1-mavzu: Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi
1. Informatika fani oʻqituvchisi kasb faoliyati strukturasining algoritmi. Oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasi muammosi bilan asosan Rossiya olimlaridan N.V.Kuzmina, A.I.Herbakov va V.A.Slastyoninlar shug’ullangan. Pedagog, ya`ni oʻqituvchi va tarbiyachining kasb faoliyati strukturasi ayni paytda pedagogik qobiliyatlar ham deyiladi.

Oʻqituvchi shaxsining faoliyatida kasbiy oʻz-oʻzini tarbiyalash ustuvor ahamiyatga ega boʻlganligi uchun uning kasb faoliyati strukturasida birinchi oʻrinda tarbiyachilik qobiliyati turadi.
Oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:

1. Tarbiyachilik. 7. Yoʻnaltiruvchi.
2. Tashkilotchilik. 8. Safarbar etuvchi.
3. Kommunikativ. 9. Rivojlantiruvchi.
4. Pertseptiv. 10. Kreativ.
5. Informatsion 11. Gnostik (tadqiqotchilik).
6. Didaktiv.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasi uning kasbiy sifatlari yoki kasb qobiliyatlari deb ham sanaladi. Bu struktura asosida oʻqituvchining yuzlab kasb sifatlari va fazilatlari aniqlangan. Jumladan, 200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari oʻrganilgan.

Oʻqituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin.
1. Tarbiyachilik qobiliyati - tarbiyachilik - bu yuksak darajadagi san`at boʻlib, shaxsni ijtimoiy hayot talablariga javob bera olish qobiliyatini bildiradi. Tarbiyachilik qobiliyati shaxsni tarbiyalashga emas, oʻz-oʻzini tarbiyalay olishga yoʻnaltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil fikrlay oladigan va oʻzini-oʻzi tarbiyalash qobiliyatiga ega boʻlgan shaxslarni shakllantirishga qaratilgan.