1-tajriba ishi. Difmanometrli sarf o‘lchagichning ishlash prinsipini o‘rganish



Download 185,15 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi185,15 Kb.
#647000
  1   2
Bog'liq
1 Лаб

1-TAJRIBA ISHI. DIFMANOMETRLI SARF O‘LCHAGICHNING ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad
Sarf o‘lchagichdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.
Nazariy qism
Modda sarfini o‘lchash va miqdorini hisoblash metodlari ko‘p va xilma-xildir. Ularni birinchi navbatda obyektning turlariga qarab xarakterlash mumkin: 1) truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash metodlari; 2) sochiluvchan moddalar sarfini o‘lchash metodlari; 3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni hisoblash metodlari.
T ruba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalarni o‘lchash va hisoblash ikki xil texnik qurilma yordamida bajariladi: 1)sarf o‘lchagichlar —vaqt birligi ichida quvurdan o‘tadigan modda hajmini yoki massasini o‘lchaydi, o‘lchov birligi hajm bo‘yicha—m3/s; massa bo‘yicha—kg/s; 2)schotchiklar — vaqt(t1–t2) oralig‘ida o‘tayotgan materiallarining uzunligini, moddaning hajmi yoki massasini o‘lchaydi.
Ishlab chiqarishda sarf o‘lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1.Bosim farqlari o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
2.Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
3.Sath o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
4.Induksion sarf o‘lchagichlar.
Modda sarfi Q bilan bosimlar farqi P1 = P1' - P2' orasidagi bog‘lanish juda murakkab bo‘lgani sababli, uning to‘liq matematik ifodasini topib bo‘lmaydi.
Difmanometrli sarf o‘lchagich. Trubadagi suyuq modda oqimining sarfini bosim tushishi bo‘yicha o‘lchaydigan asboblar komplekti oqimni toraytiradigan qurilma (diafragma, soplo va Venturi soplosi) va sarfi bo‘yicha darajalangan differensial manometrdan iborat bo‘ladi.
Sarfni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan difmanometrning prinsipial sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Sarfi o‘lchanadigan suyuqlik truba 1 dan o‘tganda diafragma 2 oqimni toraytiradi, natijada bosim P2 bosim P1 ga qaraganda kamayadi va bosimlar faqi P = P1 – P2 hosil bo‘ladi.
Bosimlar farqi P ta’sirida prizma 4 da o‘rnatilgan simobli U simon manometr 3 bir tomonga (chapga) og‘adi. Bu og‘ish burchagiga muvofiq induksion sezgich 5 dan chiquvchi kuchlanish o‘zgaradi. Kuchlanishni og‘ishi elektron kuchaytirgich 7 da kuchaytirilib ijro etuvchi element servomotorni boshqaruvchi o‘rami 8 ga ta’sir qiladi va motor kulachok 9 ni burib, richag 10 ni yuqoriga ko‘taradi. U bilan bog‘langan prujina 6 taranglanib U simon naychani tik holatga qaytaradi. Motor aylanishi bilan burilgan strelka bosimlar farqiga Pga muvofiq vujudga kelgan sarfni ko‘rsatib turadi.

Download 185,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish