1. Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari. Tarix. Tarix falsafasining shakllanish tarixi. Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari



Download 32,24 Kb.
bet1/3
Sana05.11.2022
Hajmi32,24 Kb.
#861080
  1   2   3

1-mavzu: TARIX FALSAFASI FAN SIFATIDA. MAQSADLAR VA VAZIFALAR
Reja
1. Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari.
2. Tarix.
3. Tarix falsafasining shakllanish tarixi.


Tarix falsafasining maqsadi va vazifalari.
Tarixning ilmiy jixatdan taxlil qilish uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy – siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va manaviy muhitini baholash har bir davr kishilari ruhiyati, manaviy ahloqiy mezonlari voqea hodisalarga munosabatini o’rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining mazmunini belgilaydi.
Tarixiy jarayonlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi yoki istoriosofiya shug’ullanadi. Tarix falsafasi tushunchasini ilk bor Volter qo’llagan. Volter tadbiq etgan bo’lsa-da, u amalda antik davrga borib taqaladi – deyiladi1.
U mustaqil falsafiy fan sifatida o’zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik yondashuvlariga ega. Nemis marifatparvari Iogan Gotfrid Gerder (1744 – 1803) o’zining “Insoniyat tarixi falsafasiga doir g’oyalar”(1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o’z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jarayonning birligi g’oyasini ilgari surdi. Jahon tarixiy jarayonini aynan shu tarzda anglashni u tarix falsafasining predmeti sifatida qaragan.xozirgi davrga kelib,tarix falsafasi yoki istoriosofik bilimlar (jamiyat tarixining nazariy masalalari)tuzimida uchta asosiy yo’nalish ajratib ko’rsatilmoqda. Bular: tarixiy jarayonni umumlashtirish (alohida “tarixlarni” yagona jaxon tarixiga jamlash), tarixning manosini axtarib topish va tarixiy bilish metodalogiyasini yaratishdan iborat.
Tarix falsafasining tarixiy xotira,tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari,tarix fani tushunchasining mazmun mohiyati,tarix haqiqati va hayot haqiqati,inson va insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini o’rganish orqali umuminsoniy va dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog’liq jixatlarini tadqiq etish, ko’plab savollarga javob topish mumkin.
Tarix.
Zamonaviy tarix fanining aloxida bo’lim va tarmoqlari yordamchi va masus tarix fanlari, bilamizki, insoniyat bir necha ming yillik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonini tarix fani o’rganadi. Biz tarix so’ziga bir qancha tariflarni keltirishimiz mumkin.
- Tarix yunoncha historian so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqealar haqida hikoyalar,bo’lib o’tgan hodisalar degan manoni anglatadi.
Tarix, vaqt, davr, zamon, axtarish, qidirish, topish, tekshirish, tekshirganlarni o’rganish va o’rganganlarni hikoya qilish degani.
- Tarix – asrlar shohidi, haqiqat mashali,qalb xotirasi, hayot muallimidir.
- Tarix – tabiat va jamiyatning har bir taraqqiyot jarayonining kishilik jamiyatini xar taraflama o’rganuvchi fan hisoblanadi.
- Tarix – yunoncha so’z bo’lib, tadqiqot, hikoya manolarini bildiradi.
- Tarix insoniyat o’tmishi rivojlanishining va xilma – xilligini o’rganib, uning hozirgi va kelajak istiqbolini aniq tushinish maqsadidagi fandir.
Tarixning subekti inson sanaladi.
-Tarix o’tmishning ko’zgusi, kelajakning ustozi hamma fanlarning xam o’ziga xos bo’limlari tarmoqlari, yordamchi va maxsus fanlardan iborat bo’lgani kabi zamonaviy tarix fanida xam bo’lim va tarmoqlari, yordamchi va maxsus tarix fanlaridan iborat.
Tarixning alohida bo’lim va tarmoqlarida tarixchilar jamiyat tarixini butun jaxon tarixi asosida qismlarga ajratib o’rganadilar. Bunda umumjahon tarixi. Ibtidoiy jamoa tarixi, qadimgi tarix,o’rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga bo’linadi. Ularni ham alohida tarmoqlarga bo’lishimiz mumkin. Masalan, O’rta asrlarni ilk va so’nggi o’rta asrlarga va xakozo.
Insoniyat tarixining alohida jihatlarini o’rganish tarix fanining o’ziga xos tarmoqlarini yuzaga keltirgan. Masalan Qadimgi Yunoniston tarixi, Qadimgi Rim tarixi, Qadimgi Hindiston tarixi, Qadimgi Xitoy tarixi va hokozolar.
Tarix fanining xam o’ziga xos yordamchi tarix fanlari mavjud bo’lib, ularga manbashunoslik diplomatika, xronologiya, metrologiya, geraldika, numizmatika, geneologiya, sfragistika va xokozolarni kiritishimiz mumkin.
Maxsus tarix fanlariga arxeologiyava etnografiyani kiritishimiz mumkin. Ular tarix fanining asosiy qismi hisoblanadi. Eng qadimgi odamlar tarixini va ularga tegishli ashyoviy manbalar asosida o’rganuvchi fan arxeologiya deb ataladi. Bu fan jamiyat tarixini moddiy ashyolar va yodigorliklar asosida yorganib, shuningdek qadimgi buyumlar (masalan, mehnat va ov qurollari, ro’zg’or buyum idishlari, taqinchoqlar asosida) va yirik komplekslar (masalan, mozorlar, yodigorliklar va hokazolar) asosida arxeologik qazish ishlarini olib borib, moddiy tarixga oid ashyolarni o’rganadi.
Etnografiya – elshunoslik, xalqlar tarixiga oid fan tarmog’i hisoblanib, xalqlarning kelib chiqishini, tarqalishini, urf-odatlarini, o’zaro madaniy-tarixiy munosabatlarini o’rganadi.
Tarix falsafasining shakllanish tarixi.
Taraqqiyot bevosita tarix falsafasi hisoblanadi. Tarix falsafasi Geradot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi tadqiqotlardan boshlanadi.
Tarixni falsafiy anglash jiddiy tadrijiy rivojlanishni kechirdi. Qadimgi sharqda tarix tabiatdagi narsalarning va yil fasllarining almashinuvi kabi abadiy o’z holiga qaytish jarayoni sifatida talqin etilgan.masalan, Qadimgi Hind falsafasi hayotning harakati abadiy shaklda borishi (sansara) talimoti va u bilan bog’liq kishilarning u yoki bu qilmishlari uchun beriladigan mukofotning muqarrarligi sifatida karma qonunining mavjudligi haqidagi g’oyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi Yunonistonda, xususan Geraklit talimotida ananaviy shaklda tarixning davriy paradigmasi birinchi bor o’z ifodasini topdi. Unga ko’ra tarix aylanma shaklda harakat qilib, doimo o’zining dastlabki holatiga qaytadi. O’rta asrlarda tarixga diniy, teologik qarash hukmron edi. Tarixiy jarayonning ibtidosi sifatida olamning xudo tomonidan yaratilishi g’oyasi qabul qilinib, tarixni xarakatga keltiruvchi asosiy kuch ilohiy abadiy vujud hisoblangan.
Marifatparvarlik davridan boshlab tarix dinamikasi-ning sababini tashkil etuvchi asosiy qonun sifatida taraqqiyot g’oyasidan faol foydalana boshladi. Frantsuz marifatparvarlari Didro, Volter, Dalamber va boshqalar taraqqiyot yo’nalishining namoyandalari edi. Jan Antuan Konderos (1743- 1794)bu talimotni har tomonlama ishlab chiqishga harakat qildi. Uning fikricha, “inson qobiliyatlar rivojining chegarasi yo’q, shuning uchun “tarix hech qachon orqaga qaytmaydi”.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida tarix falsafasi aksariyat hollarda rivojlanish tarixi edi. Uning eng yuqori cho’qqisini Gegelning rivojlanish nazariyasi tashkil etdi.
Gegel to’g’ridan to’g’ri dunyoviy aql – zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat hatti – harakati va aql idroki uyug’unligi asosida vujudga kelgan, ong va tafakkur hukumron bo’lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. O’z falsafa maktabini ana shu g’oya asosida quradi.
XIXasrning 40-yillarida jamiyat va uning rivojlanish tarixiga materialistik qarashni tarixiy materializm, deb nomlandi. Bunda tarixning rivojlanishiga tabiiy – tarixiy qonuniy jarayon sifatida qaralib, uning asosini topadi va antogonistik jamiyatda sinfiy kurash orqali namoyon bo’ladi. Gegel va Marks tarix falsafasining umumiy xususiyati shundaki, ular tarixga inson ongi va irodasidan tamomila mustaqil mavjud faqat olg’a qarab rivojlanuvchi qonuniy jarayon sifatida qaraganlar.
XX asrning ikkinchi yarimidan tarix falsafasining ananaviy muammolari muayyan ijtimoiy fanlar tasarrufiga o’ta boshladi. Shu munosabat bilan pozitivizm tarix falsafasining intihosi va uning sotsiologiya bilan almashganini elon qildi. Ayni shu davrda Shpengler, Toynbi, P. Sarokin va boshqalarning ijodlarida tarix rivojiga davriy yondoshuvning yangi variantlari ham paydo bo’la boshladi.
Tarix falsafasining rivojlanish jarayonida vujudga kelgan yondoshuvlar.
Monistik va plyuralistik yondoshuvlar.
Tarix falsafasining rivojlanishi jarayonida tarixiy bilishga bir qator metodologik yondashuvlar vujudga keldi. Ularning ichida monistik va plyuralistik; chiziqli va davriy; farmatsion va tsvilizatsion kontseptsiya kabi dixotomik qarashlarni keltirish mumkin. Monistik yondashuv doirasiga marksistik talimot va postindustrial jamiyat nazariyalarini kiritish mumkin. Formatsion talimot ijtimoiy rivojlanishning ustuvor omili deb ishlab chiqarish usulini tan oladi va shu tamoyil asosida insoniyat tarixi rivojini muqarrar, birining o’rnini boshqasi egallamay-digan besh asosiy formatsiyalar (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, Feodalizm, kapitalizm va komunnizm) ga ajratadi. Ikkinchi talimotni post industrial jamiyat kontseptsiyasi texnikani insoniyat tarixining asosiy omili, deb hisoblaydi va jamiyat tarixini birining o’rnini keyingisi egallaydigan 3 ta bosqichga bo’ladi, bular: an’anaviy (sanoatlashgungacha), sanoatlashgan va postsanoat-lashgan (informatsion) jamiyatlar. Plyuralistik yondashuv insoniyat tarixining birligini inkor etib, o’zaro teng qadrli tarixiy tuzilmalarni tsvilizatsiyalarning mavjudligini tan oladi, shu asosda insoniyat tarixi rivojlanishining yagona taraqqiyot jarayoni ekanligini inkor etadi.
Chiziqli va davriy yondashuvlar.
Chiziqli (yoki progressistik-taraqqiyotparvarlik) yonda-shuv namoyandalari tarixiy rivoji dinamikasining asosini tashkil etuvchi umumiy qonun sifatida qabul qiladilar. Bunda muayyan mezonlarga binoan insonning barcha tabiiy imkoniyat-lari ro’yobga chiqadigan hamda barcha ehtiyojlarni qondirilishi mumkin bo’lgan mukammal jamiyatga etishishning bosqichlari va davrlari belgilanadi. Bunday maqsadlar sifatida sotsialis-tik kommunistik va boshqa utopiyalar ko’rsatiladi.
Chiziqli rivojlanish kontseptsiyasiga muqobil bo’lgan davriy pradigma namoyandalari insoniyat tarixining yagona tarixiy yoki abadiy maqsadiga qarab rivojlanishni inkor etadilar. Ularning fikricha tarix aylanma shaklda harakat qilib, oxir oqibat o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi. Ushbu nazariyalar qatoriga madaniy-tarixiy yoki tsvilizatsion yondashuv ham kiradi. Unga binoan insoniyat tarixi – har biri o’ziga xos shakllanish rivojlanish va inqiroz bosqichlariga ega bo’lgan, o’zaro kam aloqalar yoki umuman bog’liq bo’lmagan lokal tsvilizatsiyalardan tashkil topadi.
Hozirgi davrga kelib, formatsion va tsivilizatsion yondashuvlar dixotomiyasi doirasidagi bahs-munozara keskin tus olmoqda. Ayniqsa postsotsialistik makonda bir necha o’n yilliklar davomida hukmron bo’lib, kelgan formatsion, marksistik yondashuvning qiyinchiliklar bilan bartaraf etilishi yorqin namoyon bo’lmoqda.
Formatsion yondashuvlar.
Formatsiya deganda qandaydir empirik jamiyat (ingliz, fransuz yoki boshqa) geopolistik jamiyat (sharq, G’arb) emas, balki jamiyat ijtimoiy tuzilmasining negizini tashkil etuvchi jamiyat tushuniladi. Yani, formatsiya – jamiyatning muayyan tarixiy tipidir. Har bir formatsiyaning asosini o’ziga xos ishlab chiqarish usuli tashkil etib, uning strukturasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish qurollari, ularning rivojlanish darajasi va xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish munogsabatlari siyosiy huquqiy ustqurmaga, shuningdek ijtimoiy ongning boshqa shakllariga nisbatan asos, bazis ro’lini o’ynaydi.
Formatsion talimotga ko’ra jamiyatning quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga xamda eng oliy maqsad, insoniyatning “oltin” asri kommunizmga qarab harakat qildi. Bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bo’ladi.
XIX asrning oxiri – XX asr o’rtalariga kelib, formatsion talimot nafaqat ijtimoiy nazariya bo’libgina qolmay, balki kuchli etiqodga tayangan mafkuraviya talimot darajasigako’tariladi. Rossiyada 1917 yil oktyabr to’ntarishi va ayniqsa, 1945 yildan so’ng “real sotsializm” deb atalmish mamlakatlarning rasmiy mafkurasiga aylandi. Ayni paytda Marksizmning tanqidi G’arbning bu mamlakatlarga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy qarashining muxim yunalishlari-dan biri bo’lib qoldi. Sotsialistik tizim inqirozga yuz tutganidan so’ng formatsion talimot tanqidi, ayniqsa postsotsiolistik makonda yanada kengroq va keskinroq tus oldi. U bir qator xususiyatlarga ko’ra tanqid qilinadi. Xususan, u o’ziga xos G’arbiy Yevropa tarixini butun jahon tarixiga ko’chirish asosida ishlab chiqilganligi ; ijtimoiy – iqtisodiy omilning rolini mutloqlashtirgan holda, boshqa omillar ayniqsa, jamiyatning manaviy sohasi axamiyatini qashshoqlashtirib, uni faqat antogonistik sinflar manfaatlari inkosi sifatidagina qaralgan tarixiy bilishda uni asossiz ravishda yagona evristik kontseptsiya rolini bajaradi, degan xulosalari shular jumlasidandir.

Download 32,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish