1. Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishini tashkil qilishning asosiy yo‘nalishlari


Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash



Download 164,5 Kb.
bet9/17
Sana01.07.2022
Hajmi164,5 Kb.
#727831
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
6-Mavzu. Ilmiy tadqiqot ishi uchun mavzu tanlash. Ilmiy maqola, tezis yozish va ularni rasmiylashtirish-1

Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash
Tahlilning aniq texnologiyalari va uslublarini qo‘llash sohasida xususiy bilimni shakllantirish juda muhim. Tahlilning qay darajada batafsil va ishonchli tavsiflanishidan, qay darajada tushunarli, mahorat bilan bayon etilishidan qathiy nazar, ilmiy tahlil, avvalo, ko‘nikma, malaka va mahoratni talab qiladi. Ular ilmiy ishda amaliy ishtirok bilangina shakllanadi. Bunday amaliy ishtirok maxfiy ifodalanmaydigan bilimni shakllantiradi, u bilimning eksplitsit shakllarini idrok etish va o‘zlashtirish uchun fond bo‘ladi. Implitsit bilimning mavjudligi bilimdon, ekspertlarning mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Bu odamlar darslik, ma’lumotnoma, yo‘riqnoma, maqola, monografiya va hokazolarda qayd etilgan ekspletsit bilimlardan tashqari hech kim bilmagandek va qila olmagandek biladilar va qila oladilar. Bu bilim ham boshqaga berilishi mumkin, lekin bevosita namunaga rioya qilish natijasida va bevosita qo‘shma ilmiy faoliyatdagi shaxsiy kontakt asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham ilm-fanda ilmiy maktab shu darajada yuqori baholanadi.
Ilmiy maktab so‘z birikmasi ikkita uzviy ma’noga ega. Birinchi ma’nosi ilmiy yo‘nalish; ikkinchi ma’nosi bir qator tadqiqotchilar (bahzida esa tadqiqotchilarning bir nechta avlodi)ning norasmiy birlashmasi, ular mahlum ilmiy yo‘nalishni yaratib rivojlantiradilar. Ilmiy maktab odatda original va mahsuldor g‘oyalarni to‘plashga qobiliyatli yetakchi atrofida shakllanadi.
Biroq ilmiy maktabning yetakchisiga mashhur ko‘zga ko‘ringan olim bo‘lish yetarli emas. U ajoyib pedagog, tashkilotchi, o‘z hamkasaba va shogirdlarining tadqiqot faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirish, ilmiy dasturlar strategiya va taktikasini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Aynan ilmiy maktab doirasida shogird va ustozning hamkorona ilmiy faoliyati amalga oshiriladi. Bu jarayonda shogird nafaqat eksplitsit, balki implitsit bilimga ham ega bo‘ladi. U nafaqat o‘qiydi, balki hozirgi paytda yaratilayotgan ilm-fan, jonli bilim muhitida ishtirok etadi. Tadqiqotchining ma’lum bir maktabga mansubligi odatda bu tadqiqotchiga fanning eng qiyin sohasi bo‘lgan ilmiy tahlil uslublariga ega bo‘lish borasida, kengroq aytganda esa, ilmiy tafakkur metodologiyasiga ega bo‘lishda tez va muvaffaqiyatli komillikka erishadi.
Ma’lumki, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning tadqiq metodlari o‘ziga xos bo‘lib, xususan, filologiya sohasida nazariy-tavsifiy, qiyosiy-solishtirma metodlardan, tillarni o‘qitish sohasida esa umumiy pedagogik, xususiy metodik, eksperimental-tadqiqiy metodlardan foydalaniladi. Pedagogika va metodika yo‘nalishlarida tadqiqotchi avval mavzu doirasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganib chiqadi, ta’lim jarayonidagi mavjud muammolarni aniqlaydi, so‘ng ularni bartaraf etishga qaratilgan mashq va topshiriqlarni ishlab chiqadi, metod va usullarni tavsiya etadi. Tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlar, metod va usullar tajriba-sinovdan o‘tkazilishi va natijalar samaradorligi aniqlanishi kerak bo‘ladi.
Eksperiment – olg‘a surilgan taxminlarning haqiqiyligini, maqsadga yo‘naltirilganligini tekshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarda shakllantirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlashdan iborat. Har bir tadqiqotchi eksperimental tadqiqotni o‘tkazishda mavzuning dolzarbligini va farazidan kelib chiqib, o‘z oldiga qo‘ygan ingliz tilidagi nutqiy kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Bu sohasida ulkan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, unda hanuzgacha qator bahsli hamda o‘z yechimini topmagan muammolar mavjud. Bunday muammolardan biri til o‘rganuvchilarni, xususan, pedagogik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Eksperimental tajribalarni o‘tkazish maxsus dastur asosida tashkil etiladi. Buning uchun, avvalo, tajriba-sinov dasturi ishlab chiqiladi, tajriba-sinov hududlari va bosqichlari aniqlanadi. Tajriba-sinov dasturida har bir bosqichda o‘tkaziladigan tajriba ishlari belgilab olinadi. Quyida tajriba-sinov dasturi namunasini ko‘rib chiqamiz.
Eksperimental tadqiqot predmeti pedagogik ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish mazmuni, metodlari va vositalaridan iborat.

Download 164,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish