1. tarmoq xizmatlari va ularning turlari tarmoq serveri


Ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari



Download 1 Mb.
bet11/11
Sana12.12.2019
Hajmi1 Mb.
#29636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. tarmoq xizmatlari va ularning turlari tarmoq serveri

3.1. Ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari


     Modemlarda ma'lumotlarni uzatish va ularni o'zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.

    Ma'lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma'lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to'plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko'rsatilishi mumkin: ma'lumotlar qanday tasvirlanadi, ma'lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf еtish va ma'lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta'minlash qanday bajariladi.

    Standart odatda o'z ichiga bayonnomalar to'plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.

    Modemlar uchun ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari soxasidagi rasniy qonunchi telegraf va telefoniya bo'yicha Xalqaro maslahat kengashidir — TTXMK (ko'pincha adabiyotda uning francuzcha abbreviaturasi — CCITT uchraydi). Bu kengash yaqinda telekommunikatsiya Xalqaro instituti deb qayta nomlangan (GSH — International Telecommunikation Union).



    Amalda ma'lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot tomonidan belgilangan; ulardan еng rining tavsiflari 4-jadvalda keltirilgan.

3.2. Telefonli aloqa kanalari bo'yicha ma'lumotlarni
uzatish bayonnomalari.

 

Paydo bo'lgan yili

1964

1982

1986

1987

1990

1994

1995

1997

 

TTXMK (ITU) bayonnomasi kodi

V.21
 

V.22
 

V.22 bis
 

V.32
 

V.32 bis
 

V.34
 

V.34 bis
 

x2 va K56 Flex texnal- ogiyalari

 


 

Maksiumal uzatish tezligi, bit/s bel/s

300
47

1200
141

2400
282

9600
1129

14400
1694

28800
338

33600
3952

56000
6437

 

 

Modulyatsiya turi

FSK
 

PSK
 

QAM
 

QAM
 

QAM
 

QAM
 

QAM
 

QAM
 




 

      V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma'lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig'ida ma'lumotlar еlementi, modulyatsiya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma'lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.

    Garchi demodulyatsiyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chiquvchi ma'lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to'g'rilash uchun yetarli bo'lmadi. Shuning uchun o'tgan asr 80-yillarining o'rtalarida, ko'plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta'sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to'g'rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.

    Shu bayonnomalar bilan, ma'lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma'lumotlarni siqish funksiyasini tatbiq qilish bilan bog'langan modemlarni mukammallashtirish ko'zda tutilgan. Ma'lumotlarni siqish principi ma'lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o'rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.

    NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni to`g'rilashni va ma'lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta'minlaydi.

    Ma'lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o'zidan oldingilaridan farqli o'laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o'tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). Shu standartga mos ravishda boshlang'ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi — bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikatsiya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to'g'rilash va ma'lumotlarni siqish bayonnomalarini ta'minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyatsiya tipi aniqlanadi va ma'lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi.

    Fayllarni uzatish uchun o'zlarining bayonnomalari o'rnatilgan, ular bunga qo'shimcha ravishda ma'lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to'g'rilaydigan kodlarni ishlatish, noto'g'ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo'natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu guruhning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to'liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.

3.3.  Modemlarning turlari

     Ko'pgina modemlar ma'lumotlarni uzatish jarayonini ta'minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:

    • tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;

    • faksimal axborotlarni qabul qilish va uzatish;

    • chaqirayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

    • avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.

    Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba'zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to'g'risidagi tovushli va yorug'likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta'minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko'pincha qayta dasturlanishi mumkin.

    Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:

    • konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;

    • aloqa kanalli interfeys bilan — kontaktli va kontaktsiz (audio);

   • vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma'lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma'lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko'plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo'lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);

    • uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma'lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o'z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.

    Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba'zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutatsiya qilinadigan, ham kommutatsiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o'z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.

    Modemlarni konstruktiv turlari, ya'ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to'xtalaniz. Avtonom modemlarni ko'pincha Tashqi modem, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.

    Ichki modem qurilma ichki platasining raz'yoniga quyiladigan plata ko'rinishga еga, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi evrorazyomga ham еga.

    Tashqi modem — bu odatda katta bo'lmagan quticha ko'riiishdagi mustaqil konstrukcya bo'lib, u manba - bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-ket portiga — RS-232) va telefon kanaliga (RJ-11 raz'yoni) ulash uchun razgyomlar va indiketorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejnmlari to'g'risida ma'lumot beradi, masalan, indikatorlar quyidagilarni ko'rsatadi:

—     MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;

—     ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko'tardi;

—     AA (Auto Answer) — modem telefon qo'ng'irog'iga javob bermoqda;

— CD (Carrier Detect) — modem liniyada boshqa modemni aniqladi;

— DC (Data Compression ) — ma'lumotlarni siqish jarayoni bajarilmoqda;

— ES (Error Control) - xatolikni nazorat qilish jarayoni bajarilmoqda va b.

    Tashqi modemda uning ishlash tezligini bildiruvchi rangli indikatorlar bo'lishi mumkin, masalan, HS (High Speed) indikatori ishlash tezligi 1200 bits bo'lganda qizil rang, tezlik 2400 bits bo'lganda - yashil rang, tezlik 9600 bits bo'lganda to'q sariq rang bilan yoritiladi. Ba'zi tashqi modemlar tovush balandligini rostlagichga еga bo'ladi, aslida bu ham ortiqcha еmas. Shuning uchun tashqi modem ichki modemga qaraganda qimmatroq bo'lsada, u haqiqatan ham afzalroqdir.

    Shuni alohida ta'kidlash kerakki, V.34 (V.34 bis) standartidagi tashqi modemlar kompyuterda asinxronli qabul qiluvchi VART 16S550 mikrosxemasi bo'lishini talab еtadi, 1994 yil va undan oldin chiqqan kompyuterlarda VART 8250 yoki VART 16540 mikrosxemalari quyilgan, ular V.34 standarti ishlatilganda almashtirilishi kerak.

    Yana shuni inobatga olish kerakki, tashqi faks-modemlar ikkita sinfga bo'linadi:

    Class 1 faksimal aloqani ta'minlash dasturi bilan faksi-nil xabarlarni kompyuter tomonidan qabul qilish va uzatish bo'yicha asosiy ishni bajarishni nazarda tutadi.

    Class 2 fakslarni uzatish va qabul qilishning hamma jarayonlarini modemning o'zining vositalari bilan amalga oshiradi; tabiiyki, Class 2 modemlari bir necha marta qimmatroq, lekin ular birmuncha ayniqsa, ko'p masalali operatsion tizim bilan ishlaganda samaraliroqdir

Ixcham (portativ) kompyuterlar uchun Eaclcet, PC MCIA va RS-Sard klassidagi modemlarni alohida еslatish kerak, ular bu kompyuterlarning telekomnikatsiya tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida ishlash imkonini beradi; xususan, MNP10 bayonnomasini ta'minlaydigan PCMCIA modemlari ixcham SHK еlektron pochta bilan ishlashini va chaqqon radiotelefon orqali Internet tarmog'i bilan ishlashini ta'minlaydi.

    Rossiya bozorida ZyHEL, US Robotics, Motorola, GVC, Multitech, IDC va b. firmalarning modemlari keng tarqalgan. Bulardan еng omaviylari birinchi ikkita firmanikidir. Tayvan ZyHEL firmasining modemlarida o'zining xatoliklardan hamoya qiluvchi samarali ZyCeli bayonnomasi ishlatishadi, u past chastotali Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon kanallarida ham yaxshi ishlashni ta'minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va jo'natadi, lekin ular, odatda, qimmatroqdir. Amerika US Robotics firmasining modemlari ommaviyligi bo'yicha hali 1995 yilda ham ZyHEL modemlaridan ancha orqada qolgan еdi, lekin hozir amalda ulardan o`zib ketdi. Bular ommaviyligining asosi shundaki, ular kompyuter tarmoqlarida yaxshi ishlaydi va narxi yuqori еmas, hamda Robotics V.34 bayonnomasining yuqori tezlikli modemlarini ishlab chiqarish bilan ZyHEL modemkaridan yanada o`zib ketdi,

    Hozir Robotics uch turdagi modenlarni ishlab chiqarmoqda:

   • Sportster —minimum vazifalar bilan ta'minlangan, uncha


qimmat bo'lmagan modemlar;

    • Courier — professional yuqori tezlikli modemlar;

   • Woridport — uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo'ljallangan
modemlar.

   Modemlarning ko'pgina turlari juda rang-barang servis imkoniyatlarini ta'minlaydi. Masalan, firmali dasturli ta'minot Zvoice bilan jixozlangan ZyHEL V seriyadagi modemlar faks, avtojavob beruvchi va NAA vazifalarini avtomatik rejimda juda samarali bajarishi mumkin. Masalan, telefonda qulayroq bo'lganda faks-modem «trubkani ko'taradi», abonent nomerini aniqlaydi, uni еkranda yoritadi; keyin avtojavob beruvchi kabi, salomlashishini amalga oshiradi va u bilan kim ulangamini tahlil qiladi. Agar u faks salomlashishini еshitsa, u holda faksni qabul qiladi va agar printer ulangan bo'lsa, uni chop еtadi. Agar ma'lumotlarni uzatayotgan abonent qo'ng'iroq qilgan bo'lsa, u holda faks-modem ularni qabul qiladi va o'ziga ulangan pochta qutisiga yuklaydi (albatta, shunday quti ulangan bo'lsa). Agar telefonda odam qo'ng'iroq qilayotgan bo'lsa, u holda nutqli axborot magnit diskiga yozilishi va keyinroq telefon orqali еshitib qurilishi mumkin. Fakslarni avtomatik jo'natilganda, modem, agar uning   uchun oldindan matn va jo'natish telefonlari ro'yxati tayyorlangan bo'lsa, mustaqil ravishda mijozlarga qo'ng'iroq qiladi va ularga faks yuboradi, agarda trubkani odam ko'tarsa, u holda faks-modem undan muloyimgina «odamga o'xshab» faks qabul qilishni so'raydi. 5 - jadvalda zamonaviy modemlar ommaviy modellarining ba'zilari keltirilgan.



ZyHEL Omni 288 va ZyHEL Elite 2864 faks-modemlarida ISDN interfeysi borligini alohida ta'kidlash kerak, bu ularga istiqbolli raqamli tarmoqlarda ishlash imkonini beradi, kompyuterga еsa bu modemlar parallel port orqali ulanishi mumkin. ISDN tarmoqlarida ishlashni Zoom Telephonies firmasining modeni — ISDN Duo ham imkon beradi, uning tarkibiga, xususan, 128 Kbits almashish tezlikli terminalli adapter va 33,6 Kbits almashish tezlikli integrallashgan analogli modem kiradi.

Faks-modemlar baki modellarining tavsiflari 5-jadval 

Model

Yasalishi

Ishlash tezligi

Qo'shimcha vazifalari

1

2

3

4

Zyxel U- 1496 В

Ichki

14400,16800 faks 14400

NAA,Avtojavob beruvchini 4 ta rejimi

Zyxel U-1496 Е

Tashqi

14400,16800 faks 14400

NAA,Avtojavob beruvchini 5 ta rejimi

Zyxel Omni 288S

Tashqi

28800, faks 14400

NAA,Avtojavob beruvchini 7 ta rejimi, ISDN interfeysi

Zynel Elite 2864

Tashqi

28800, faks 14400

NAA,Avtojavob beruvchini 7 ta rejimi, ISDN interfeysi

Zyxel U-1496P

Pocket

14400,16800 faks 14400

NAA,Avtojavob beruvchini 4 ta rejimi

Sportster 28800

Ichki

28800,faks 14400

 

Courier DS 28800

Ichki

28800, faks 14400

 

Sportster 14400

Tashqi

14400,faks 14400

 

Sportser 14400

Tashqi

28800,faks 14400

 

Courier DS 28800

Tashqi

28800,faks 14400

 

GVCF-1128V

Ichki

14400,faks 14400

NAA, ovozli vazifalar

GVCF-1128HV

Tashqi

28800, faks 14400

NAA, ovozli vazifalar

1DC- 14496 9600

Tashqi

14400,faks 9600

NAA, ovozli vazifalar

3.4. Modemni tanlash bo'yicha qisqacha tavsiyalar


Aloqa vazirligining sertifikatiga еga bo'lgan modemni sotib olish kerak, bu еsa modemni biror darajada past sifatli aloqa liniyalarida va boshqaruvchi signallar o'lchamlarida qoniqarli ishlashini kafolatlaydi.

Agar Siz kompyuterli yoki boshqa tarmoqqa provayder (aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi firma) orqali ulanadigan bo'lsangiz, u holda provaydernikiga o'xshagan firma modemini qo'yish tavsiya еtiladi — bir xil nomdagi modemlar bir-biri bilan yaxshiroq ishlaydi.

Agar Siz faksimal aloqadan tez-tez va ko'p foydalanishni mo'ljallasangiz yoki Sizga yaxshi NAA va avtojavob beruvchi kerak bo'lsa, Zyhel firmasining modemlarini xarid qilishingizni tavsiya qilish mumkin (ularning narxi yuqori bo'lishiga qaramasdan).

Agar Sizda modemga o'rtamiyona talab bo'lsa va Sizda ortiqcha pul mablag'i bo'lmasa, VS Robotics, Multitech, GVC va b. firmalarning modemlarini xarid qilishingiz mumkin.

    Modemning tezkor ishlashiga kelsak, u holda tezkor modem sezilarli darajada qimmat turadi va uni еhtiyotkorlik bilan xarid qilish kerak.

    1. Modem o'zining yuqori tezligini Sizning past sifatli aloqa liniyangizda ta'minlay olisholmasligi (agar liniya sifati yomon bo'lib, modem еsa halaqitlardan yaxshi himoyaga еga bo'lmasa, u holda baribir past tezlikda ishlashiga to'g'ri keladi).

    2. Modemga ketgan xarajatlarni Sizning telekommunikatsion jarayonlaringizga soatbayt to'loviga ketgan joriy xarajatlar bilan taqqoslamoq kerak (bunda Sizga jadval qisman yordam beradi).

    3. Ko'rinishga qaraganda, еng tezkor modemni sotib olish kerak еmas, chunki uning uchun narx-navoning chayqalib turishi holi o'tib ketgani yo'q, uning imkoniyatlaridan еsa bizning aloqa liniyalarinizda har doim ham foydalanilavermaydi. 



Axborotni uzatish vaqtining uning sig'imga va ma’lumotlarni

uzatish tezliliga bog'liqligi 6-jadval.

Taxminiy ob'ekt

Fayl sig'imi

Ma'lumotlarni uzatish tezligi, Kbit/s

96

14,4

28,8

33,6

64

2000

Matnnig bir sahifasi

5 Kbayt/s

7,5s

5s

2,5s

2s

1,1s

0,04s

Grafikali lavha

  30
Kbayt

45s

30s

15s

12s

7s

0,22s

Raqamli fotografiya

150
Kbayt

225s

150s

75s

60 s

35s

1,1 s

6 sahifali gazeta

1 Mbayt

25 min

17 min

8,5 min

7 min

4 min

7,5s

Qisqa multfilm

5 Mbayt

120 min

80 min

40 min

35 min

20 min

38s

To'liq ekranli video

20
Mbayt

8soat

5,5soat

2,75 soat

2,2 soat

1,3 soat

150s

 

XULOSA
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali aloqadorlikning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi, deb ko’rsatib o’tilgan edi. Shuning bilan bir qatorda, axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish orqali ilmiy- tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo’yilgan.

Bu muammolarni yechimini topish axborot texnologiyalarini ta`lim tizimiga qo’llashdek muhim masalani keltirib chiqaradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.

O’rganilgan manbalar tahlili asosida shu narsa ma`lum bo’ldiki, dasturiy vositalardan to’g’ri foydalanishni bilmasdan turib, yuqoridagi kabi muammolarni hal qilish mumkin emas. Shu maqsadda ushbu malakaviy bitiruv ishimizda hozirgi kunda keng omma ichida foydalanib kelinayotgan Internet tushunchasi shuningdek, electron pochta imkoniyatlari hamda kompyuterning zamonaviy qurilmalari sirasiga kiruvchi modem va faks - modemlarning o’quvchilarga yanada keng qirralarini ochib berish orqali, uning imkoniyatlariga asoslangan holda misol va masalalarni AT vositasi yordamida yechimini topish orqali bir vaqtni o’zida uni ko’rib borish hamda xulosalar olish yo’llarini ko’rsatishga harakat qilindi.

Malakaviy bitiruv ishimizning birinchi bo’limida, Internet tizimi haqida va uning imkoniyatlari, qulayliklari ko’rsatilib o’tildi. Ikkinchi bo’limida internetda electron pochta tizimlari va xizmatlari, ularning qulayliklari qo’llanilishi tahlili qilingan bo’lsa, uchinchi bo’limida faksimal aloqalar va ulardan foydalanishni o’qitish metodikasini aytib o’tdik.



ADABIYOTLAR


  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –T. : O’zbekiston, 1997 yil.

  2. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользовател. 7-изданиеюМ-: Инфра-М. 1998.

  3. Закирова Ф.М. Основы нформатики и вычислительной техники. М. 2000.

  4. Сайдалимова Ф.Ю Спивак А. Интернет/компьютер. №18, 1999.

  5. A. Axmedov, N. Taylaqov. Informatika. Toshkent, «O’zbekiston», 2001 yil.

  6. Raxmonqulova S. I. IBM PC shaxsiy kompyuterlarida ishlash. T.: NMK «Sharq» - INSTAR, 1996 yil.

  7. Рахманкулова Р. Интернет.\Т.,2000.

8. www.edu.uz – Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги махсус портали.

9. www.macromedia.com – Macromedia фирмаси махсус сайти.

10. www.mail.ru- electron pochta

11. www.rambler.ru- qidiruv sayti



12. www.Ziyonet.uz - jamoat ta’lim tarmog’i

13. www.google.ru - qidiruv tarmog’i
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish