IV. Qayd yozuvini bir guruhdan boshqasiga o’tkazish.
Qayd yozuvi guruhini boshqa guruhga o’tkazish uchun quyidagilar zarur:
1)
“Upravlenie kompyuterom” – “Kompyuterni boshqarish” oynasini oching.
2)
Konsol daraxtida (dereve konsoli) “
Polzovateli” – “Foydalanuvchilar”
tugunini bosing.
3)
O’ng tomonda qayd yozuvini tanlang
4)
“Deystvie” – “Harakat”
menyusida “
Svoystvo” – “Xususiyat”
ni tanlang.
5)
Dialog oynasida mos ma’lumotni kiriting.
6)
Quyida keltirilgan bayroqchalarni o’rnating yoki olib tashlang.
7)
Kelgusi kirishda parolni o’zgartirishni talab qiling.
V. Qayd yozuvlari xavfsizligini ta’minlash
1. Ma’mur qayd yozuvi xavfsizligini ta’minlash.
Ma’mur qayd yozuvi turli xil xujum va taxdidlar maqsadi xisoblanadi. Bu har bir kompyuterda
Administrator qayd yozuvi amaliy o’rnatilganligi bilan bog’liq, shuning uchun potentsial
“buzg’unchi”ga qayd yozuv nomi ma’lum va unga faqat parolni to’g’ri terish qoladi. SHuning
uchun ma’mur qayd yozuvi xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi:
Murakkab parol o’rnatish;
Qayd yozuvi nomini o’zgartirish (control userpasswords2 buyrug’ini kiriting);
Administrator guruhiga kiradigan alternativ (muqobil) qayd yozuvini ishlatish va tizim
tomonidan o’rnatilgan ma’mur qayd yozuvini o’chirib qo’yish;
2.Mehmon qayd yozuvi xavfsizligini ta’minlash
mehmon qayd yozuvidagi foydalanuvchilar sizning dasturlaringizga va Shared Documents
jildida joylashgan fayllarga kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. SHuning mehmon qayd yozuvini
xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi:
Agar bu qayd yozuviga talab bo’lmasa, uni o’chirib qo’yish/blokirovka qilish (“Pusk”-
“Nastroyka” – “Panel upravleniya” – “Uchetnie zapisi”);
Mehmon qayd yozuvini nomini o’zgartirish (bu usul xavfsizlikni ta’minlamasada, potentsial
buzg’unchiga masalani qiyinlashtiradi);
Mehmon qayd yozuvi bilan tarmoq orqali kirishni oldini olish (“Pusk” – “Nastroyka” –
“Panel upravleniya” – “Administrirovanie” – “Lokalnaya politika bezopasnosti” – “Lokalnie
politiki” – “Naznachenie prav polzovatelya” – “Otkaz v dostupe k kompyuteru iz seti”);
Mehmon qayd yozuvidagi foydalanuvchilarga kompyuterni o’chirishni taqiqlash (“Pusk” –
“Nastroyka” – “Panel upravleniya” – “Administrirovanie” – “Lokalnaya politika bezopasnosti” –
“Lokalnie politiki” – “Parametri bezopasnosti”);
25
Mehmon qayd yozuvidagi foydalanuvchilarga voqea jurnalini ko’rishni taqiqlash (reestr
taxriri – HKLM-System-CurrentControlSet-Services-Eventlog). Har uchta ulanishdan birini
qiymatini ko’ring (Application, Security System) va ularning har biri RestrictCueastAccess nomi
ostida DWORD turidagi (1 teng) qiymatga ega ekanligiga ishonch xosil qiling
Do'stlaringiz bilan baham: |