Bog'liq 6-Mavzu. Ilmiy tadqiqot ishi uchun mavzu tanlash. Ilmiy maqola, tezis yozish va ularni rasmiylashtirish
Bitiruv malakaviy ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini bajarishda bitiruvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- butun ta’lim jarayoni davomida mutaxassislik bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish;
- olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq ilmiy texnikaviy topshiriqlarini yechishda ishlata olish;
- berilgan topshiriqlarni bajarishda izlanish usullarini o‘rganish, ulardan qo‘yilgan muammo va topshiriqlarni yechishda va tajriba o‘tkazishda foydalanish;
- talabaning amaliyotda va ishlab chiqarish tizimida mustaqil ishlashga tayyorgarligini aniqlash.
Malakaviy bitiruv mavzularini mutaxassislarni shakllantiruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Malakaviy bitiruv ishlar ro‘yxati ushbu ishlarni bajarish semestri boshlanishidan bir oy oldin e’lon kilinadi. Malakaviy bitiruv ishlari talabalarning bitiruv ishi bajarilgunga kadar, bajargan kurs loyihalari (ishlari), ilmiy (fundamental fanlar bo‘yicha) va mutaxassislik fanlari (texnologiyada EHMni qo‘llash, jarayonlar va apparatlar, ularni loyihalash, umumiy texnologik asoslar) hamda boshqa yo‘nalish fanlar bo‘yicha kurs va loyiha ishlari, shuningdek, bitiruv ishlari kafedradagi “Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari” jamoasi mavzularining davomi sifatida bajarilishi kerak. Bitiruv ishlari mantiq jihatdan oldingi bajarilgan ishlarning mantiqiy tugallangan bo‘lishi talab qilinadi.
Bitiruv ishlar mavzularini talabalar erkin tanlash huquqiga ega, bunda belgilangan mavzulardan tanlashlari yoki o‘zlari ham asoslagan qolda yangi mavzular olishlari mumkin. Bitiruv ishlar mavzulari, talabalarga ularning shaxsiy arizalari bo‘yicha biriktirilgandan so‘ng bitiruv ishi kafedra va fakultet takdimnomasiga asosan institut rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Malakaviy bitiruv ish mavzusiga muvofiq rahbar talabaga bitiruv ishga amaliyot obyektini o‘rganish va material yig‘ish uchun topshiriq beradi. SHu bilan birga maxsus shaklda ilmiy rahbar yordami bilan tayyorlangan, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlagan va bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan bitiruv ishi topshirig‘i ham beriladi. Malakaviy bitiruv ish rahbari talabaga topshiriqlarni vaqtida bajarish bo‘yicha taqvim rejani ishlab chiqishda, kerakli adabiyotlar va manbalarni topishga yordam beradi. Bitiruv ishi tugallangach, ilmiy raxbar uni imzolaydi va bitiruv ishining bajarilishi, talabaning ishga bo‘lgan munosabati haqida yozma xulosa beradi. Ilmiy rahbar xulosasida bajarilgan ishlarning barcha qismlari kiskacha tavsiflanishi kerak. Talaba himoyadan 7-10 kun oldin, rasmiylashtirilgan bitiruv ishini ilmiy rahbarning taqrizi bilan dastlabki muhokama-himoya uchun kafedraga topshiradi.
Kafedrada tuzilgan komissiya a’zolari malakaviy bitiruv ishining mazmuni, rasmiylashtirilishini ko‘rib chiqib, kamchiliklarini ko‘rsatadi va kafedra mudiriga ishning himoyaga qo‘yilishi to‘g‘risida taklifni takdim etadi. Kafedra mudiri talaba malakaviy bitiruv ishining himoyaga qo‘yilishi to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqib, bitiruv malakaviy ishi titul varag‘iga qo‘l qo‘yadi. Agar kafedra mudiri, bitiruv ishini ximoyaga qo‘yilishi mumkin emas deb hisoblasa, unda bu masala kafedra majlisida ilmiy rahbar ishtirokida alohida ko‘rib chiqiladi. Kafedra majlisi karori fakulgtet dekani orqali tasdiqlash uchun institut rektoriga chiqariladi. Kafedra mudiri tomonidan himoyaga qo‘yishga ruxsat berilgan malakaviy bitiruv ishlari fakultet dekani tomonidan tashqi takrizga yuboriladi. Takrizchilar sifatida boshqa institut professor-o‘qituvchilari ham taklif kilinishlari mumkin, fakat ular shu yo‘nalishdagi kafedralarda ishlayotgan bo‘lishlari kerak.
Malakaviy oitiruv ishlarining himoyasi Davlat Atestatsiya Komissiyasining (DAK) ochiq majlisida kamida komissiya a’zolarining yarmi qatnashgan holda o‘tkaziladi. Malakaviy bitiruv ishlarining himoyasiga quyidagi hujjatlar takdim etiladi:
- fakultet dekanining talabalar o‘quv rejasini bajarganligi va olgan baholari haqida ma’lumot;
- bitiruvchi - talaba haqida tavsifnoma;
- bitiruv ishi rahbarining xulosasi;
- bitiruv ishiga olingan taqriz.
Malakaviy bitiruv ishini himoya qila olmagan talaba institutni bitirganidan so‘ng 3 yil ichida malakaviy bitiruv ishini qayta himoyaga qo‘yishi mumkin, bunda shu yo‘nalishda ishlaganligi to‘g‘risida hujjat va tavsiyanoma berilishi kerak. Malakaviy bitiruv ishi himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) saqlanadi.