2. Tashkilotchilik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻqituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega boʻladi. Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir oʻquvchi yoki talaba bilan individual shug’ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, oʻquvchi-talabalarni xohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning yyechimini topishda koʻmaklashish, qoʻshimcha darslar, toʻgaraklar, tarbiyaviy darslar oʻtkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi. - 2. Tashkilotchilik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻqituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega boʻladi. Bunda sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir oʻquvchi yoki talaba bilan individual shug’ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, oʻquvchi-talabalarni xohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning yyechimini topishda koʻmaklashish, qoʻshimcha darslar, toʻgaraklar, tarbiyaviy darslar oʻtkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi.
- 3. Kommunikativ qobiliyat - ‘Oʻqituvchi-oʻquvchi’, ota-onalar, jamoatchilik, mahalla va boshqa tashkilotlar bilan toʻg’ri munosabat hamda kasbiy-madaniy aloqalar oʻrnatishga qaratilgan.
- 4. Pertseptiv qobiliyat - oʻquvchi va talabaning qalbiga yoʻl topa olish, oʻz navbatida uni qalban his etib, oʻzining oʻrniga qoʻyib koʻra bilish, yoshlarni ruhiyma`naviy olamini oʻrganish, unga ob`ektiv baho berish, bolani psixologik xususiyatini bilgan holda uning kayfiyati, hissiyoti, diqqati va boshqa psixik jarayonlarini oʻrganib borish oʻqituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi.
5. Informatsion qobiliyat - oʻquv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, oʻqituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha oʻrganib, tahlil etib, oʻquvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda yetkazib bera olishida oʻz ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi oʻqituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi. - 5. Informatsion qobiliyat - oʻquv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, oʻqituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha oʻrganib, tahlil etib, oʻquvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda yetkazib bera olishida oʻz ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi oʻqituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi.
- 6. Didaktiv qobiliyat - oʻquvchi va talabani bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini aniqlash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻrganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay darajada koʻnikma va malakalarga aylanayotganligi muhimdir. Oʻqituvchnning yana bir didaktiv qobiliyatiga uning dars jarayonini kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana biroʻziga xos xususiyati oʻqituvchining bilimdonligi, zehnining oʻtkirligi, ijodkorligida koʻrinadi. Didaktiv qobiliyat oʻqituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |