REJA:
1.Tasviriy san`at mashg`ulotlari mazmunini davlat ta`lim standarti bilan bog`liqligi.
2.Tasviriy san`at mashg`ulotlarining turlari.
3.Tasviriy san`at ashg`ulotlarining Har bir turining vazifasi va mazmuni.
4. 1-4 va 5-7 sinflarda tasviriy san`at mashg`ulotlarining o`zaro farqi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at o`quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta`limning davlat standartlariga asoslangan Holda ta`lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san`at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan:
1.Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda). 2. Badiiy qurish-yasash (1-4 sinflarda). 3. San`atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda). 4. Naturaga qarab tasvirlash (1-7 sinflarda). 5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda).
Borliqni idrok etish o`quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur soHaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o`stirishda muHim rol o`ynaydi. Borliqni idrok etish mashg`ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o`tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go`zallikni ko`ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayoHat jarayonida zarur Hollarda ayrim ob`ekt va Hodisalarni qalam, bo`yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari Ham ishlanadi.
Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o`simliklar, Hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko`rinishlari, kafiyati (quvonchli, g`amgin, o`ychan va Hokazo) Haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Boshlangich sinflarda borliqni kuzatish va ular Haqidagi suHbatlar o`quvchilarga Hayotdagi ba`zi bir Hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma`lum miqdorda taHlil qilish va umumlashtirishdek muHim sifatlarni o`stirishga Ham imkon beradi.
Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o`rgatiladi. Tabiatga qilingan sayoHatlarda ularning ayrim jiHatlari fasllarga bog`liq Holda o`zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda bolalarni fazoziy tasavvurlari Ham o`stiriladi va planlik, chiziqli va Havo perspektivasiga qam e`tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog`liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi etkaziladi.
Borliqni idrok etish mashg`ulotlarini vazifalariga rioya qilgan Holda quyidagi mazmunda mashg`ulotlar o`tkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz, qish, baHor fasllarida tabiatni o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish; 2. Gullar, Hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish: 3. Tabiat mo``jizalari, baHorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b.
YUqorida qayd qilinganidek, bunday mashg`ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va Hodisalarni o`ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, fazoviy Holatlari, ularni yil fasllariga qarab o`zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O`rganish zarur bo`lgan ob`ektlarni naturadan kuzatishning imkon bo`lmagan taqdirda o`qituvchi darsda bolalarni san`at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusHalarini namoyish etish orqali o`z maqsadiga erishadi.
Boshlang`ich sinf tasviriy san`at darslarida o`quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtirish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari Ham olib boriladi.
Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda aloHida soatlar ajratilgan bo`lib, ular mashg`ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish-yasash uchun asosan uch xil materiallardan foydalanish nazarda tutiladi:
1.Badiiy materiallar (rangli qog`ozlar, folga, gulqog`ozlar, plastilin, loy v.b.).
2.Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po`stlog`lari, meva va sabzavotlarning urug`lari, rangli toshchalar, bug`doy va arpa poyalari v.b.).
3.Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori darmondan bo`shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b.
Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida elimlash, qog`ozlarni narsalar shakliga mos Holda buklash, o`rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo`shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar Hosil qilinadi. Bu malakalarni Hosil qilish boshlang`ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:
Turli shakldagi qalamdon, quticha, Havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samolyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qog`oz va kartondan tasvirini yasash; Hashoratlar - tilla qo`ng`iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog`ozlarni qirqish orqali Hosil qilish; rangli qog`ozlarni qirqish, buklash va elimlash yo`li bilan osma o`yinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, Hashorat, qush, Hayvonlarning tasvirlarini Hosil qilish; rangli qog`oz, badiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya, kollaj, pape-mashe, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, "Ko`chada", "Kosmodromda",) ishlash; tashlandiq materiallar-sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab bo`lmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg`och, to`ti, g`oz, chumchuq, laylak, o`rdak, sa`va v.b.), Hayvonlar (tulki, bo`ri, quyon, ayiq, yo`lbars, it, sher v.b.) ning o`yinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qog`ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v.b.
Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muHim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o`ziga xos jiHatlarini (qattiq, yumshoq, mo`rt, egiluvchan, og`ir, engil, och, to`q, v.b.) bilish Hamda ular bilan ishlaganda o`lchov va o`lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to`g`ri belgilash talab etiladi.
SHuningdek, qurish-yasash ishlarida qo`llanadigan o`quv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish Ham talab etiladi.
Narsalar shaklini ko`ra olish Ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga Ham o`rgatiladi.
San`atshunoslik asoslari bo`limi o`quv predmetining muHim qismlaridan biridir. U dasturda 5-7 sinflarda mustaqil bo`lim sifatida o`zining o`quv vazifalari tizimiga ega va u tasviriy, amaliy-bezak, me`morchilik san`atlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur bo`limning maqsadi o`quvchilar tomonidan san`at asarlarini ongli idrok etish va baHolash, uning jamiyat va odamlar Hayotidagi aHamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir.
San`atshunoslik asoslari bo`limi o`quvchi shaxsining estetik rivojiga ko`maklashib, uni jaHon madaniyatining buyuk durdonalari va san`at asarlari orqali tevarak-atrofdagi Hayot go`zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san`atni sevishga o`rgatadi.
O`quvchilar bilan san`atshunoslik asoslari bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotlarda ular mumtoz madaniy meros bilan tanishtirib boriladi, uning buyuk an`analari va san`atning Halq uchun xizmat qilishi, san`atdagi turli oqimlar va yo`nalishlar to`g`risida tushunchalar Hosil qilinadi.
Tasviriy va amaliy san`at asarlarini idrok etishga oid o`quv materiallari o`quvchilarning amaliy ishlari bilan bog`langandir. San`at asarlarining nusHalarini bolalarga ko`rsatish va ularning taHlili o`quvchilarda san`atga qiziqish uyg`otadi va ularni shu soHaga yo`llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan g`oya, asosiy fikr va qo`llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.
Dekorativ-amaliy san`atga doir san`atshunoslik asoslari darslarida amaliy-bezak san`ati, Halq amaliy-bezak san`ati, o`zbek Halq amaliy-bezak san`ati, liboslar, o`zbek va chet el Halqlarining milliy liboslari Haqida bilimlar berish, Halq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi Halq amaliy san`ati muzeyi va Respublikamizdagi Halq amaliy san`ati rivoj topgan markazlar, o`zbek Halq amaliy san`atining mashHur nomoyondalari Hisoblangan Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov, Hamro Raximova kabilar Haqida Ham suHbatlar o`tkazish rejalashtirilgan.
Me`morchilik san`ati borasida esa me`morchilik san`ati va uni atrof-muHit bilan bog`liqligi, me`morchilikda go`zallik, maqsadga muvofiqlik Haqida tushunchalar berish, individual va ijtimoiy me`morchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik echimining o`zaro bog`liqligi, fasad va inter`erdagi dekorativ bezaklarning xarakteri, me`morchilikda qo`llaniladigan asosiy atamalar Haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan Ham tanishtiriladi.
Bu vazifalarni bajarish uchun O`zbekiston xududidagi eng qadimgi me`morchilik obidalari, O`zbekiston IX-XIX asr me`morchiligi, SHarq va G`arb mamlakatlarida Uyg`onish davri me`morchiligi, O`zbekiston va jaHonning Hozirgi zamon ilg`or me`morchiligi yuzasidan mashg`ulotlar olib boriladi.
Tasviriy san`atdan davlat ta`lim standartlarida qayd qilinganidek, bolalarga san`atshunoslik asoslaridan quyidagilar Haqida bilimlar berishni nazarda tutadi:
1.Tasviriy san`at-san`atning bir turi ekanligi va uning kishilar Hayotidagi o`rni va aHamiyati. O`zbekiston xududida tasviriy san`atning taraqqiyoti (Afrasiob, Varaxsha, Tuproq qal`a v.b. joylardan topilgan tasviriy san`at namunalari). Tasviriy san`atning turlari (rangtasvir,grafika, Haykaltaroshlik) va janrlari (manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy, marina). Rangtasvir turlari-dastgoHli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi-freska, mozaika, vitraj.
2. Haykaltaroshlik turlari-dastgoHli Haykaltaroshlik, dekorativ Haykaltaroshlik, monumental Haykaltaroshlik; Relef (barelef, gorelef); yumaloq Haykallar.
3.Grafika turlari-dastgoHli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi; gazeta-jurnal grafikasi; targ`ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b.
4.MovaraunnaHr miniatyura maktabi; SHarq miniatyura maktablari. Evropada Uyg`onish davri tasviriy san`ati; O`zbekistonning Hozirgi zamon tasviriy san`ati; JaHonning Hozirgi zamon ilg`or tasviriy san`ati; jaHon tasviriy san`atidagi asosiy oqimlar; dunyoning eng yirik tasviriy san`at muzeylari; O`zbekistonning eng yirik tasviriy san`at muzeyi. JaHonga mashHur eng buyuk rassomlarning Hayoti va ijodi (Kamoliddin BeHzod, Leonardo da Vinchi, O`rol Tansiqboev, CHingiz Axmarov v.b.).
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muHim tasviriy malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Ular tik, yotiq, og`ma, egri, to`lqinsimon chiziqlarni chizish, bo`yoqlar bilan tegishli yuzani bir meyorda bo`yash, och tusdan to`q tusga va aksincha to`qdan ochga o`tish, o`quvchilar to`g`ri va egri chiziqlarni teng bo`laklarga bo`lish malakalarni o`zlashtiradilar. CHizilayotgan rasm mazmunidan kelib chiqqan Holda qog`oz formatini to`g`ri tanlashni Hamda rasmni qog`ozda kompozitsion jiHatdan to`g`ri joylashtirishni o`rganadilar. SHuningdek, rasmni bosqichlar asosida ishlashni o`zlashtiradilar.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida o`quvchilar mo`yqalam, rangli qalamlar, akvarel, guash bo`yoqlari bilan ishlash yo`llarini o`rganadilar, imkoni bor joylarda ko`mir (ugol), sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan Ham ish olib boradilar.
Amaliy ishlarda odam, Hayvon, qushlar gavdasining tuzilishi, ular qismlarining o`lchov nisbatlari, shakllarini to`g`ri aks ettirish malakalari takomillashtiriladi. YOrug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya yuzasidan nazariy ma`lumotlar berish bilan bir qatorda o`ziga qarab aloHida va natyurmort ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi.
Tasvirlash jarayonida naturani taHlil qilish, ularning qismlarini bir-biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabilar rasm ishlovchining e`tibor markazida bo`ladi. Bunda, ayniqsa, chiziqlar ravonligi, ranglarning nafis va mutanosibligi, ifodalangan go`zallikni zeHnlab tasvirlay olishga aloHida e`tibor beriladi.
YUqorida qayd qilingan vazifalar 1-2 soat davomida va qisqa muddatda (5-10 daqiqa) bajariladigan qoralama va ranglamalar shaklida bajariladi. Bu ishlar aloHida mavzu asosida yoki mashg`ulot mazmunidan kelib chiqqan Holda darsning boshlanish, o`rta yoki oxirida amalga oshiriladi. YUqorida qayd qilingan vazifalar va topshiriqlar o`simlik va daraxt barglari, turli shakl va rangdagi gullar, meva va sabzavotlar, Hunarmandchilik va amaliy san`at buyumlarini aloHida va to`p Holda natyurmort tarzida rasmini chizdirish orqali amalga oshiriladi.
Naturaga qarab bajariladigan topshiriqlar qush, Hayvon, odam tasvirlarini to`la yoki xomaki rasmini ishlashni Ham nazarda tutadi.
Boshlang`ich sinflarda ko`proq bolalarning tasviriy imkoniyatlariga mos keladigan bayroqcha, soat, Havo shari, o`yinchoq mashinalar, ninachi, kapalak, tilla qo`ng`iz kabi Hashoratlarni rasmini ishlash niHoyatda qo`l keldi. Bunday mashg`ulotlar uchun natura tanlashda o`qituvchi, ularning estetik ko`rinishiga, shakl, rang jiHatidan bolalarda qiziqish uyg`otadigan bo`lishligiga o`z e`tiborini qaratadi.
Kompozitsion faoliyat o`z mazmuniga ko`ra uch qismga bo`linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
Kompozitsion faoliyat o`quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o`z fikr va taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash Hamda badiiy didni o`stirishni maqsad qilib qo`yadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari tevarak-atrofdan olingan ko`rinish va Hodisalarni uning barcha janrlarida (manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, animalistik, afsonaviy, marina) amaliy ishlar shaklida bajarishni nazarda tutadi. Bu amaliy ishlar bevosita yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva yuzasidan olib boriladigan nazariy bilimlar bilan bog`liq Holda amalga oshiriladi. Bunday amaliy mashg`ulotlarda bolalar naturani kuzatish, (qoralama, ranglama, uzoq davom etadigan rasm ishlash) xotiradan, tasviriy san`at asarlaridan olgan bilim va malakalarga tayangan Holda ish olib boradilar. O`quvchilar tanlangan mavzuga ko`ra uning elementlarini qog`oz yuzasida bir-biriga bog`liq Holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyani Hosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishlaydilar. Kompozitsiya tuzishda bolalar obrazlarning tipik belgilarini tanlab olib, qismlarning o`rnini almashtirib, qo`shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilarga aloHida e`tibor beradilar. Unda kompozitsiyaning bir butunligi, qismlarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o`rtasidagi bog`lanish va kontrastlik, asardagi Hamma vositalarning bosh g`oyaga bo`ysindirish kabi qonun va qoidalar Hisobga olinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida o`quvchilar bo`yoqlar bilan tasvirlash, tasvirda asosiyni bo`rttirib ko`rsatish, tasvirda uzoq-yaqinlikni ifodalashda perspektiva qoidalariga amal qilishni o`rganadilar.
Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida badiiy-bezak ishlarida foydalaniladigan yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, doira naqshlar, ochiq va yopiq naqshlar, nomoyon naqsh namunalaridan ko`chirish va mustaqil ijodiy ishlarni o`rganadilar. Bu ishlar bevosita buyum bezagi bilan bog`liq Holda amalga oshiriladi.
SHuningdek, taklifnoma, tabriknomalar tayyorlash kabi amaliy ishlar Ham bajariladi. Milliy va chet el xalqlarining liboslari uchun eskizlar tayyorlanadi, tabiiy shakllarni stilizatsiyalash yuzasidan mustaqil ishlar olib boriladi. Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida Halq ertaklari, Hikoyalar, dostonlar, she`rlar mazmuniga eskizlar ishlash katta o`rinni egallaydi. Bunda bolalar kitoblarni ichki va tashqi (muqova) bezagiga doir (bosh bezak, yakuniy bezak, zarHal Harf, illyustratsiya) ishlarni bajaradilar. Dekorativ ishlarda o`quvchilar buyumlarning vazifalari, ularning shakli, bezak elementlarining o`zaro bog`liqligi Haqida elementar tushunchalarga ega bo`ladilar Hamda yuksak maHorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qilishni o`rganadilar.
Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga Har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va Hodisalardan olingani Haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg`ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o`zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi elementlarni qo`shishi mumkinligini o`rganib oladi.
SHu bilan birga o`quvchilar turli xalqlarning bugungi dekorativ-amaliy san`ati Hamda dizayn san`ati bilan tanishadilar. Dizayn ishlarida bolalar dazmol, choynak uchun taglik, quticha, libos uchun bezak eskizi, televizor, kreslo, engil avtomobilni yangi markasi eskizlarini ishlash bilan shug`ullanadilar.
Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarida odam, Hayvon, qushlarning aloHida Haykallari, sport, Hayvonot olami mavzularida, xalq ertaklari asosida tasviriy ijodiy ishlar bajariladi. Dekorativ Haykaltaroshlik o`quvchilarda turli dekorativ bezakli rel`eflar va o`yinchoq Haykallar ishlash orqali maxsus bilim Hamda malakalar Hosil qiladi. O`zbek Halq kulolchilik san`ati an`analari asosida "Toychoq", "Qo`zichoq", “Bo`taloq“ kabi o`yinchoq Haykalchalar ishlanadi. Fantastik mavzularda, dev, ajdarHo, kentavr, suv parisi, xumo qushi kabilarni dekorativ Haykallari ijodiy tarzda bajariladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar stek bilan ishlash, loy yoki plastilinni dumaloqlash, bosib yapaloqlash, silliqlash, cho`zish usullarini o`rganadilar.
Haykaltaroshlik mashg`ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo`lib, ularning birinchisi aloHida-aloHida loy yoki plastilin bo`laklarini bir-biriga yopishtirish orqali Haykal ishlash bo`lsa, ikkinchisi yaxlit loy bo`lagiga stek bilan ishlov berish orqali Haykal ishlashdir. Bularni bolalar yakka yoki guruH bo`lib bajaradilar. Kompozitsiyalardagi obrazlar soniga qarab, guruHdagi bolalar soni kam yoki ko`p bo`lishi mumkin.
TASVIRIY SAN`AT DAVLAT TA`LIM STANDARTI (MAKTAB, KOLLEJ, OLIY TA`LIM).
REJA:
1.Tasviriy san`at davlat ta`lim standarti.
2.Standartning moHiyati
3.Tasviriy san`atdan majburiy minimal talablar.
4.Standartning bajarilishini nazorat qilinishi.
5.Standartda tasviriy san`at predmetining maqsad va vazifalarining belgilanishi.
6.Standartda tasviriy san`atdan faoliyat turlarini aks etishi.
7.Standart materiallarini talablar darajasida bajarilishi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar MaHkamasining 1999 yil 16 avgust qaroriga ko`ra 1999-2000 o`quv yilidan boshlab umumiy o`rta ta`lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san`at ta`limi bo`yicha Ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta`lim standartlarini ishlab chiqilishi avvalo O`zbekistonning mustaqilligi, uning jaHon Hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan bog`lanadi.
Hozirda Har bir fan bo`yicha, shu qatori badiiy-estetik turkumdagi fanlardan davlat ta`lim standartlarining yaratilishi, uni Hukumat tomonidan tasdiqlanishi katta ilmiy va aamaliy aHamiyatga ega bo`lgan voqeadir. Mazkur standartlar O`zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo`lib, u respublikamiz maktablarida ta`limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish Hamda uni jaHon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi.
Standart davlat tomonidan qo`yilgan talablarni to`g`ri va benuqson bajarish uchun imkon berishi bilan bir qatorda amaliyotda qo`llanib kelayotgan dastur, dastur, darslik va metodik qo`llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish Hamda uni o`qitilishini talablar darajasini tashkil etish imkonini Ham beradi. SHuningdek, u maktablarda ta`lim ishlarini nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun Ham asosiy Hujjat vazifasini o`taydi.
Davlat standartiga ko`ra tasviriy san`at ta`limi mazmuni boshlang`ich sinflarda quyidagi to`rt yo`nalishda bayon etilgan:
1. Borliqni idrok etish. 2. Badiiy qurish-yasash. 3. Naturaga qarab tasvirlash. 4. Kompozitsion faoliyat.
Beshinchi-ettinchi sinflarda esa u quyidagi uch yo`nalishda o`z aksini topgan: 1.San`atshunoslik asoslari. 2.Naturaga qarab tasvirlash. 3. Kompozitsion faoliyat.
Mazkur yo`nalishlar bo`yicha tasviriy san`at o`quv predmetini o`qitishda Har bir o`qituvchi asosiy e`tiborni nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo`ladi. Tasviriy san`atni o`qitishda o`qituvchining e`tibor berishi lozim bo`lgan asosiy jiHatlar quyidagilardan iborat:
1. O`quvchilarni borliqdagi (tevarak-atrofdagi) va san`at asarlaridagi nafosatni ko`rishga, idrok etishga va undan zavqlanishga Hamda qadrlashga o`rgatish.
2. Bolalarni ijodiy, abstrakt, mantiqiy fikrlashga, ayniqsa ijodiy qobiliyatlari va fantaziyalarini o`stirishga yo`naltirish.
3. Tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari yuzasidan nazariy, biroq umumiy, elementlar bilimlar berish.
4. O`quvchilarda kuzatuvchanlik, ko`z xotirasi, chamalash, fazoviy tasavvur kabi shaxs uchun muHim bo`lgan sifatlarni o`stirish.
5. Rasm va naqsh, Haykal ishlash yuzasidan tasviriy malakalarni o`stirish.
6. Estetik His-Hayajonni tarbiyalash va rivojlantirish.
7. San`atga qiziqishni o`stirish va muHabbatni tarbiyalash.
Bu vazifalar maktabda tasviriy san`at darsini olib boruvchi Har bir o`qituvchini mutaxassis bo`lishligini talab etadi. CHunki, standart mazmuni mutaxassis o`qituvchilar uchun mo`ljallab tuzilgan.
Tasviriy san`at ta`limi davlat standarti san`atning uch turi-tasviriy, amaliy va me`morchilik san`atlari mazmunini aks ettirgan bo`lib, u avvalo milliy o`zbek san`atini, uning badiiy an`analarini, ayrim mashHur o`zbek tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari ustalarining Hayoti va ijodini, O`zbekistonda san`atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, O`zbekistondagi yirik san`at muzeylarini bilish tasviriy san`at o`quv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd qiladi. Bundan maqsad milliy san`at vositasida o`quvchilarga badiiy ta`lim berish bilan bir qatorda ularda shaxsni estetik, axloqiy va meHnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy o`zbek san`atini chet el va jaHonning Hozirgi zamon ilg`or san`atiga qaraganda kengroq va chuqurroq o`rgatishdan maqsad Har bir o`zbek o`quvchisi o`z Halqining tarixini, adabiyotini bilishi shart ekanligi kabi, uning san`atini Ham nisbatan kengroq bilishiga erishishdir. Milliy san`at ta`lim mazmunida poydevor bo`lishi lozim.
Ularni o`rganmasdan turib, yoshlarimiz badiiy madaniyatli shaxs bo`la olmaydi. Aks Holda milliy qobiqqa o`ralashib qolish oqibatida ular jaHon standartlari darajasiga chiqa olmaydilar. Ayniqsa yoshlarimiz qadimgi Misr, YUnoniston, Hindiston me`morchiligi, Afg`oniston, Iroq, Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Evropada Uyg`onish davri tasviriy san`ati, rivojlangan G`arb mamlakatlarining Hozirgi zamon tasviriy va me`morchilik san`ati namunalarini o`rganmasdan va bilmasdan turib madaniylashgan shaxs bo`lish mumkin emas.
Davlat ta`lim standartlari talablarini faqat o`quv rejalarida ajratilgan vaqt Hajmida muvaffaqiyatli bajarib bo`lmaydi.
CHunki yuqorida qayd qilinganidek, ta`lim mazmuniga doir o`quv-metodik majmualar, moddiy texnikaviy asos, yuqori malakali o`qituvchilarning etishmasligi, mavjud muammoni bir muncha murakkablashtiradi. Bu esa o`quvchilarning darsdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishni samarali shakllari va yo`llarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Mazkur muammo bevosita o`quvchilarning mustaqil ishlari uchun tegishli adabiyotlar, xrestomatik materiallar, moddiy-texnikaviy materiallar, o`quv va metodik yo`l-yo`riqlarni ishlab chiqish bilan bog`langan. Hattoki, bu masalada ota-onalarning vazifalari, ish mazmuni Haqida o`ylab ko`rish, ularga ma`lum yo`l-yo`riq va tavsiyalar berish foydadan Holi emas. Masalaga ana shunday yondashuv ta`lim standartlarida ko`rsatilgan bilim va malakalarning minimum darajasini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishgagina ta`sir ko`rsatibgina qolmay, balki uni maksimumga ko`tarish imkonini Ham beradi.
Ma`lumki, bolalarning ta`lim standartlari asosida olgan bilim va malakalarini qanday o`zlashtirganlik darajasini Ham tekshirib boriladi. Bu esa standartni sinflar bo`yicha ishlab chiqish lozimligini taqozo etadi.
U tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari bo`yicha atama va iboralar, tushuncha va ma`lumotlar, o`zlashtirilishi lozim bo`lgan malakalarni o`z ichiga oladi. Bu materillarni bolalar tomonidan o`zlashtirilishini nazorat qilish esa ularning bilimlarini tekshirishga doir test materillarini, bolalar tomonidan bajarilgan tasviriy ishlarni baHolash mezonlari va boshqa materillar tayyorlash aloqida aqamiyat kasb etadi. Ular o`z o`rnida o`quvchilarning bilim va malakalarini tez va oson baqolash imkonini beradi.
Davlat ta`lim standartida tasviriy san`at ta`limi mazmuniga bo`lgan majburiy minimum talablar bayon etilgan. O`qituvchi uni bajarishi shart. Lekin o`qituvchi shu bilan chegaralanib qolmasdan uni chuqurlashtirishga Harakat qilishi lozim. Biroq ta`lim mazmunini yuqori darajaga olib chiqaman deb bolalarga keragidan ortiq talablar qo`yish, ularni qiynash Ham mumkin emas. SHuni Ham yoddan chiqarmaslik lozimki, maktablarimiz nomi umumiy o`rta ta`lim maktabi deb ataladi. Demak maktablarimizda umumiy, elementlar bilim va malakalar berilishi lozim.
Davlat ta`lim standartlari bo`yicha boshlang`ich maktablarning to`rtinchi sinfini bitiruvchi o`quvchilar bevosita quyidagilarni bilishlari lozim:
Tasviriy san`at darslarida ishlatiladigan ish qurollari va materiallarni-albom, qalam, mo`yqalam, stek, bo`yoq, politra, guash, akvarel;
-rang nomlarini-oq, qora, qizil, sariq, moviy, yashil, zarg`aldoq, binafsha, zangori, jigarrang, kulrang, och qizil, to`q qizil, moshrang, sabza, pushti, qirmizi, pistoqi, lojuvard, lolaro`y;
-tasviriy san`at darslarida ishlatiladigan o`quv qurollari bilan to`g`ri munosabatda bo`lish qoidalarini;
-15 ta atrofida ijod qiluvchi rassom va Haykaltaroshlarning ismi va familiyasini Hamda ularning asarlarining nomlarini:
4-5 ta loydan Halq o`yinchoqlari va kulolchilik buyumlarni yaratuvchi kulollarning ismi va familiyasini;
-asosiy va Hosila ranglarni, xromatik va axromatik ranglarni, iliq va sovuq ranglarni;
-naqsh turlarini-yo`lsimon naqsh, to`rtburchak naqsh, kvadrat naqsh, doira naqsh;
-amaliy san`atda ishlatiladigigan gul nomlarini-barg, dubarg, sebarg, oygul, bodom, shobarg, paxtagul;
-amaliy san`atda ishlatiladigan atamalarni-rassom, rang, rasm, shakl, applikatsiya, ritm, simmetriya, asimetriya, suvrat, format;
-badiiy qurish-yasash ishlarida ishlatiladigan - badiiy, tabiiy va tashlandiq materiallarni.
Boshlang`ich maktablarning to`rtinchi sinflarini bitiruvchi o`quvchilar quyidagi malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirishlari lozim:
Oddiy qalam, mo`yqalam, stek, qaychi bilan ishlay olish; to`g`ri, og`ma va egri chiziqlar chizish; oddiy narsalarning shaklini qalam, mo`yqalam steklar bilan tasvirlay olish; ma`lum o`lchovdagi chiziqni bir nechta teng bo`laklarga bo`lish; akvarel va guash bo`yoqlaridan to`g`ri foydalana bilish-bo`yoqni eritish, aralashtirish; asosiy ranglarni aralashtirish orqali Hosila ranglarni olish; eng sodda naqshlar chiza olish; rasm, suvrat va illyusratsiyalarda ifodalangan tabiat Hodisalari (yil fasllari, ob-Havo), qush, Hayvon va odamlarning xarakterli va Harakatli Holatda tasvirlay olish; manzara va turmush janridagi suratlar Haqida elementar fikr yuritish (menga yoqdi, Hammasidan Ham yoqdi, yoqmadi kabilar); loy va plastilin, tabiiy, badiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlay olish; belgilangan qog`oz yuzasini tekis bo`yash; tabiat manzaralaridagi go`zallikni idrok etish va undan zavqlanish; Haykal ishlaganda ulardagi obraz va narsalarni o`zaro bog`liq Holda tasvirlash; loydan ishlangan o`yinchoqlarni guash bo`yog`i bilan bo`yay olish; rasm ishlaganda qog`oz o`lchovi va formatini to`g`ri olish; tevarak-atrofdagi tabiat manzaralari va meHnat jarayonlaridagi go`zalliklarni ko`ra olish va ulardan zavqlanish; tavsiya etilgan ertak va Hikoyalar mazmuni asosida rasm va Haykal ishlash; narsalarni rasmini chizmasdan turib ularni shaklini mo`yqalam bilan tegizib olish yo`li bilan Hosil qilish; ijodiy tarzda yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlay olish; naqshlar ishlashda geometrik va o`simliksimon unsurlardan bemalol foydalana olish; narsa va Hodisalarning fazoviy Holatini rasmda tasvirlay olish; bola o`zi yasagan Haykalga bezak unsurlarini stek yoki qo`l bilan Hosil qila olish; mavzu asosida rasm ishlaganda ulardagi asosiy va qiziqarli unsurlarni kompozitsiyada joy, o`lchov va rang jiHatdan ajratib tasvirlash.
Ettinchi sinfni bitiruvchi-o`quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim:
Tasviriy san`at yuzasidan;
-rassomlarning asoiy ish qurollari va ishlatadigan materiallarini-molbert, etyudnik, xolost, mo`yqalam, mastexin, bo`yoqlar, (yog`li, akvarel, guash, v.b.) pastel, sous, ugol, sangina v.b.;
Haykaltaroshlarning asoiy ish qurolari va ishlatadigan materiallarini - dastgoq, bolg`a, stek, loy, tosh, yog`och, v.b.;
-grafikachi rassomlarning ish qurollari va ishlatadigan materiallarini;
-rangtasvirda ishlatadigan atamalarni (natura, fon, perspektiva, chiziqli perspektiva, rang perspektivasi, Havo perspektivasi, ufq chizig`i) eskiz, yorug`, soya, blik, refleks, shaxsiy soya, tushuvchi soya, janr, kompozitsiya, reproduksiya, avtoportret, freska, mozaika, vitraj, dastgoHli rangtasvir, miniatyura rangtasviri, monumental rangtasvir, dekorativ rangtasvir, qoralama, ranglama, etyud, original, slayd, kolorit, gamma, mumtoz san`at;
-Haykaltaroshlikda ishlatiladigan ayrim atamalarni-dastgoHli Haykaltaroshlik, monumental Haykaltaroshlik, plastik Haykaltaroshlik, istiroHat-bog` Haykaltaroshligi, real Haykaltaroshlik, dekorativ Haykaltaroshlik, relef, gorelef, barelef;
-grafikada ishlatiladigan asosiy atamalarni-gravyura, linograyura, litografiya, ksilografiya, estamp, gazeta jurnal grafikasi, karikatura, plakat, zarHal Harf, boshbezak, yakuniy bezak, zarvaraq, illyustratsiya, etiketka, upakovka;
-O`zbekiston Hududidan topilgan eng qadimgi rangtasvir va Haykaltaroshlik namunalarini;
-O`zbekistonning xozirgi zamon tasviriy san`atini;
-tasviriy san`atning janrlarini-manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, batal, portret, afsonaviy, animal, marina;
-rang nomlarini - barikaram, gulnor, nilgun, siybob, malla, sadaf, lojuvard, shingob, novvoti, axmar, to`tiyo, firuza, novshadil, to`tigiy, nilobi, tilla Hal, kumush xil;
-O`zbekiston va jaxonning dunyoga mashxur 5-6 rassomning Hayoti va ijodini;
-rangtasvir, Haykaltaroshlikda, grafikada ijod qiluvchi 50-60 rassom, Haykaltarosh, grafiklarning ismi va familiyasi Hamda ularning asarlarini;
-tasviriy san`atdagi asosiy oqimlarni;
-SHarq miniatyura rangtasviri maktablarini;
-MovaraunnaHr minatyura rangtasviri maktablarini;
-O`zbekiston va jaHonning mashHur tasviriy san`at muzeylarini.
Amaliy-bezak san`ati yuzasidan:
Amaliy bezak san`ati ustalarining asosiy ish qurollari va ularning ishlatadigan materiallarini;
-amaliy bezak san`atida ishlatiladigan ayrim atamalarni-naqqoshlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, misgarlik, kashtachilik, sopoldo`zlik, zardo`zlik, ko`pbarg, chinnigul, gullola, bodomgul, marg`ula, gulsafsar, qo`shband, stilizatsiya, islimiy, girix, gulli girix, nomoyon, ochiq naqshlar, cheksiz naqshlar:
-amaliy bezak san`atida ijod qiluvchi mashHur 10-15 ustalarning familiyalari va ismlarini;
Jaxondagi mashHur 3-4 amaliy san`at ustasining Hayoti va ijodini;
-O`zbekistonda Halq amaliy bezak san`ati rivoj topgan markazlarni; Toshkentdagi O`zbekiston Halq amaliy san`ati muzeyini.
Me`morchilik san`ati yuzasidan:
-me`morchilikda ishlatiladigan asosiy ish qurollari va materiallarni;
-me`morchilikda ishlatilidagn ayrim atamalarni - me`mor, jome, minora, rovoq, mezana, ark, gumbaz, maket, muqarnas, navo, koshin, maqbara, mexrob, peshtoq, poydevor, vassa (toqi), poyustun, exrom, order, gotika, romantizm, barakko, klassitsizm, rennesans, registon, inter`er, ekster`er;
-O`zbekiston xududidan topilgan eng qadimgi me`morchilik obidalarini - Afrosiob, Varaxsha, Bolalik tepa, Tuproq qal`a v.b.
-O`zbekistonning IX-XIX asr va xozirgi zamon mashHur me`morchiligini;
-JaHonning qadimgi va xozirgi zamon mashHur me`morchiligini;
-me`morchilikda ijod qiluvchi 10-15 me`morlarning ismi va familiyasini;
-Jaxondagi mashHur 2-3 me`morning xayoti va ijodini;
Ettinchi sinfni bitiruvchi o`quvchilar quyidagi malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirishlari lozim:
-tevarak-atrofni rang-barang shakllarga niHoyatda boy va go`zal ekanligini xis etish: tasvirlangan predmetlarning shakli, tuzilishi, rangi, o`lchovlari, fazoviy xolatini mustaqil taHlil qila olish;
-tasviriy san`at asarlarini idrok etish va ularni oddiy tarzda taHlil qilish (mazmuni, g`oyasi, ifoda vositalari);
-Har bir tasviriy san`at asarini san`atning qaysi tur va janriga xos ekanligini mustaqil aniqlay olish;
-2-3 narsadan tashkil topgan natyurmortning o`ziga qarab rasmini ishlash;
-yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva qonunlari asosida tasvirlay olish;
-mazu asosida rasm ishlash uchun qiziqarli mazmun tanlay olish;
-adabiy asarlar uchun SHarq mo``jaz rangtasviri uslubida rasm chiza olish;
-Haykaltaroshlikda odam, xayvon va narsalarning tuzilishi, shakli va ularning xarakterli xususiyatlari, o`lchovlari va o`lchov nisbatlarini ko`ra olish;
-xaykallar ishlashda xayvon va odam shakllarining xarakterli xususiyatlarini tasvirlay olish;
-loy yoki plastilin bilan odam va xayvonlarni shakl, o`lchov va o`lchov nisbatlarini xisobga olgan Holda xaykal ishlash;
-odam va xayvon xaykallarini xarakatda tasvirliy olish.
-amaliy san`at asarlarini mustaqil taHlil qila olish;
-amaliy san`at buyumlarini kuzatganda ularning turini aniqlay olish;
-amaliy san`at buyumlari eskizini ishlaganda ularning funsiyasi, shakli va bezak birligini xisobga olib tasvirlash;
-amaliy bezak ishlarida tegishli shakllarni stilizatsiyalash;
-iliq va sovuq koloritdi badiiy bezak ishlarini bajarish;
-bir necha bo`yoqlarni aralashtirib murakkab rang birikmalarini xosil qilish;
-me`morchilik binolari uchun loyixa eskizini ishlash;
-mavzuli rasmlarni rang va Havo perspektivasi asosida tasvirlash;
-qalamtasvirda narsalarning shakliga mos Holda ularni shtrixlar yordamida tasvirlash;
-bo`yoqlar bilan ranglama, qalam bilan qoralamalar ishlash
Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy meh-nat sohalarini oʻz ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar koʻpincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil boʻlayotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik, rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qoʻllaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, toʻr; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uygʻunligi av-valo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon boʻladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum koʻlami va xusu-siyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uygʻunlashtirishning zarurligi tas-viriy boʻlaklarni oʻzgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini oʻxshatib yaratishga olib keladi.19-asr 2- yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, toʻqish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov be-rishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda boʻlgan uning mod-diy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jugʻrofiy sha-roiti, xalqining mashgʻuloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qoʻshni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol oʻynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato toʻqish, moʻynadoʻzlik, kigiz bosish, gi-lamchilik va sh.k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asarlarining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan.Oʻzbekiston hududidan mezolit dav-riga oid qadimgi san’at yodgorliklari to-pilgan. Neolit davri sopol idishlari qoʻlda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qoʻl bilan chizib) tu-shirib bezatilgan. Fargʻona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri – 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Fargʻona vodiysi, Surxonda-ryo viloyati oʻtroq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo boʻyi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tas-virlar jigarrang, oq za-minga chizil-gan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yoʻl-yoʻl tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabogʻyop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 – 2-asrlar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlan-gan (Qovunchi madaniyati idish dastasi-dagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolcha-yondan topilgan taqinchoqlardagi boʻrtma tasvirlar). Ilk oʻrta asr (5 – 8-asrlar) amaliy bezak san’ati Sugʻd, Tohari-ston, Xorazm va Fargʻonadagi davlatlar madaniyati bilan bogʻliq ravishda rivoj-langan. Ganch oʻymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yogʻoch oʻymakorligi (Sur-xondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mu-jassamotlar aralashtirib berilgan, yassi boʻrtma bezaklar oʻrnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va us-lublashtirilgan oʻsimliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtiril-gan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Va-raxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyimlar shu davrda badiiy toʻqimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 – 6-alarga ovd qadimgi ajoyib kiyimlarning oʻziga xos namunalari topil-gan, bundan qadimgi fargʻonaliklar kiyi-mi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum boʻladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Fargʻona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topili-shi Oʻzbekistonda, umuman butun Turki-stonda deyarli bir vaqtda, ya’ni 5 – 6-asrlarda bu oyoq kiyimning urf boʻlganini koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxon-daryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari boʻlgan. Pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qoʻllanilib kelingan. 6 – 12-asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining oʻzgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 – 17-asrlar) yonga osib yuriladigan pi-choklarning turli xil namunalari tas-virlangan. 7 – 9-asrlarda toʻqimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. Oʻsimlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tas-viri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan.5 – 10-asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi – ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa oʻsimliklar oʻyma, boʻrtma va boshqa usullarda ishlangan. 6 – 10-asrlardan shisha idishlar koʻplab ishlandi; koʻzacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, koʻk, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, boʻrtma, bos-391ma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Koʻplab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yogʻoch va marmardan panjaralar ishlan-gan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bir qatorda gʻisht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi. 12-asrda me’morlikda oʻyma terrakota-dan, sirlangan gʻishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch oʻymakorligi, boʻyama naqshlar bilan bez-atilgan.Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 – 10-asrlar me’-moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsi-mon shakllarning turli koʻrinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi oʻrinda turgan. Girih san’ati yuksaldi. Rang-li sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab, boʻyab, ustidan sirlash usuli oʻzlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2–3 xil rangda sir dogʻlari oqizilgan idishlar ishlangan boʻlsa, 10–11-asrlarda idishning oq yoki gʻisht rang kizil za-miniga rangli angob bilan aniq naqsh mu-jassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qoʻrgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli bezakning aniq ish-lanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslu-blashtirilgan oʻsimliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tu-shirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham koʻp ishlangan. 12-asrdan koshindan noziq yupqa idishlar koʻplab ishlana boshlandi.Badiiy metall buyumlar oʻrta asr uslu-bida yaratilgan. Idishlar (koʻza, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan oʻsimliksimon naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov beril-gan. Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezaklari, oʻyib naqshlangan eshik (1397), ku-mush qadab nafis ishlangan shamdonlar oʻsha davr Ax.ning nodir namunalari-dir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va koʻzachalar) va badiiy toʻqimachilik rivojlangan. 13 – 14-asrlarda moʻgʻullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda oʻsimlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang boʻyokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan.Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ish-lab chikarilgan. Registon, Shogʻizinda, Oqsaroy kabi yirik me’moriy ansam-bllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va boʻyama naqshlar bilan, 15-asr 2- yarmidan tilla halli boʻrtma "kundal" naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, boʻyama naqshlar ish-langanligi qayd qilingan.Shayboniylar hukmronligi (1500– 1601) va Ashtarxoniylar (1601 – 1753) davrida Oʻzbekiston hududida tinim-siz urushlar boʻlib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poy-taxt – Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda – Samarqand, Toshkent, Xi-vada toʻplangan, xattotlik, kitobat san’-ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qoʻlyozmalar yaratish san’ati rivojlangan. 392Ustalar qoʻlyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq oʻsimlik va handasiy naqshlar bilan toʻldirib bezashgan. Oʻzbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, bax-mal, boʻz, shohi, olacha, parcha) va tayyor bu-yumlar (roʻmol, dasturxon, salla, belbogʻ, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18-asrlarda toʻqimachilik markazlari Buxoro, Margʻilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli soʻzanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun zardoʻzi buyumlar tayyorlangan. 18 –19-asrlarda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik san’ati yuksak darajaga koʻtarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi (qarang Qoʻqon kan-dakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak san’atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.Yozma manbalardan 18-asrda iroqi doʻppilar koʻplab tiqilgani ma’lum. 19-asr 1- yarmi va oʻrtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chaman-zorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda "abr" bezakli matolar toʻqila boshlangan.Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Fargʻona vodiysida koʻnchilik qadimdan rivojlangan. Tur-li xil koʻn mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, ba’-zilari boʻyalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qoʻyib, popuklar, qoʻngʻiroqchalar qoʻshib tikilib buyumning badiiyligi oshi-rilgan. Ayniqsa qogʻoz-hujjatlar so-lib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushi-rilib, hoshiyasiga noziq oʻsimliksimon naqshlar berib bezatilgan.18–19-asrlar zargarlari qadimgi zargarlik san’ati an’analarini davom etti-rishdi. Yozma manbalarga koʻra 18-asr zar-garlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolgʻalab (zarb berib), hallab oʻyib, boʻrttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan.19-asr oʻrtalarida Rishton qishlogʻi qu-lollari elga mashhur boʻldi. Shu davrda Abdujalil, Toʻxta, Abdulla kabi ustalar ishlab oʻziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga koʻk boʻyoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti do-ira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat boʻlib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan toʻldirilgan. Toʻrsimon hoshiya naqshlar orasiga an’anaviy koʻzchalar qoʻyilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, Gʻijduvon, Kattaqoʻrgʻon, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari oʻziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan.20-asr boshlarida Oʻzbekiston amaliy bezak san’ati qadimgi an’analarga asoslan-gan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Fargʻona an’anaviy toʻqimachilik san’ati oʻrganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yi-rik gulli matolaridan bino ichini bez-aydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ish-lab chiqarildi. An’anaviy chitgarlik (A. Abdugʻafurov, K. Qoʻziyev, Gʻ. Qoʻziyev), gi-lamchilik va palos toʻqish (G. Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bez-393aklar berish rasm boʻldi. 19-asr an’analarini kashtachi K. Musajonov, opasin-gil Rajabovalar (Chust "tus" doʻppilari, Shahrisabz "iroqi"larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Is-moilov va boshqa davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalash-tirilsa ham qadimgi an’anaviy usullarda ishlandi. 30- yillar oʻrtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Toshkent toʻqimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Margʻilon shoyi toʻqish kombinati sun’iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60–70- yillarda Margʻilon "Atlas" birlashmasi, Naman-gan shoyi toʻqish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirgʻa va mayda gulli "terma" paloslar (T. Joʻrayev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardoʻzi doʻppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolya-rov), soʻzana, palak, gulkoʻrpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an’-anaviy sopol ushpulaklar (U. Joʻraqulov, H. Rahimova) qatori begʻubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yara-tildi.Ac. soʻnggi 80 – 90- yillar ichida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini oʻz ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar, badiiy ma-tolar) va mahalliy (sopol, yogʻoch buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardoʻzlik va boshqalar) sanoatni oʻz ichiga olgan badiiy sanoat; koʻrgazma, interer va manzara-li kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san’atida an’anaviy boʻlmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bogʻliq malakali yakka tartib-dagi mualliflik bezak san’ati.Xalq A.S.ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta ti-klash va taraqkiy ettirishda "Us to" birlashmasi (1978) muhim rol oʻynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san’ati, zardoʻzlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy toʻqimachilik, nosqovoq, toʻqima roʻzgʻor buyumlari, chinni, shisha buyumlar tay-yorlash va boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch oʻymakorligini me’moriy bez-aklarda qoʻllash bu toʻrning barcha makta-blari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab an’analarini uygʻunlashtirib, oʻta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mu-jassamotiga kiritmoqda. Badiiy hayotda roʻy berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy boʻlmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy toʻqimachilik, chinni, shisha, kulollik bu-yumlari koʻrgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish vosi-tasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy boʻlmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari koʻrgazmalarda namoyish etilmoqda. 70-yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar doʻstligi saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metro-politeni bekatlari va boshqa Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi As.ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san’atlar maktablarining noyob an’analarini avaylab asrash, oʻrganish, boyitib borish, millim tasviriy, ama-liy, miniatyura san’atining nodir dur-donalarini dunyoga olib chiqish va targʻib qilish, nafis san’atlar sohasidagi il-miy izlanishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997-yil 23-yanvar qarori). "Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni dav-lat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tad-394birlari toʻgʻrisida"gi (1997-yil 31-mart) qarori milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy sanʼatning ahamiyatini oshirish, qoʻlda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va oʻziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan ma-dad koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an’anaviy Amaliy sanʼatning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navroʻzda oʻtkaziladigan Amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmasida namoyon boʻlmoqda. Amaliy sanʼatning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar oʻrtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼatning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy us-lublar almashinuvi san’atning boshqa turlari bilan bogʻliq ravishda davom etadi.Akbar Hakimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |