1. Ta’lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari



Download 178,09 Kb.
bet7/10
Sana16.01.2022
Hajmi178,09 Kb.
#376929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim muassasasi menejmenti(1-16)

Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.

Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:



  1. davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;

  2. bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni echa olishga o‘rgatish).

Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiluvchi talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.

Mazkur o‘quv yurtida o‘quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to‘laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 Yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, Shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.

Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  1. Qisqacha ta’lim muassasasi xaqidagi ma’lumotlar.

  2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta’lim muassasasini boshqarish;

a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;

b) pedagogik-jamoa Kengashi;

v) direktor, uning huquq va burchlari;

g) direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;

d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

  1. O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;

b) o‘quv jarayonini tashkil etish;

v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;

g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;

d) qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;

j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

  1. O‘qituvchi. Huquq va burchlari.

  2. O‘quvchi. Huquq va burchlari.

  3. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

  4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

  5. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga taYanilgan holda belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur o‘rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz1. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tuShunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.



Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondaShuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari xaqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisiyagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir.Ikkinchi belgisitizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi.Uchinchi belgisitizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning Yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisita’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligidir.Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.

Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.

Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi.

Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.


Download 178,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish