1. Ta'lim jarayonining yaxlit tizim sifatida tavsifi. Bilimlarni o„zlashtirish jarayonining tuzilishi va ta'limning gnoseologik asoslari


O„f –o’quvchining o’qish (o’zlashtirish) faoliyati; B



Download 47,19 Kb.
bet2/16
Sana01.01.2022
Hajmi47,19 Kb.
#284195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ta'lim mazmuni . Ta'limqonuniyatlari va tamoyillari

O„f –o’quvchining o’qish (o’zlashtirish) faoliyati;

B –o’quvchining bilish faoliyati boshqarish.

Ta'lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi ―ta'lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta'lim funksiyasi ta'lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta'limning komponentlaridan biri hisoblanadi.

Didaktika ta'lim jarayonining uchta funksiyalarini ajratib ko’rsatadi: ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.



Ta'lim beruvchi funksiyalari ta'lim jarayoni birinchi navbatda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga va ulardan amaliyotda foydalanishdan iborat bo’ladi. Bilim pedagogikada fan asoslari, tushunchalari, qoida, qonunlari, nazariyalarini xotirada saqlab qolish, tushunish va takrorlash sifatida belgilanadi. Bu funksiyasini to’la amalga oshirish bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliyligini ta'minlashi kerak. Bu esa ta'lim jarayonini yaxshi tashkil etishni, o’quv fani mazmunidan asosiy g’oyalarni tushunish uchun muhim bo’lgan elementlari tushib qolmasligi, bilimlar umumiy tizimida uzilishlar bo’lmasligi kerak.

Zamonaviy didaktika bilimlar o’quvchining mahorati bilan egallanadi deb hisoblaydi. Demak, bilim berish faqat ―abstrakt bilimlarni yuzaga keltirish emas, balki yangi bilimlarni olish va hayotiy masalalarni hal etishda undan foydalanish mahoratini rivojlantirishdan iboratdir.



Malaka deganda faoliyat usulini bilish, bilimlarini amaliyotda qo’llash olish qobiliyatini tushunish kerak. Bu xuddi bilimlaridan amalda foydalanish kabidir. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilishi, axborot materiallaridan foydalana bilishi, o’qishi, kitob bilan ishlash, referat yozish, ma'lumotnoma adabiyotlar bilan, bibliografik apparat bilan ishlash, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.

Ta'limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta'lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyojsababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta'lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o'zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.

Ta'limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga maxsus yo’naltirilganligi ―rivojlantiruvchi ta'lim termini bilan nomlandi. XX asr 60-yillaridan boshlab pedagogik fanda rivojlantiruvchi ta'limni qurishga turlicha yondoshishlar ishlab chiqiladi.

Bularning hammasi ta'limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob'ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.

Ta'lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Pedagogika fani tarbiya va ta'lim o’rtasidagi bog’liqlik ta'lim va rivojlantirish o’rtasidagi bog’liqlik kabi ob'ektiv va qonuniy hisoblanadi deb hisoblaydi. Ammo ta'lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar ta'siri bilan (oila, mikromuhit va boshqalar) qiyinlashadi, bu tarbiyalashni ancha murakkab jarayonga aylantiradi.

Tarbiyalash funksiyasi. Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati – har qanday davrda ham va har qanday sharoitda ham shubhasiz doim amal qiladigan yaqqol namoyon bo’ladigan qonuniyatdir. Tarbiyaviy funksiyasi ta'lim mazmuni, shakli va metodlaridan tabiiy ravishda kelib chiqadi, lekin shu bilan birga u o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlarini maxsus tashkil etish yordamida ham amalga oshiriladi.

Ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-ahloqiy va estetik tasavvurlari, dunyoqarashi tizimlari, jamiyatda odob qoidalariga amal qilish qobiliyati, unda qabul qilingan qonunlarni bajarish qobiliyati shakllantiriladi.

Ta'limning tarbiyalovchilik xususiyati birinchi navbatda ta'lim mazmuni hisoblanadi. Lekin barcha o’quv fanlari ham bir xilda tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarda bu xususiyat yuqori. Tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar mazmuni gumanitar fanlar bilan bir qatorda ko’p jihatdan o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish, ularning borliqni anglashlari, buning asosida ularda ijtimoiy hayot va faoliyatga nisbatan munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.

Ta'lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarlik qilish usuli hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli demokratik usuli deb hisoblaydi. Bu usul o’quvchilarga insonparvarlik tuyg’usi asosida yondashishni anglatadi. Boshqa tomondan demokratik usul ta'lim jarayonida faoliyatlilikni va rahbarlik rolini samarali amalga oshirishga yordam beradi.




Download 47,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish