614-19 GURUH TALABASI MAYUNUSOV ABRORBEK
1-Mustaqil ish
TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH FANIGA KIRISH
Reja:
1. Telekommunikasiya tizimlari va signallar xaqida umumiy ma'lumotlar. 2.Axborot, xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar. 3.Signal va aloqa kanallarining parametrlari
Hozirgi zamon telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa qurilmalari murakkab radioelektron tizimlar sirasiga kiradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanida telekommunikasiya qurilmalarida va tizimlaridagi asosiy funksional qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalari; aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi.
Tizimlar va signallarni qayta ishlash axborotlar, signallar bilan tanishtirish; signallarning asosiy turlari va asosiy xarakteristikalari; turli radiotexnik signallarni shakllantirish va ular radiotexnik qurilmalardan o‘tish jarayonlari va o‘zgarishlar (modulyatorlar, detektorlar, signallarni integrallash va differensiallash, signal chastotasini o‘zgartirish va h.k.) raqamli signallar; turli xildagi halaqitlarning matematik modellari; radioqurilmalar halaqitbardoshligi va axborot uzatish qobiliyati; halaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; analog va raqamli fil'trlash; turli modulyasiyalangan signallar halaqitbardoshligini solishtirish o‘rganiladi.
Shunday qilib, tizimlar va signallarni qayta ishlash fani zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib beradi.
Tizimlar va signallarni qayta ishlash nazariyasining rivojlanishida V.A. Kotelnikov, Klod Shenon, R.Xartli, X.Naykvist, A.I. Berg, D.V. Ageyev, A.Ya. Xinchin, A.N. Kolmogorov, N. Viner, A.Valdlarning hissalari katta. Ular uzluksiz signallarni diskret shaklda uzatish, axborot miqdorini aniqlashning logorifmik birligi, signallarni bir-biridan chiziqli ajratish nazariyasi, potensial xalaqitbardoshlik nazariyasi, axborot nazariyasi, aloqa tizimiga ehtimollik nazariyasining tadbiqi, signal va xalaqitlarga korrelyatsion ishlov berish asoslarini yaratishgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma “5350100- Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil' tizimlar)” va “5330500 - komp'yuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan.
Fanning vazifasi talabalarga tizimlar va signallarni qayta ishlash asoslari va uning kelajak rivoji haqida, zamonaviy komp'yuter injiniringi va telekommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularning ishlash jarayonini tahlil etishga, sifat va texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rgatishdan iborat.
Axborot – bu xar xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik xodisalar to‘g‘risidagi ma'lumotdir.
Informasiyani uzatish uchun uni ma'lum bir shaklga keltirish lozim (tekst, jadval, grafik, rasm, xarakatdagi tasvir, va boshqalar). Bunday shakillanish natijasida informasiya xabarga aylanadi. Xabarni fazoniy bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatish uchun xabarni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz ya'ni uni signalga aylantirishimiz lozim.
Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki nechta parametlarini xabarga mos ravishta o‘zgarishiga aytiladi.
Elektr signali deb – elektr jarayonining bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. O‘z tabiatiga ko‘ra signallar elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar shaklida bo‘lishi mumkin. Radiotexnik tizimlarda signal sifatida fazoda yoki biron-bir yopiq muhitda tarqaluvchi yuqori chastotali radiosignallardan foydalaniladi.
Telekommunikasiya tizimlarida har qanday signal (elektrik, yorug‘lik, tovush va shu kabilar) vaqt funksiyasi deb hisoblanadi. Signallarni ko‘rinishiga qarab quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan [1]:
– uzluksiz signal;
– satx bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha esa diskret signal;
– satx va vaqt bo‘yicha diskret signal;
– satx bo‘yicha diskret, vaqt bo‘yicha esa uzluksiz signal;
– ikki asosli raqamli signal.
Belgilangan chegaralar ichida har qanday qiymatga ega bo'lishi mumkin bo'lsa, signal uzluksiz hisoblanadi . Matematik nuqtai nazardan, uzluksiz signal doimiy funktsiya sifatida ifodalanishi mumkinligini anglatadi. Mikrofondan tovush to'lqinining membranasidagi bosimi yoki termojuftdan o'lchangan harorat haqidagi signal bu kabi signallarga misol bo'ladi.
Aksariyat signallar tabiatda uzluksiz (analog) signallar. Ular vaqt o'tishi bilan uzluksiz ravishda o'zgarib turadi va ma'lum bir oraliqda har qanday qiymatni qabul qilishi mumkin. Kompyuterga bunday signalni kiritish va uni qayta ishlash mumkin emas, chunki u har qanday vaqt oralig'ida cheksiz ko'p qiymatlarga ega. Shu sababli, raqamli ishlov berish tizimlarida signal alohida diskret vaqt momentlarida olingan signal qiymatlari bilan ifodalanadi (1.2-rasm). Ushbu qiymatlarga signalning oniy qiymati deyiladi. Bunday signallarga satx bo‘yicha uzluksiz, vaqt bo‘yicha esa diskret signal deb ataladi.
Foydali signallar kamdan-kam hollarda buzilmasdan qabul qilinadi. Deyarli har doim shovqin va xalaqitlar ularga zararli ta'sir qiladi. Bunday holda, foydali signalni uzatish paytida u buziladi va xabar ba'zi xatolar bilan qabul qilinadi.
Xalaqitlar, odatda, uzatish tizimiga ta'siri tabiati bilan ajralib turadi: aditiv va multiplikativ xalaqitlar. Aditiv xalaqitlar, uzatish yo'lining har qanday nuqtasida foydali signal bilan qo'shiladi. Multiplikativ xalaqitlar foydali signalga ko‘paytiriladi.
Har qanday signal ma’lum bir vaqt davomiyligida uzatiladi (1.7-rasm). Signal vaqt oralig‘ida o‘zining eng kichik oniy qiymati bilan eng katta oniy qiymati oralig‘ida o‘zgaradi. Signal eng katta qiymati Smax ning uning eng kichik qiymati ga nisbati, ya’ni signal dinamik diapazoni deb ataladi. Signal vaqt davomida o‘zining qiymatidan qiymati oralig‘ida tez va sekin o‘zgaradi. Signalning o‘zgarish tezligi uning spektri kengligi ga bog‘liq, ya’ni keng spektrli signal tor spektrli signalga nisbatan tez o‘zgaradi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |