Mavzu: Xotira ishini tezlashtirish. Xotirani o‘rnatish bilan bog‘langan Qo‘shimcha xotirani o‘rnatish va chegaralash.
Reja;
1.Teskor xotira
2. Laptop yoki statsionar kompyuter uchun operativ xotira?
3.. Eski kompyuterlar uchun xotira turi
Tezkor xotira (ruscha: оперативная память, inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
Kompyuterlarda tezkor xotira sifatida foydalaniladigan xotira modullari dizaynining evolyutsion rivojlanishi. Yuqoridan pastga: DIP, SIPP, SIMM 30 pin, SIMM 72 pin, DIMM, DDR DIMM
EHMlarning dastlabki modellarida yuzlab yoki minglab bit sig‘imli asosiy xotira funksiyasini bajarish uchun rele, kechiktiruvchi xotira qatori yoki har xil turdagi vakuum naychalaridan foydalanilgan[2].
Zamonaviy tezkor xotiraning keng tarqalgan ikkita shakli statik RAM (SRAM) va dinamik RAM (DRAM) mavjud. SRAMʼda maʼlumotlarning bir qismi oltita tranzistorli xotira xujayrasining holatidan foydalangan holda odatda oltita MOSFET (metall-oksid-yarim oʻtkazgichli maydon effektli tranzistorlar) yordamida saqlanadi. RAMʼning bu shakli ishlab chiqarish qimmatroq boʻlib, biroq odatda tezroq hamda DRAMga qaraganda kamroq dinamik quvvat talab qiladi. Zamonaviy kompyuterlarda SRAM koʻpincha protsessor uchun kesh xotirasi sifatida ishlatiladi[3].
Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, oʻyinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tushayotgan yuklama asosan tezkor xotiraga tushadi. Bu xotiraning o’lchami dastur va o’yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o’zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab tezkor xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki, tezkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, bir paytning o’zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo’ladi (misol uchun ashula eshitib, o’yin o’ynash mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab tezkor xotiraga xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan chiqib ketib, ya’na shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab tezkor xotiraga murojaat qiladi, agar yuklangan dastur u yerda mavjud bo’lsa, o’sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3, DDR4 kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |