Ijodkorlik deganda, konstruktsiyani ishlash, yangi shakl berish, yasash yoki boshqa biror ishni noan`anaviy, ma`lum bo’lgan usullardan farq qiladigan usulda amalga oshirish qobiliyati tushuniladi.
Ehtiyojlarni (muammolarni) ijokorlik bilan qondirish (Yechish) va bu Yechimlar natijalarini samarali marketingini ta`minlash qobiliyati ko’pincha muvaffaqiyatli va omadsiz tadbirkorlik farqini tashkil etadi. Tez o’sayotgan va rivojlanayotgan kompaniyalar oddiy o’rtahol firmalardan, shunday qobiliyati borligi bilan farq qiladi. Amaldagi muvaffaqiyatli tadbirkor yangi mahsulot va xizmatlarni tanlash, ochilayotgan tadbirkorlik imkoniyatlarini aniqlashga ijodkorlik bilan yondashadi.
Ijodkor shaxs bo’lish uchun, siz o’z aql-idrokingiz va ko’zlaringizni tashqi dunyoga nisbatan ochiq holda saqlashingiz, g’oyalar manbalari bilan quyida bayon etilgandek, loyiq usullardan foydalanib, ishlashingiz lozim.
Undan keyin, barcha g’oyalar, qanchalik ular mantiqsiz yoki aqlga sig’maydigan tuyulmasin, yozib borilishi lozim.
Nima uchun siz tadbirkorlik g’oyalarini o’ylab topishingiz kerak?
Ishlayotgan tadbirkorlar yoki kelajakda tadbirkor bo’lishi mumkin bo’lganlar tadbirkorlik g’oyalarini o’ylab topishi kerakligiga ko’pgina sabablar mavjud. Mana bu sabablarning ayrimlari:
• Tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun sizga yaxshi g’oya kerak. Yuqorida aytilganidek (bu mavzuni muhimligi va zarurligi asoslangan joyda), yaxshi tadbirkorlik g’oyasi muvaffaqiyatli korxonani tashkil etish uchun hamda keyinchalik uning raqobatbardoshligini saqlab turish uchun ancha muhimdir.
• Bozor ehtiyojlariga javob berish zarurligi. Bozorlar asosan, o’z qondirilishini kutayotgan ma`lum ehtiyojlar va xohishlarga ega bo’lgan iste`molchilardan iborat. Ehtiyojlar va xohishlarni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan odamlar yoki firmalar tegishli mukofot olishadi.
• Tovar stilini va unga nisbatan talablarni o’zgartirish zarurati tadbirkorlarga yangi paydo bo’layotgan talabga - yangi g’oyalar taqdim etish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish bilan javob qaytarish imkonini beradi.
• Raqobatbardosh bo’lib qolish zarurati. Unutmang, agarda siz yangi g’oyalar yaratish, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmatlar taklif etish haqida vaqtida g’amg’o’rlik qilmasangiz, bu ishni raqobatchingiz qiladi. Boshqalardan farq qilish yoki boshqalardan yaxshiroq bo’lish – siz uchun asosiy masala.
• Tovarni yaxshiroq qilish uchun texnologiyani rivojlantirish zarurati. Tez sodir bo’layotgan o’zgarishlar firmalarga doimiy asosda yangiliklarni tatbiq qilishni taqozo etayotgan hozirgi zamon bozorlarida, texnologiya raqobatbardoshlikni ta`minlashning eng muhim vositasi bo’lib qoldi. Dunyoda, jumladan elektronika va murakkab maishiy texnika sohasida ishlayotgan, har oyda o’nlab yangi mahsulotlarni bozorga chiqarayotgan bir nechta kompaniyalar mavjud. Zamonaviy global bozorlarda faoliyat yuritayotgan shu va ko’pgina boshqa kompaniyalar uchun tadbirkorlik g’oyalarini yaratish – juda muhim omildir.
• Chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish zarurati. Barcha mahsulotlarning xizmat qilish muddati cheklangan. Mahsulotning hayotiy aylanishi diagrammasida ko’rsatilganidek, hattoki yangi mahsulotlar ham qachondir eskiradi va zamonaviy bo’lmay qoladi. Shunday ekan, yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni ko’paytirishni rejalashtirish zarurati yaqqol ko’rinadi. Korxonaning rivojlanishi va o’sishi uning bozorga yangi mahsulotni taqdim etish va uning ishlab chiqarilishini ko’paytirishga erishish qobiliyatiga bog’liqdir.
• Tavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish zarurati. Bozorga chiqarilayotgan yangi mahsulotlarning 80% ortig’i raqobatbardosh bo’lmay qolishi (omadsizlikka uchrashi), mahsulotning hayotiy aylanishi kontseptsiyasi bilan o’zviy bog’liqdir. Shuning uchun korxonalar o’z tavakkalchiliklarini taqsimlashga harakat qilishlari, va doimo yangi g’oyalar o’ylab topish yo’li bilan, vaqt-vaqti bilan uchrab turishi mumkin bo’lgan omadsizlik natijalarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari lozim.
Raqobatda yengib chiqishni muhim omili bo’lib ham tadbirkorning ijodiy salohiyati hisoblanadi. Jahon iqtisodiyoti shiddatli sur`atlarda o’sib borayotgan bir vaqtda iste`molchilarning talabi, didi, dunyoqarashlari ham o’sib bormoqda. Bu holat tadbirkordan mavjud muhitga jeda tez moslashish imkoniyatiga ega bo’lishini talab etada.i mavjud muhitga o’z vaqtida moslashib barqarorligini ta`minlash esa har doim ham amaga oshmaydi. Bu tadbirkordan bozor marketingini chuqur bilshi va talabga mos ravishda raqobatchilardan farqli ravishda o’z mahsulot va xizmatlarini taklif etilishi talab etiladi. Taklif shunchaki ulardan raqobatchilarga nisbatan arzon yoki sifatli emas, balki yangildikka moyil, zamonaviy ko’rinishga ega, ixcham, yuqori didli va noan`anviyligi yanada maqullanadi. Buning uchun tadbirkordan haqiqiy ijodkorlik qobiliyati talayu etiladi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda korxona boshqaruvchilari o’z atrofiga imkon qadar turli toifadagi ijodkor yoshlarni, turli millat va kasb vakillarini jalb qilishga harakat qilish Bilan birga bozorni tadqiqi etishga jiddiy e`tibor qaratadi. Bu hatti-harakatlar natijasida, ya`ni marketing tadqiqotlari yangi talabni aniqlash imkonini bersa bu unga mos ravishda javob berish uchun yangicha uslubdagi taklif Bilan chiqish imkoniyatini yaratadi. Misol tariqasida, hozirda keng ommaviy bo’lgan uyali aloqa telefonlarini olib qarasak bir qator hodisalarni ko’zatamiz. Nokia kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan telefonlar har doim eng o’rta qatlam aholi uchun eng optimal variant bo’lib hisoblanadi. Vertu, LG va Samsung markali telefonlarni ham turli qiymatda chiqarilsada, Ushbu telefon ishlab chiqaruvchilar tomonidan ijodkorlik zamon bilan hamnafas ravishda o’sib bormoqda. Bundan bir yoki ikki yil oldin telefon alohida, fleshka alohida, fotokamera alohida ravishda ishlatilgan bo’lsa, hozirda sharq davlatlari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan telefonlar ham komp`yuterning tashqi xotira vazifasini bajarishi, raqamli fotokameralarni mavjudligi, radio eshitish, televizor ko’rish va internetga chiqish imkoniyatini mavjudligi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |