4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi - bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat” (Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833) davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.
Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir. Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari «Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar, minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l va boshqa joylarda ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, ХI asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning «qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir.
Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |