«Fergantrop» ya’ni Farg‘ona odami deb atadilar. Surxandaryo viloyati Boysun tumani Teshiktosh goridan neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan deb taxmin qilinadi».
Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug‘i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug‘i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. Shu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo‘g‘ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug‘ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O‘q-yoy mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo‘lgan va insoniyat tarixida katta o‘rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |