikkala turdagi o'liklarni ham o'rnatishingiz mumkinmi?
Aniq javob yo'q. Anakartlarning bunday gibrid modifikatsiyalari DDR2 dan DDR3 standartiga o'tish davrida ishlab chiqarilgan. Ular DDR2 xotirasi bilan 667, 800 va 1066 mGts, yoki DDR3 bilan 1066 va 1333 mGts chastotalarda ishlashga qodir. Agar siz DDR2 va DDR3-ni shunday taxtada o'rnatgan bo'lsangiz (albatta, o'zingizning turdagi slotlarda), kompyuter ishga tushmaydi.
Xotira lentalari uchun uyalar soni va ularning ishlash tartibi Dasturda qavslarni o'rnatish uchun uyalar sonini ham ko'rdik - menda 2. Agar kompyuter korpusining qopqog'ini ochsangiz, taxtada bir nechta xarakterli bitta yoki ko'p rangli ulagichlarni ko'rishingiz mumkin. Bu erda xotira satrlari joylashtirilgan. Quyidagi rasmda ulardan 4tasi mavjud.
o'p rangli bizga ushbu kartada xotira ikki kanalli rejimda ishlashi mumkinligini aytadi - ya'ni ma'lumotlar bir vaqtning o'zida boshqaruvchiga protsessorga yoki shimoliy ko'prikka (qarab) ikkita kanal orqali uzatiladi, bu esa ma'lumotlarni qayta ishlash tezligini oshiradi. Ushbu rejimni yoqish uchun siz kamida 2 ta chiziq sotib olishingiz va qoida tariqasida ularni ikkita bitta rangli ulagichga kiritishingiz kerak. Qaysilari? Bu taxta uchun ko'rsatmalarda yozilgan va ranglar turli xil modellarda farq qilishi mumkin. Agar siz bir vaqtning o'zida 4 ta modul sotib olsangiz, unda barcha uyalarni birdan foydalaning. Shuni ham yodda tutish kerakki, agar siz hozirda men kabi jami 2 Gb xotiraga ega bo'lsangiz va uni 4 Gbaytgacha oshirishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, unda bitta 4 Gb dan 2 Gbaytlik modulni sotib olish maqbuldir, chunki ulardan maksimal darajada foydalanishingiz mumkin ikki kanalli rejimda. Shuni ham ta'kidlash kerakki, bir nechta modullarni sotib olayotganda bitta ishlab chiqaruvchini tanlash tavsiya etiladi, yoki bir vaqtning o'zida bir nechta chiziqlardan iborat tayyor to'plamni (KIT) olish yaxshiroqdir - bunday to'plam muammosiz ishlashi kafolatlanadi.
Laptop yoki statsionar kompyuter uchun operativ xotira? Nazariy jihatdan, bu biz o'zimizga berishimiz kerak bo'lgan birinchi savol, lekin aslida eng muhimi emas, chunki form-faktorni chalkashtirib yuborish mumkin emas. Noutbuk uchun modullar keng va qisqa, kompyuter uchun esa uzun va tor. Xususiyatlari bo'yicha saytlarda ular quyidagicha ko'rsatilgan: DIMM - kompyuter uchun, SODIMM - noutbuk uchun.
Xotira lentalari uchun sovutish turi Agar siz kuchli o'yin kompyuteriga RAM modulini sotib olsangiz, unda siz sovutish turiga e'tibor berishingiz kerak. Vaqtni qisqartirish orqali intensiv ish yoki "overclocking" bilan ular qizib ketishi mumkin, shuning uchun ularni sovutish uchun ishqibozlarning ishi etarli bo'lmasligi mumkin. Oddiy chiziqlarda hech qanday sovutish bo'lmaydi - siz mikrosxemalarning ochiq lehimli chiplarini ko'rasiz. Qimmatbaho modellarda sovutishning eng keng tarqalgan turi - metall radiator o'rnatilgan.
Hujjatlar bilan ishlash va Internetga kirish uchun mo'ljallangan ofis kompyuteri uchun bosh bilan bitta 4 Gb xotira lentasi etarli. Videoni yuqori sifatli va oddiy o'yinlarda tomosha qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan multimedia kompyuterlari uchun 8 Gb xotira etarli.
Eski kompyuterlar uchun xotira Agar eski kompyuteringizda xotirani ko'paytirishga qaror qilsangiz, iltimos, Windows-ning 32-bitli versiyalari 3 Gb dan ortiq RAMni qo'llab-quvvatlamaydi. Ya'ni, agar siz 4 Gb tezkor xotirani o'rnatgan bo'lsangiz, u holda operatsion tizim atigi 3 Gbni ko'radi va ishlatadi. Windows-ning 64-bitli versiyalariga kelsak, ular o'rnatilgan barcha xotiradan foydalanishlari mumkin, ammo agar sizda eski kompyuter bo'lsa yoki eski printer bo'lsa, u holda ushbu operatsion tizimlarning drayverlari bo'lmasligi mumkin. Bunday holda, xotirani sotib olishdan oldin, Windows-ning 64-bitli versiyasini o'rnating va barchasi sizga mos keladimi-yo'qligini tekshirib ko'ring. Shuningdek, sizga anakart ishlab chiqaruvchisining veb-saytiga qarashni va uning qancha modul va umumiy xotirani qo'llab-quvvatlashini ko'rishni maslahat beraman. Shuni ham yodda tutingki, 64 bitli operatsion tizimlar 2 barobar ko'proq xotirani iste'mol qiladi, masalan, Windows 7 x64 o'z ehtiyojlari uchun 800 Mbaytni oladi. Shuning uchun bunday tizim uchun 2 Gb xotira etarli bo'lmaydi, tarjixon kamida 4 Gb. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy Windows 7,8,10 operatsion tizimlari 8 Gb xotira bilan to'liq ochib berilgan. Tizim yanada sezgir bo'lib qoladi, dasturlar tezroq ochiladi va o'yinlarda chayqalishlar (muzlaydi) yo'qoladi. 3. Xotira turlari Zamonaviy xotira DDR SDRAM turiga kiradi va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Shunday qilib DDR va DDR2 xotirasi allaqachon eskirgan va faqat eski kompyuterlarda ishlatilishi mumkin. DDR3 xotirasini endi yangi shaxsiy kompyuterlarda ishlatish maqsadga muvofiq emas, uning o'rnini tezroq va istiqbolli DDR4 egalladi. Iltimos, unutmangki, tanlangan xotira turi protsessor va anakart tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerak. Shuningdek, yangi protsessorlar moslik sabablariga ko'ra odatdagi DDR3 dan 1,5 dan 1,35 V gacha pasaytirilgan kuchlanish bilan farq qiladigan DDR3L xotirasini qo'llab-quvvatlashi mumkin, agar sizda mavjud bo'lsa, bunday protsessorlar oddiy DDR3 xotirasi bilan ishlashlari mumkin, ammo protsessor ishlab chiqaruvchilari buni tavsiya qilmaydilar - DDR4 uchun mo'ljallangan, undan ham past kuchlanishli 1,2 V bo'lgan xotira tekshirgichlarining degradatsiyasi kuchayganligi sababli. Eski kompyuterlar uchun xotira turi Legacy DDR2 xotirasi zamonaviy xotiradan bir necha baravar qimmat turadi. 2 GB DDR2 bar 2 baravar qimmat turadi, 4 GB DDR2 bar esa xuddi shu o'lchamdagi DDR3 yoki DDR4 satridan 4 baravar qimmatroq. Shuning uchun, agar siz eski kompyuterda xotirani sezilarli darajada oshirishni xohlasangiz, ehtimol yaxshiroq variant - almashtirish uchun anakart bilan zamonaviy platformaga va agar kerak bo'lsa, DDR4 xotirasini qo'llab-quvvatlaydigan protsessorga o'tish. recommended by
Mavzu: Tarmoq muammosini parchalanishi.Osi ma'lumotnoma modeli,Muloqot protokoli.
Reja:
1. Asosiy IP protokoli funktsiyalari.
2. IP protokoli nima.
3. IPv4 protokol
Protokol bir-biri bilan o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi sub'ektlar tomonidan qabul qilingan kelishuv ekanligi, bu holda tarmoqda ishlaydigan ikkita kompyuter umuman standart ekanligini ta'kidlamaydi. Ammo amalda, tarmoqlarni amalga oshirishda ular odatda foydalanadilar standart protokollar... Bu markali, milliy yoki xalqaro standartlar. 80-yillarning boshlarida bir qator xalqaro standartlar tashkilotlari - ISO, ITU-T va boshqa tashkilotlar tarmoqlarni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydigan modelni ishlab chiqdilar. Ushbu model ISO / OSI modeli deb nomlanadi.
Ochiq tizimlarning o'zaro ta'siri modeli (Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi, OSI) ichidagi tizimlarning o'zaro ta'sirining turli darajalarini belgilaydi paketli kommutatsion tarmoqlar, ularga standart nomlarni beradi va har bir daraja qanday funktsiyalarni bajarishi kerakligini belgilaydi. OSI modeli 70-yillarda kompyuter tarmoqlarini, asosan global miqyosda yaratishda katta tajriba asosida ishlab chiqilgan. Ushbu modelning to'liq tavsifi 1000 sahifadan ko'proq matn.
OTO' modelida (11.6-rasm) aloqa etti qatlamga bo'linadi: dastur, vakili, sessiya, transport, tarmoq, kanal va jismoniy. Har bir qatlam tarmoq qurilmalarining o'zaro ta'sirining o'ziga xos tomoni bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |