1. Tangalarni o'rganuvchi fan qanday ataladi. A. Numizmatika. B .Epigrafika.C.Arxeologiya. D.Etnografiya.
2. Yer yuzida odam paydo bo’lgan davrdan G’arbiy Rim imperiyasi qulagunga qadar bo’lgan davr tarix fanida...deb nomlanadi. A.Sivilizatsiyalashgan davr; B) Ibtidoiy jamiyat tarixi; C) Qadimgi dunyo tarixi; D) Quldorlik jamiyati.
3.Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nimadeb ataladi. A. Ibtidoiy jamoa tuzumi B. Ibtidoiy to'da. C.Urug' D. Ilk sivilizatsiya.
4."Aleksandrning harbiy yurishlari" asarining muallifi.
A. Strabon B. Gerodot C. Kvint Kursiy Ruf D.Arrian.
5. Indoneziyaning Yava orolidan qaysi odam topilgan? A.Avstralopitek B. Zinjantrop C.Pitekantrop. D.Sinantrop
6. Toshdan yasalgan eng qadimiy mehnat qurollari, chopperlar O'zbekistonning qaysi hududlaridan topib o‘rganilgan?
A) Farg'ona vodiysi va Amudaryo bo‘ylaridan;
B) Toshkent vohasi va Farg'ona vodiysidan;
C) Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan;
D) Buxoro va Surxondaryo hududlaridan.
7.Odamni o'rab turgan muhitda jon va ruhlarning mavjudligiga ishonish nìma deb ataladi?
A.totemizm B.fetishizm C.animizm d. Magiya
8. Qaysi davrda Doimoy turar joylarni qurish boshlangan?
A. so'nggi paleolit B. mezolit. C. neolit D. eneolit.
9. Qaysi davrda o'q-yoy kashf etildi?
A. So'nggi paleolit B.Mezolit C.Neolit D. Eneolit
10.O‘zbekistondagi mazilgohlardan qay birida shaharning ilk alomatlari ko‘zga tashlanadi?
A) Oltintepa; B) Sopollitepa; C) Sarazm; D) Jarqo‘ton.
11. O‘rta Osiyodagi bronza davri dehqonlarining manzilgohlarini aniqlang:
1) Zamonbobo; 2) Qo’shilish; 3) Ko‘lbuloq; 4) Zarautsoy; 5) Sopollitepa; 6) Machay; 7) Jarqo‘ton A) 1, 5, 7; В) 1, 3, 7; C) 2, 4, 5; D) 1, 3, 6, 7
12.O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar qaysi asrlarga oid? A) miloddan avvalgi IX-VIII asrlar; B) miloddan avvalgi VIII-VII asrlar;
C) miloddan avvalgi X-IX asrlar; D) miloddan avvalgi XI-X asrlar.
13. Bir necha patriarxal oilalar urug‘ jamosini tashkil qilgan. Bu urug‘ jamoasi «Avesto»da nima deb atalgan?
A) «Vis»; B) «Varzana»; C) «Zantu»; D) «Nmana»
14. To’g’ri javobni tanlang? 1. Afrosiyob, 2.Yerqo’rg’on, 3.Uzunqir, 4.Ko’zaliqir, 5.Qiziltepa a)Xorazm, b) Samarqand, c)Surxondaryo, d)Qashqadaryo
A) 1a, 2b, 3c, 4d, 5d B). 1c, 2d, 3d, 4a, 5c C). 1b, 2d, 3d, 4a, 5c D) 1b, 2d, 3a, 4d, 5c
15.Saka-tigra-xaudalar yashagan hududni belgilang.
A) hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qo'zog'iston yerlarida;
B) hozirgi Sirdaryo viloyati va Samarqand yerlarida;
C) hozirgi Samarqand va Surxondaryo yerlarida;
D) hozirgi Andijon va Namangan yerlarida.
16.«Avesto» so‘zining ma’nosini aniqlang;
A) «muqaddas bitiklar»
B) «qat’i qarorlar»
C) «qat’i belgilangan qonun-qoidalar»
D) «adolatli to'plam».
17.«Avesto»ning ilk qismlari qachon paydo bo‘lgan?
A) mil.av. III-II asrlar B) mil.av. I ming yillik C) mil.av. IX-VIII asrlar D) mil.av. VI-IV asrlar
18. Frada boshchiligidagi qo'zg'olon qachon bo'lib o'tdi?
A. Mil.avv.530-yil B.Mil.avv 522-yil C. Mil.avv 519-yil. D.mil.avv.490-yil
19. O'rta Osiyo nechta satraplikka bo'lingan.
A.3 B.4 C.5 d.6
20.Aleksandr qo'shinlari Amudaryodan qachon o‘ta boshladi?
A) mil.av. 336-yilda B) mil.av. 330-yilda C) mil.av. 329-yilda D) mil.av. 334-yilda
21.So‘g‘diyonada boshlangan bosqinchilarga qarshi kurashga rahbarlik qilgan iste’dodli qahramonni aniqlang: A) Spitamen B) Doro III C) Bess D) Doro
.22Salavka davlatining tarkibiga qaysi hududlar kirgan?1) Eron; 2) Parfiya; 3) Mesopotamiya; 4) So'g'diyona; 5) Marg'iyona; 6) Makedoniya.
A) 1,2,4, 6 В) 1, 2, 3,4, 5 C) 4, 5, 6 D) 1, 2,3
23.Qaysi hukmdor davrida Yunon- Baqtriya davlati eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi?
A) Yevtidem B) Diodot C) Demetriy D) Mitridat I.
24.Jonbosqal’a va Qo‘yqirilganqal’a yodgorliklari qaysi davrga mansub?
A) mil.av. IV asr B) mil.av.VII asr C) mil.av. V-IV asr D) mil.av. III-II asr
25.Qang‘ davlatining asosiy shaharlari qayerda joylashgan edi?
A)Farg'ona vodiysida B) Toshkent vohasida C) Sirdaryo sohillarida D) O'zbekistonning janubiy viloyatlarida.
26. Qaysi davlat hududidan Buyuk ipak yo'lining shimoliy tarmog'i o'tgan.
A.Xorazm B.Qang' C.Dovon D. Yunon-Baqtriya
27. Kushon davlati qaysi hukmdor davrida o'z qudratining cho'qqisiga erishdi.
A.Guyshuan B. Kudzula Kadfiz C.Vima Kadfiz D.Kanishka
28. Qaysi hududdan fil suyagidan ishlangan Shaxmat donachalari topilgan?
A. Eski Termiz B. Xolchayon C.Dalvarzintepa D.Ayritom
29. «Buyuk ipak yo‘li»ni kim shu nom bilan nomladi?
A) G. Shilimman B) J.F.Shampolon C) F.F. Rixtgofen D) A.Dyuperron.
30.Ipak yo‘li savdosida Badaxshondan asosan qanday mahsulot chiqarilgan?
A) zotli otlar B) la’l C) ziravorla D) gilamlar
Do'stlaringiz bilan baham: |