Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tuShuniladi. Boshqarishga, Shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayYan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti xaqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati xaqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;
ta’limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;
muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;
ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (Chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnaShuvi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |