1. Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi



Download 29,91 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi29,91 Kb.
#734682
Bog'liq
Kirish


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishida “…o‘quv
jarayoniga yangi kommunikatsiya va pedagogik tex nologiyalarini elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat
maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oily ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish” ko‘zda tutilgan
1.Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi.
Buning uchun muntazam tarzda boshlang‘ich ta’lim tizimida qo‘llaniladigan
innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu orqali o‘quvchilarn ing kompetensiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan
jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora
dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir.
“Farzandlarimizni mustaqil fikrlashga, zamonaviy bilim va kasb-hunarni
chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”, deb o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ana shu so‘zlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda fan sohalarini tizimli o‘rganish va uning afzalliklari
ta’limda yangi-yangi innovatsion yondashuvlar yuzaga kelishida davlatning o‘zi bosh islohotchi ekanligini qaror va farmonlar mazmunida bugungi kun ilm-fani
va ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalar aniq hamda ravshan belgilab qo‘yilgan.Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z va uning ma’nolari xususida ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo‘lib,
unda so‘z ma’nolaring o‘ziga xosligi, mohiyati, turlari, xususan, so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Bu
borada taniqli tilshunos olim M. Mirtojiyevning
xizmatlari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek tilshunoslaridan S. Usmonovning “Metafora” nomli maqolasi,
R.Rasulov, M.Narziyevalarning “Leksikologiyani o‘rganish” nomli asarida so‘zning ko‘chma ma’nolarini o‘rgandilar. Sh. Rahmatullayev “Hozirgi adabiy
o‘zbek tili” darsligida ma’no ko‘chish usullarini to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganadi.
Ko‘chirish qorishiq holda uchrashini aytib o‘tadi
O.Azizov “Tilshunoslikka kirish” kitobida sinekdoxani metafora tarkibiga kiritadi O‘zbek tilshunosligida ko‘chma ma’nolarni o‘rganish bo‘ yicha prof.
M.Mirtojiyev va uning shogirdlari I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof. Sh.Rahmatullayev va uning shogirdi R.Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Jahon tilshunosligida rus tilshunoslari L.A.Bulaxovskiy
tadqiqotlarida ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnifladilar. BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi
kafedrasining “2016-2020- yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki” istiqbol rejasi asosida amalga oshirildi.
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ma’no ko‘chish usullarini interfaol metodlar asosida o‘rganish hamda xarakter-xususiyat metaforalarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutildi:
- ma’no ko‘chish usullari o‘rganilish tarixini tadqiq qilish;
- ma’no ko‘chish usullari o‘rganishda xorijiy tajribalardan
foydalanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metaforalarni interfaol usullarda
o‘rganish;
- akademik-litseylarda xarakter-xususiyat metaforalarini
o‘rganishning innovatsion loyihalarini ishlab chiqish;
- kasb-hunar kollejlarida xarakter-xususiyat asosidagi metaforalarni
o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
- xarakter-xususiyat asosidagi metaforalarni o‘rganishda zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini tadqiq etish va
boshqalar.
Tadqiqotning obyekti. Til ta’limida xarakter-xususiyat metaforalarini
o‘rganish.
Tadqiqotning predmeti. Xarakter-xususiyat asosidagi metaforalarni
ta’lim bosqichlarida o‘rganilishining interaktiv metodlarini tadqiq qilish.
Ishning ilmiy yangiligi. Ishda tilshunoslikda xarakter -xususiyat
metaforalarini yangicha nuqtayi nazardan interaktiv metodlar asosida o‘rganish
tadqiq qilindi. Bunda:
- ma’no ko‘chish usullari interaktiv metodlar orqali tahlil qilindi;
- ta’lim bosqichlarida xarakter-xususiyat metaforalari o‘qitilishining
texnologik modeli tadqiq etildi;
- ta’lim bosqichlari dastur va darsliklarida xarakter-xususiyat
metaforalari o‘rganilishi masalasi tahlil qilindi;
- ta’lim bosqichlarida xarakter-xususiyat metaforalari sinektika
metodi orqali tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy
qimmati xarakter-xususiyat metaforalarini interaktiv metodlar asosida
o‘rganilishi bilan belgilanadi. Shuningdek, tadqiqotning nazariy xulosalari va
amaliy-tahliliy materiallari o‘zbek tilshunosligida ma’no ko‘chish usullarini
innovatsion loyihalar bilan o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiriuv malakaviy ishi tarkibiy tuzilishiga
ko‘ra, kirish, III bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Metaforalarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi
Ko‘chma ma’no biror so‘z leksik ma’nosi referenti bilan obyektiv
borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi yoki sezgi kabilardan bir i
aloqador yoki munosabatda bo‘lganligi uchun, uning nomida atalib ketishi orqali
yuzaga keladi. Ya’ni so‘z leksik ma’nosi ikkinchi bir leksik ma’noni hosil
qiladi. Shu sababli keyingi leksik ma’no metafora deb ataladi.
O‘zbek tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishda
asosan A.A.Reformatskiy bilan hamfikrlik qilganlar. Faqat uch darslik
mualliflari farqli qarash bilan chiqqanlar. R.A.Bigayev va P.A.Danilovlar
o‘zlarining hamkorlikdagi darsliklarida ko‘chma ma’no yuzaga keltiruvchi
hodisalarning hammasini metafora deb ko‘rsatganlar
O.Azizov sinekdoxani metafora tarkibiga kiritish bilan yuqoridagilardan farqlanadi . Y.Pinxasov o‘z
darsligida vazifadoshlikni tilga olmaydi.
O‘zbek tilshunosligida ko‘chma ma’nolarni o‘rganish bo‘yicha prof. M.Mirtojiyev va I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof. Sh.Rahmatullayev va R.Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib
bordilar. M.A. Hamroyev H. Jamolxonov R. Sayfullayevalar o‘zlarining o‘quv qo‘llanmalarida ma’no ko‘chishini to‘rt guruhga bo‘lganlar. Ko‘chma
ma’noning keng tarqalgan turi metaforadir. O‘zbek tilida metafora leksik ma’no taraqqiyot yo‘llaridan biri sifatida qaraladi hamda ko‘chimning o‘ xshashlikka
asoslangan turi sifatida baholanadi. Sh.Rahmatullayev metafora ko‘chimning boshqa turlari bilan sinkretik ishlatila olish imkoniyatiga e’tibor qaratadi:
metaforik-funksionallik, metaforik-metonimiya, mSamolyotning qanoti metaforik birikmasida qush qanotiga, nafaqat, vazifa, balki shakl jihatidan ham o‘xshaydi.
Shundan kelib chiqib, metafora yo‘li bilan ko‘chirishning quyidagi ko‘rinishlarini ajratadi:
1. Bir predmetning nomi boshqa bir predmetga shakliy o‘xshashlik asosida ko‘chiriladi: og‘iz- (odamning og‘zi) – og‘iz- (shishaning og‘zi), qo‘ltiq-(odamning qo‘ltig‘i) - qo‘ltiq- (dengizdagi qo‘ltiq), tish- (odamning tishi) – tish-(arraning tishi), etak- (kiyimning etagi) – etak- (tog‘ning etagi) kabi. Bunday ko‘chirish natijasida ba’zan zid ma’ no ham tug‘ilishi mumkin. Masalan, boshleksemasining birinchi ma’ nosidan metafora yo‘li bilan ko‘chirish asosida “ibtido”, “muqaddima” ma’nosi hosil bo‘lgan: maqolaning boshi kabi. Bunda tashqari, “oxir”, “xotima” ma’ nosi ham o‘sib chiqqan: boshi berk ko‘cha kabi.
Bir leksemaning bunday zid ma’nolarni anglatishi hodisasi enantiosemiya deyiladi (yunoncha en- “yaqin”, anti- “qarshi”). Yana qiyoslang: Koridorning
u boshidan bu boshigacha stullar qo‘yilgan. Bu jumlada bosh leksemasi umuman tomon ma’nosiga ega bo‘lib qoladi.
2. Bir predmetga (ba’zan harakatga) xos belgining nomi boshqa bir
predmetdagi belgiga ko‘chiriladi: achchiq- (achchiq qalampir-) – achchiq-(achchiq gap), to‘g‘ri- (to‘g‘ri chiziq) – to‘g‘ri- (to‘g‘ri gap), jonli- (jonli
tabiat) – jonli- (jonli suhbat), tez- (tez yur) – tez- (tez odam) kabi. Bir predmet nomini boshqa bir predmetga belgi sifatida ko‘chirish ham mavjud: tosh- (qattiq
jism) – tosh nok- (“qattiq”), oltin- (qimmatbaho ma’danning nomi) – oltin yaproqlar (sap-sariq) kabi. Bunda narsaning nomi belgini anglatib keladi.
Yuqoridagi misollarda esa belgining nomi bir predmetdan boshqasiga ko‘chiriladi.
3. Bir predmetga xos harakatning nomi boshqa bir predmetning harakatiga ko‘chiriladi: savala- (nimani) - savala- (kimni), cho‘k- (cho‘kkala-) - cho‘k
(imoratning cho‘kishi) - cho‘k (odamning qariganda cho‘kishi), o‘l (jonlilarda hayotning tugashi) - o‘l (o‘simlik palagining so‘lishi, qurishi) kabietaforik-sinekdoxa va hokazo Shu sababali bu kabi holatlarni funksional-metaforik ko‘chirish desa bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida komponent-semantik tahlilga e’tibor rivojlana boshlagach, metafora tabiatini o‘rganishga ana shu tahlil usullarini tatbiq etishga intilishlar yuzaga kela boshladi. Shu xil yo‘nalish namoyondalaridan biri
Z.Tohirov metaforani leksema sememasining pragmatik semasi sifatida baholaydi. Shuningdek, metafora va o‘xshatish orasidagi farqni uslubda,
shakldagina ko‘radi.
Ilmiy adabiyotda metaforani asosan til va nutq hodisalari sifatida ikki turga ajratib ko‘rsatadilar. Nutq hodisasi bo‘lgan metafora, shubhasiz, nazariy tilshunoslik uchun tekshirish obyekti bo‘lmaydi. U stilistika sohasiga oiddir. Til hodisasi bo‘lgan metafora esa Yevropa tillariga oid ba’zi adabiyotlarda, yuzaga keltirgan o‘xshatish belgisiga ko‘ra, bir necha turlarga ajratib beriladi.
O‘zbek tilshunosligida M. Mirtojiyev metaforani o‘xshatish belgisiga ko‘ra
uch turga ajrtadi
I. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar ma’no ifoda etgan obyektlarning o‘xshatilish holatiga ko‘ra, yuqorida qayd etilganday, uch turga: oddiy metafora,
personifikatsiya va sinteziyaga bo‘linadi.
1.Oddiy metafora ma’lum so‘zning leksisk ma’nosi ifoda etgan obyekt o‘ziga tog‘ridan-to‘g‘ri o‘xshash bo‘lgan ikkinchi bir obyektni nomdosh qilib
olishi bo‘ladi. Shuning orqasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko‘chma ma’no orttiradi. Bu obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning sirtqi belgisi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Masalan, darvoza so‘zi qurilishga oid bir tushunchani ifoda etadi. Sportga oid, to‘p va
shayba kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma ham mazkur tushunchaga sirtqi belisi va vazifasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligi uchun, uni darvoza so‘zi bilan
atab yuborilgan. Natijada darvoza so‘zi mana shu atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil qilgan.
Oddiy metafora, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qizim, dadang, enang, hasratingda kuyib bitdi.
Personifikatsiya ma’lum so‘zning leksik ma’nosi ifoda etgan jonli obyekt o‘ziga qiyoslanib, o‘xshatilib qaralgan jonsiz obyektni nomdosh qilib
olishi bo‘ladi. Mazkur jonli va jonsiz obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ham sirtqi belgi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Ammo bu
o‘xshashlik nomdosh bo‘lib olgan obyektga jonli holat baxsh etish orqali yuzaga chiqadi. Masalan, dam so‘zining leksik ma’nolaridan biri nafasni ifoda etgan.
Bu so‘z nafasga sirtqi belgisi o‘xshash bo‘lganligi uchun quyosh tafti, haroratini ham ifoda etadigan bo‘ldi. Natijada dam so‘zi ko‘chma ma’no hosil qildi.
Masalan, Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi (Oybek).
Personifikatsiya, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qiz sho‘rlikni dard yedi, dardga qo‘ygan kim edi (qo‘shiq). Nimrang – beor tok, qo‘lga ham chidamli bo‘ladi (R.
Musamuhamedov) gaplaridagi yemoq fe’li va beor sifatining ma’nolari personifikatsiya natijasida hosil bo‘lgan.
3. Sinesteziya ma’lum so‘zning leksik ma’nosi ifoda etgan obyekt boshqa sezgi orqali his etiladigan ikkinchi bir obyekt (kishi subyektining umumlashtirishida o‘ziga o‘xshash bo‘lgani uchun) nomdosh qilib olishidir.
Buning orqasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, mayin so‘zining leksik ma’nolaridan biri paypaslab, ushlab ko‘rish orqali his etiladigan belgini ifoda etadi. Tovushning ohista va yoqimlilik belgisini ifoda etuvchi ko‘chma ma’no esa mazkur ma’nodan hosil bo‘lgan. Bu belgilar subyektiv o‘lchov, sezgiga ta’sir etishi
nuqtayi nazaridan umumlashtirilgan va o‘zaro o‘xshatilgan. Masalan, Faqat suvning mayin jildirashi eshitiladi (S. Zunnunova). Sinesteziya sifat, ot, fe’l va ravish turkumiga oid so‘zlarda uchraydi.
Demak, oddiy metaforada belgilariga qarab oddiy qiyoslash, personifikatsiyada jonlantirish natijasida qiyoslash, sinestaziyada esa subyektiv
holatda qiyoslash o‘xshatish uchun asos bo‘ladi.
II.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar o‘zi hosil qilgan ko‘chma ma’noning ekspressiv-stilistik bo‘yoqqa egaligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar natijasida hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolar sof tushunchani, ya’ni obyektni ifoda etish bilangina cheklanadi. Masalan, gul so‘zida ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz ko‘chma ma’no
hosil bo‘lgan, uning “o‘simlik jinsiy a’zosi” leksik ma’nosidan “kashtachilik buyumlaridagi bezak” ko‘chma ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ma’no obyektni ifoda
etish bilangina chegaralangan. Unda subyektiv hech narsa o‘z ifodasini topmagan. Masalan, Mehrini esa do‘ppisining gulidan tanidi (Sh. Rashidov).Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar sifat, fe’l va ravish turkumiga oid so‘zlarda ham yuzaga keladi. Ko‘pchilik ishchilar, yosh shoirlar, yozuvchilar, progressiv intelligentlar edi (Oybek). Qishloqqa qorong‘i
tushganda yetib kelishdi (A. Qahhor). Qahramonlar aslo o‘lmaydilar, ular mangu hayot (A. Rahmat) gaplaridagi yosh, yetmoq, aslo so‘zlarining ko‘chma
ma’nosi ekspressiv bo‘yoqsiz metafora natijasidir.
2.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar natijasida hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolar tushuncha, ya’ni obyektni ifoda etish bilan unga nisbatan
subyektning munosabatini ham bildiradi. Masalan, dum so‘zining “imtihon yoki topshiriq bo‘yicha qarz” ko‘chma ma’nosi ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metafora
natijasida hosil bo‘lagan: Maktabda yurar mish-mish, Norvoyning dumi bormish(Q.Muhammadiy).
Gul va dum so‘zlaridagi ko‘chma ma’no hosil bo‘lishi oddiy metafora natijasidir. Oddiy metafora bo‘yoqli ham, bo‘yoqsiz ham bo‘lishi mumkin.
Ammo sinesteziya asosan bo‘yoqsiz bo‘lgani holda, personifikatsiya asosan bo‘yoqli bo‘ladi. Chunki jonlantirish o‘z tabiati bilan subyekt munosabatlaridan
kelib chiqadi. Masalan, yemoq, dam, beor so‘zlarida sodir bo‘lgan personifikatsiyani eslashning o‘zi kifoya.
Metafora natijasida ma’lum so‘zda ko‘chma ma’no hosil qilinar ekan, u subyekiv maqsaddan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Bunda hosil bo‘lgan ko‘chma ma’no o‘zini hosil qilgan leksik ma’noning xususiyati bilan so‘zda ifoda topadi. Mana shu ma’noning subyektiv munosabatini bildiruvchi bo‘yog‘idir. Masalan, imtihon bo‘ yicha qarzning hayvonga xos dum orqali ifoda topishi, albatta, subyektning salbiy munosabatidan kelib chiqqan va metafora
salbiy bo‘yoqni yuzaga keltirgan.Demak, ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar subyektiv munosabatni
ham bildiradigan ko‘chma ma’no hosil qilishi bilan ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalardan farq qiladi.
III.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko‘ra ikki turga
bo‘linadi:
1.Lingvistik bo‘lmagan yoki nolingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ham to‘g‘ridan-to‘ g‘ri atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. Garchi so‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nosi lingvistik fakt bo‘lsa ham, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi uchun sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora tildan tashqarida yuzaga keladi. Masalan, dum, gul, yosh, mayin va hokazo so‘zlarning yuqorida
keltirilgan ko‘chma ma’nosi nolingvistik asosli metafora natijasidir.
2.Lingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ma’lum grammatik
jarayonlardan keyin atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. So‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma
ma’nosi til fakti bo‘lishi bilan birga, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora ham til hodisasi sifatida yuzaga keladi. Ya’ni avval o‘xshatish konstruksiyasi yoki atributiv birikma tuziladi va biror komponent konstruksiyasi yoki birikmaning ma’nosini o‘zida saqlab qolib, qolgan komponentlar ellipsisga uchraydi. Masalan, do‘mboq so‘zi “to‘ladan kelgan bola” ko‘chma ma’nosiga lingvistik asosli metafora natijasida ega bo‘lgan, ya’ni bu so‘zdan avval do‘mboq bola birikmasi tuzilgan: Juvon:” Voy,
mana bu do‘mboq bolani!”-deb uning ikki lunjidan qisib ushladi (Y. Shashmarov). Keyinchalik birikmaning bir komponenti qisqarib, butun ma’no do‘mboq komponentida saqlanib qolgan: Qo‘zichog‘im, sho‘x do‘mbog‘im, sevikli o‘g‘lim (Qoshiq). Do‘mboq so‘zining asl va ko‘chma ma’nolari ifoda etgan obyektlar – o‘zaro o‘xshash. Shuningdek, bolalamoq, ilmoq, yomon so‘zlari ham quyidagi misollarda
kelgan ko‘chma ma’nolariga lingvistik asosli metafora natijasida ega bo‘lgan: Bilishmaydiki, pul bolalab turadi (Oybek). Binoiy so‘zni ilib ketdi (Oybek).
Yomon yo‘ldoshdan tayoq yaxshi (maqol).
Demak, lingvistik asosli metafora nolingvistik asosli metaforadan obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlikning til fakti bo‘lgan so‘zda grammatik jarayonlar natijasida aks etishi ekanligi bilan farqlanadi.
Xullas, lingvistik metaforalar, ularning sodir bo‘lish jarayoniga ko‘ra, asos bo‘lgan obyektlarning o‘zaro o‘xshatilish holatiga ko‘ra va ekspressiv-stilistik
bo‘yoq bera olishiga ko‘ra tasnif qilinadi.G. K. Qobuljonova metaforani bir necha xil belgisiga ko‘ra, bir necha xil bosqichda tasniflaydi
XX asrga kelib, ayniqsa, keyingi paytlarda kognitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay o‘zgardi, uning ko ‘lami kengaydi.
Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so‘zning boshqasi bilan almashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bugun aksariyat tadqiqotchilar
metafora tom ma’noda fundamental bilish faolyatining namoyon bo‘lishi ekanligini e’tirof etadilar. Metafora mohiyatidagi ikkiyoqlamalikka ko‘ra bu
hodisaning ikki asosiy turi farqlanadi: lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora N.Mahmudov fikriga ko‘ra, metafora go‘yo nominativ maqsad bilan denotatni ifodalash uchun yaratiladi, keyin muayyan konnotativ ma’noni ifodalash uchun jalb qilinadi, ya’ni oldin lisoniy metafora yuzaga keladi, badiiy metafora esa undan keyin yuzaga kelishini ta’kidlaydi. Shuningek, badiiy
metaforalar lisoniy metaforalarsiz ham maydonga kelishi, keyinchalik lisoniy metafora maqomini olishi ham mumkin deb hisoblaydi va ko‘pchilik tadqiqotchilar keyingi holatni asosiy deb sanashini aytib o‘tadi.Demak, ko‘chma ma’no turlarini o‘rganishda prof. M.Mirtojiyev va I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof. Sh.Rahmatullayev va
R.Yunusovlarning xizmatlari alohida o‘rin egallaydi. Metaforani tasniflashda o‘zbek tilshunoslari o‘z qarashlaridan kelib chiqib yondos hganlar. Ko‘rinib
turganiday, metafora ko‘p qirrali va benihoya murakkab hodisa bo‘lganligi uchun ham uning talqinlarida farqli jihatlar ancha – muncha.
Xarakter-xususiyat asosidagi metaforalarni o‘qitishda
foydalaniladigan innovatsion texnologiyalar
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘ nalish – innovatsion pedagogikani maydonga olib сhiqdi. “Innovatsion pedagogika” termini va unga хos bo‘lgan
tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psiхologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan
ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.Innovatsiya (inglizcha inovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Rigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi,
jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘ un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, teхnologiya va boshqalar.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayon
kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
nihoyat amalga oshish qonuni;
qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanish va qaytishi qonuni.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchining birga likda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- o‘quvchilarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini taminlashi;
- o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida
hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar,
izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi.
Hozirgi kunda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Keys-stadi”, “Venn diagrammasi”, “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim”(BBB) va boshqa interaktiv metodlar mavjud. Xarakter-xususiyat metaforalarini o‘qitishda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Besh minutli esse”, “ So‘z o‘rnini top”, “Ven diagrammasi”, “Sinektika” metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi deb o‘ylaymiz. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi – ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llaniganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga
va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi boshqa interaktiv metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘ naltirib turiladi.
5. Kichik gruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi, o‘qituvchi matn yozilgan tarqatma
materiallarni tarqatadi va topshiriqni tushuntiradi. Topshiriq matn ichidagi xarakter-xususiyat asosidagi metaforalarni topish. O‘quvchilar matndagi
xarakter-xususiyat metaforalarini topadilar va shu so‘zlar yordamida o‘zlari
mustaqil gaplar tuzadilar.
1-guruh:
Fashist “rus, taslim bo‘l!” desa yo qansharidan o‘q yeb yer tishlaydi, yo evini qilolsa, och bitday abjirlik bilan ro‘para kelgan teshikka o‘zini uradi. Yer tishlasa, uni otgan askar ajdaho Gitlerning tishlaridan birini qoqib tashlagan, qon to‘kishning ildini olgan, insoniyat oldida gi muqaddas burchini bajargan bo‘ladi.
(A.Qahhor).
2-guruh:
-Bu kishi sizga chin do‘st ekan,- dedi Sultonali jiddiy. –Men o‘z fikrimda yanglishmasman. Bu kaltakesak yutgan chayonning yuragida, xudoy bilsin,
sizga qarshi katta adovat bor. Shu choqqacha olov kovlab jim o‘lturgan Toyir aka so‘zga qotishti:
-Safar, yelkasi chiqqan, jikkak yigit emasmi, taqsir?
-Bali, bali.(A. Qodiriy).
3-guruh:
Keldilar chigirtkalar! -dedi u tomonga qarab Haydar. Hammalari u tomonga qaradilar. Yigirma-yigirma besh otliq yo‘lni changitib kelmoqda edi.
Adashevning yolg‘iz o‘zi 50 dan ortiq gazandani qirib tashladi. (S. Ayniy).“So‘zning o‘rnini top” o‘yini. O‘yinni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchi yozuv taхtada yoki kartochkada matndan parcha yozib tarqatadi. Kartochkadagi ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan so‘zlarning o‘rnini
topib yozishni talab etadi. Bunday o‘yinlarni o‘tkazish o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va lug‘at boyligini oshirishga yordam beradi.O‘zi muloyim ko‘ringani bilan, changalidan chayon ham omon chiqolmaydigan bu qori. (I.Rahim).Ishonmayman-u, lekin qari eridan ko‘p narsani yashirishini bilaman. (O‘. Umarbekov).
Tanti boyvachchanikiga boramiz ertaga. Juda odam. Ko‘rsangiz o‘zingiz ham hayron qolasiz. (Oybek).
Gal g‘o‘za parvarishida sudralayotgan “qadam” rahbarlarga rahbarlarga keldi. (Gazetdan).
O‘quvchilar ochiq qolgan so‘zlar o‘rniga mos keladigan to‘g‘ri javobni topib yozishlari kerak(tulki, xo‘roz, toshbaqa, burgut).“Besh minutli esse” strategiyasi
kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U o‘quvchilar
tomonidan o‘rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr bildirish, mazmun- mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Besh
minutli esseni yaratishda o‘quvchilar mavzu g‘oyalarini umumlashtirish, tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni ba yon etish imkoniga ega bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda strategiyani qo‘llash quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi:
Download 29,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish