1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo'y miya qurti (Multiceps muiticeps). Kalta, ya'ni pakana zanjirsimon chuvalchang



Download 1,71 Mb.
bet12/15
Sana11.10.2022
Hajmi1,71 Mb.
#852386
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Isaqov Murodil parazitalogiya mustaqil ishi

43-rаsm. Mоniеziyalаr(Moniezia sp.)ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi.

Moniyeziyalar moniyezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa yosh mollarni, ya'ni 1,5-8 oylik qo'zi, uloq va buzoqlarni ko'p zararlaydi. Masalan, bir yoshli qo'ylar bu kasallik bilan 59 % gacha, birdan ikki yosligachasi 31 % gacha va katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan.


Kаsаllаngаn hаyvоnlаrdа hоlsizlаnish, ich kеtish, ахlаtidа shilliq vа pаrаzitning yetilgаn bo’g’imlаri ko’zgа tаshlаnаdi. Kаsаllаngаn qo’zilаr оriqlаydi, rivоjlаnishdаn оrqаdа qоlаdi, bа’zаn o’limgа hаm оlib kеlаdi. Bu kаsаllikkа qаrshi kurаsh - dеgеlmintizаsiya vа prоfilаktikа chоrа-tаdbirlаridаn ibоrаt. Moniyeziozga qarshi chorva mollarda fenasal, fenadek, panakur, filiksan, bitionol, dixlorofen va boshqa preparatlar qo'llaniladi.
Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitellinalar (Avitellina centripunctata) ham asosan qo'y va echkilar hamda ularning yovvoyi vakillari ingichka ichagida parazitlik qiladi. Anoplosefalidalardan - Anoplocephala magna, Anoplocephala perfoliata va Paranoplocephala mamillana kabi turlari esa ot, eshak, qulon va zebralarda parazitlik qiladi.
Yuqorida keltirilgan tasmasimon chuvalchanglarning ham rivojlanish jarayoni xuddi monieziyalarnikiga o’xshash, ya’ni ularning ham oraliq xo’jayinlari sovutli tuproq kanalari hisoblanadi.
Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, bitionol, kamala va boshqa preparatlarni qo'llash mumkin.
G’oz va o’rdaklar drepanidoteniyasi (Drepanidotaenia lanceolata). G’oz va o’rdaklarda uchraydigan 12 tur sestodalar ichida drepanidoteniya juda ko’n tarqalgan. Gelmint g’oz va o’rdaklarning ingichka ichaklarida parazitlik qiladi. O’rdak na g’oz jujalari bu kasallikdan ko’pincha nobud bo’ladi.
Drepanidoteniyalarning uzunligi 115-230 mm, eni esa 11,5 mm bo’lib, rangi oq va sarg’ish. Uning uncha katta bo’lmagan nok shaklidagi skoleksi (boshchasi) to’rtta so’rg’ichli, xartumi esa 0,30-0,35 mm uzunlikdagi ilmoqchalar bilan qurollangan, bo’yni kaltagina. Bo’ginlarining eni uzupligige nisbatan bir necha marta katta. Jinsiy teshigi bo’g’inining bir tomonidan ochiladi. Ikki bo’lakdan iborat tuxumdoni va uning pastki tomonidagi oval shaklidagi sariqlik moddalari bo’ginining o’ng yoki chap tomonida joylashgan.
Parazitning urug’doni uchta bo’lib, hammasi bir qatorda, bo’ginning o’ng tomonida joylashadi. Oval shaklidagi tuxumlarining uzunligi 0,046-0,106 mm va eni 0,016-0,021 mm. Onkosferasi ham oval shaklida, uzunligi 0,020-0,030 mm, uning uch juft embrional ilmoqlari bo’ladi (44-rasm).
Drepanidoteniya 9 turdagi sikloplar ishtirokida rivojlanadi. G’oz va o’rdaklarning ingichka ichagidagi jinsiy voyaga yetgan sestodalarning tuxum bilan to’lgan bo’g’inlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga ajralib chiqib turadi. Drepanidoteniya bo’g’inlarining po’sti parrandalarning ichagida yoki tashqi muhitda parchalanib, ichidagi tuxumlari tashqi muhitga tushadi va uni sikloplar yutib yuboradi. Sikloplarning ichaklarida tuxumlarning po’stloq qavati hazm bo’lib, undan onkosfera ajralib chiqadi va taxminan 6-7 soatdan keyin siklop tanasiga kirib rivojlana boshlaydi. Onkosferaning invazion lichinkasi-sistitserkoid davrigacha rivojlanishi 10-30 kun davom etadi. Sistitserkoidi bo’lgan sikloplarni g’oz va o’rdaklar yutgandan keyin ularning oshqozonida parchalanadi. Sistitserkoid esa to’rtta so’rg’ichi bilan ichak shiliq pardasiga yopishib olib, 15-19 sutkada jinsiy voyaga yetgan sestodaga aylanadi. Keyin drepanidoteniya yetilgan tuxum bilan to’lgan bo’ginlarini tezak bilan chiqara boshlaydi.
Drepanidotenioz asosan ikki haftadan 5 oylikkacha bo’lgan yosh o’rdak va g’oz jo’jalarining kasalligi bo’lib, ular qishlab chiqqan invazion sikloplarni yutib kasallikni yuqtiradi. Parazitning ayrim oraliq xo’jayinlari bir yilgacha yashaydi va u bilan invazion sistitserkoidlar ham saqlanib qoladi.
Sikloplar tanasida invazion sistitserkoid 11-30 sutkada yetiladi. Shuning uchun g’oz va o’rdaklar hovuzga haydalgandan keyin 12 kun o’tgach jo’jalari kasallana boshlaydi.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish