Ishni bajarish tartibi
Struktur sxemasini ko‘raylik:
2- rasm. Sarf o‘lchagichning struktura sxemasi
1,4,5- kuchaytirish zvenolari; 3- integrallash zvenosi; 2- solishtirish elementi.
Chap tirsakdagi N1 kuch cuyuqlikni surib, o‘ng tirsakda hosil bo‘ladigan gidrostatik kuch bilan solishtirib turadi, toki ular bir-biriga tenglashguncha, demak ishlash prinsipi difmanometrli sarf o‘lchagichda kuchlarni muvozanatlashishiga asoslanadi.
Suyuqlik manometrini ishlash prinsipini soddaroq quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz. Bu yerda ikkita zanjir ifodalagan, ya’ni:
- to‘g‘ri zanjir, kirish signali Por , chiqish signali — N;
- teskari zanjir, kirish signali – N, chiqish signali — Ng.
Ishlash sxemasi
Struktura sxemadan sarf o‘lchagichning uzatish funksiyasini topamiz:
Buning uchun avval 3,4,5 zvenolar uchun
W1(p)= (1)
Sarf o‘lchagichning umumiy uzatish funksiyasi
W(p)= = (2)
ga teng bo‘ladi. Bu yerda k- o‘zgartirish koeffitsienti, T- vaqt doimiysi.
Demak, sarf o‘lchagich ham birinchi tartibli nodavriy zveno ekan. Uni o‘zgartirish (kuchaytirish) koeffitsienti
(3)
ga teng.
Vaqt doimiysi T esa
(4)
ga teng. Vaqt doimiysi o‘zgarsa ham s o‘zgarsa ham o‘zgaradi. Vaqt T ham zichlikka va naycha ko‘ndalang kesim yuzasiga teskari proporsional ekan.
Manometrni statik xarakteristikasi
N = 1 / (ρ*g)*P1 (5)
bo‘ladi.
Sarf o‘lchagichni dinamik xarakteristikasi, differensial tenglamasi esa quyidagicha yoziladi:
TdN/dt + N = K*P1 (6)
yordamida grafik ko‘rinishida ko‘ramiz.
Ishni bajarishga topshiriq
Dasturiy paketlar “MATLAB” va “Simulink” dan foydalanib sarf o‘lchagichning struktura sxemasini yig‘ing
3-rasm. Sarf o‘lchagichning struktura sxemasi. 1,4,5-kuchaytirish zvenosi, 2- solishtirish elementi, 3- integral zveno
Kirish signalini berish uchun generator 6- ni va indikator 7-ni ulang.
Buning uchun :
“Matlab” paketidagi “Simulink” ga kiramiz;
“Simulink”da yangi bo‘sh oyna ochamiz;
Kerakli zvenolarni bo‘sh oynaga ma’lumotlar bazasidan olib o‘tamiz;
Har bir zvenoda sarf o‘lchagichning konstruktiv o‘lchamlaridan kelib chiqib tegishli o‘z koeffitsientlarini o‘rnatamiz. Buning uchun, zvenoga kirib, koeffitsientlar o‘zgartiriladi;
Sarf o‘lchagichning ishlash prinsipiga ko‘ra zvenolarni o‘zaro bir-birlari bilan ulaymiz;
Generator yordamida sarf o‘lchagich kirishida turli ta’sir etuvchi signallarni amalga oshiramiz (pog‘onali, delta, sinusoidal);
Sxemani chiqishini indikatorga ulaymiz (chiqishdagi dinamik o‘zgarishlarni ko‘rish maqsadida);
Struktura sxemani, pusk tugmachasini bosib ishga tushiramiz;
Kirish signali ta’sirida sarf o‘lchagichdagi suyuqlik ma’lum balandlikka eksponenta bo‘yicha ko‘tariladi, uni indikator qayd etib boradi.
Nazorat savollari
Ishlab chiqarishda qanday mahsulotlarning sarflari o‘lchanadi?
Difmanometrli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi qanday?
Sarf o‘lchagichning o‘tish funksiyasini keltirib chiqaring?
Do'stlaringiz bilan baham: |