8- MAVZU:TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH. (6 SOAT)
REJA:
1. Tadbirkorga xos xususiyatlar va tadbirkorlik madaniyati.
2. Tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar.
3. Tadbirkorlik goyalarining manbalari.
1. Tadbirkorga xos xususiyatlar va tadbirkorlik madaniyati.
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to’siqlarni hal qilish yo’llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to’g’ri yo’l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o’rgatmay va og’ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o’z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Tadbirkorlikdagi muhim omil bu tadbirkorning shaxsiy xususiyatlaridir. Tadbirkor bo’lishi uchun tashki holatdan tashqari faqat shaxsan o’ziga bog’liqlik tomonlari borki, sarmoya va huquqiy muhit to’la mavjud bo’lganda ham busiz u haqiqiy tadbirkor bo’la olmaydi. Bu uning ishbilarmonlik, tijorat qobiliyatidir.
Ishbilarmonlik juda keng tushunchaga ega. Bu avvalo, nazariy va amaliy bilimlar yigindisi bo’lib, bunda birinchi navbatda, iqtisodiyot asosini, aynan bozor iqtisodiyotini bilish zarur. Ma`lumki, iqtisodiyotni tushunmay, bozorning farqiga bormay turib tadbirkor bo’lish mumkin emas.Tadbirkorlar bozor iqtisodiyotining ijodkorlaridir. Chunki ular oddiy ijrochi emas, balki bozor iqtisodiyoti, uning munosabatlari, mexanizmlariga ijobiy yondashuvchilar, rivojlantiruvchilardir, bozor to’g’risidagi tushunchani kengaytiruvchi, uning turliligini ta`minlovchi real holatini boyituvchi shaxslardir.
Bozorni o’z vaqtida sezib borish, uning holatini oldindan kura bilish, bozorning ertangi talab darajasida ish kurish xar tomonlama bilimdon, sezgir, o’tkir bo’lishni talab etadi. Bu aholi turmush darajasi, daromadlar harakati, turli tabaqadagi aholi talabining o’zgarib borishini oldindan bilish va barcha ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini shu holatga moslashgan holda o’zgarib borish uchun intilish demakdir.
Buning uchun tadbirkor xar tomonlama bilimdon bo’lmog’i zarur. Shundagina u mazmunan ishbilarmon bo’lishi mumkin. U zamonaviy texnika, texnologiya, tashkilotchilik, bilimdonlik darajasida bo’lmasa, orqada koladi, rakobatga bardosh bera olmaydi va bozor ishtirokchisi sifatida yuqori darajaga erisha olmaydi. Tadbirkor ish yuritish sohasida barcha omil, chora-tadbir, voqealikka bir xil munosabatda bo’lib, hammasini o’z diqqat markazida tuta bilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Bulardan tashqari, tadbirkor haqiqiy insoniy qobiliyatlari va xususiyatlarga ea bo’lishi kerakki, u haqiqatdan ham ish boshi, tashkilotchi, boshqaruvchi, ko’pchilikni birlashtira olish qobiliyatiga ega shaxs bo’lishi zarur. Amaliyotda o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan bog’lovchi, xalq uchun zarur ishlarni o’z hisobiga bajaruvchi, xomiylik qiluvchi tadbirkorlar juda ko’p. Xar tomonlama ilg’or, yuqori madaniyatli, xalqparvar va xalq oldida katta obro’ga ega badavlat tadbirkor-sohibkorlar ayniqsa rivojlangan iqtisodiyoti yuqori darajadagi mamlakatlarda oddiy holatdir.
Tadbirkor shakllanishiga bir qator omillar ta`sir etadi - ma`lumoti, xarakteri, oilaviy ta`sir, oldingi ish va hayotiy tajribasi, o’z ishiga munosabati, rejalari va h.k.
Bozor iqtisodiyotini shakillantirish jarayonida yuqori malakali tadbirkorlarga ega bo’lish uchun ma`lum ishlarni amalga oshirish kerak. Bu avvalo mutaxasislar tayyorlash, o’qitish va o’qish jarayonlarni shunga moslashtirish demakdir.
Mamlakatimizda bu sohada juda katta ishlar olib borilmoqda va mutaxassislar tayyorlashda muhim o’zgarishlar yuz bermoqda. Tadbirkor-biznesmenlar tayyorlash kengaytirilmoqda, Yetakchi mamlakatlarda o’qishga minglab yoshlar yuborilmoqda. O’qish, o’qitish, mutaxassislar tayyorlash tizimi bozor talabi asosida qayta ko’rilmoqda.
Tadbirkorga xos xususiyatlardan biri uning madaniyatidir. Tadbirkorlik madaniyatini asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Tadbirkorlik madaniyati – bu madaniyat omillarini hamma yo’nalishlari bo’yicha zamonaviy tashkil qilish (moddiy va ma`naviy);
Bu madaniyatning ayrim elementlari rivojlanishi bo’yicha g’oya, maqsad, vazifalarning bir-biriga mos kelishi;
Tadbirkorning amaldagi qonunchilik doirasida faoliyat yuritishi;
Tadbirokrning ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanishi;
Tadbirkor o’z faoliyatida xodimlarini va hamkorlarini eng qadrli kishilari sifatida qabul qilishi kerak;
6.Tadbirkor har doim kelajakka ishonch va umid bilan qolganlarni o’ziga ham ishontira olishi lozim.
Maqsadga erishish uchun tadbirkorga korporativ madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Tadbirkorlik faoliyatida o’z biznesini boshqarish – bu korporativ madaniyatni rivojlantirishdir. Tadbirkorning korporativ madaniyatni boshqarish pog’onalari quyidagichadir:
Madaniyatning rivojlanish an`analari va holatini tahlil qilish;
O’rganilayotgan davrda mavjud muammolarni aniqlash;
Paydo bo’lgan muammolarning obektiv va subektiv omillarini aniqlash;
Mavjud muammoning Yechimini topadigan imkoniyatlar va yo’llarini ko’rsatish;
Chuqur o’rganilgan va tahlil etilgan mulohazalardan foydalanish.
Tadbirkor bo’lishni hohlagan insonlar ega bo’lishi lozim bo’lgan (yoki rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lgan) ma`lum xususiyatlar mavjud. Agar tadbirkorlarni boshqa insonlar guruhi bilan turli xususiyat va ko’nikmalarni baholash orqali solishtiradigan bo’lsak, tadbirkorlar bir qator o’ziga xos xususiyatlarining mavjudligi bilan ajralib turadilar, xususan:
1. Yuqori mehnat qobiliyati: biznesni boshqarish yuqori harakatchanlikni va intiluvchanlikni talab qiladi. Bu - zarur bo’lganda uzoq muddat davomida ishlay olish, tang vaziyatlarda ham juda qattiq ishlash va yaxshi uxlay olish imkoniyati bo’lmaganda ham mehnat qobiliyatini saqlay olish bilan bog’liq.
2. O’z kuchiga ishonish: biznesda rivojlanish uchun insonlar o’z kuchlariga va o’zlari oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha olish qobiliyatlari borligigiga ishonishlari lozim. Bu odatda quyidagi ibora bilan ifodalanadi: «Agar siz biror nimaga juda intilsangiz va shu narsa ustida ishlashga tayyor bo’lsangiz, siz o’zingiz istagan narsaga albatta erishasiz».
3. O’z kelajagini qurish: o’ziga ishonchli ish va daromad yaratish ko’pgina yaxshi rivojlanayotgan biznesmenlarning maqsadi bo’lib hisoblanadi; bu maqsadga erishishga bo’lgan ishonch ularning shaxsiy qobiliyatlariga asoslanadi. Bu - biznesdan olinayotgan daromadning miqdori muvofiq mezonga Yetishi uchun bir necha yil o’tishi mumkinligini anglatadi.
4. Foyda olishga yo’nalganlik: pul ishlab topishga bo’lgan qiziqish insonning o’z korxonasini boshqara olishga qodirligini belgilovchi aniq ko’rsatkich hisoblanadi. Bu biznesning birinchi darajali ekanligini anglatadi. Pullar korxona doirasida ishlashi lozim, tadbirkorning bundagi vazifasi esa korxonada mavjud pullar yangi pullarni ishlab chiqarishi uchun ular qay tarzda qo’llanishi lozimligi Yechimini topishdir.
5. Maqsadlarga erishishga intilish: biznesda muvaffaqiyatga erishish aniq maqsadlarni qo’ya bilish qobiliyatiga, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishishda qat`iylik bilan ishlashga bog’liq. Ushbu maqsadlarni qo’ya bilish qobiliyati (inson nimaga o’rinish qilish lozimligi borasida) va ushbu maqsadlarga erishish yo’nalishida ishlash tadbirkor uchun poydevor hisoblanadi.
6. Tirishqoqlik: ko’pgina insonlarga har qanday biznes vaqti-vaqti bilan qiyinchiliklar va ko’ngil qolishlarni olib keladi. Ishni qat`iy davom ettirish va muammoni uning Yechimi topilgunga qadar uni Yengish qat`iyat – muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari hisoblanadi.
7. Omadsizliklarni bartaraf qila olish: har bir biznes albatta o’zida ko’ngil qolishi va omadsizliklarning suv osti toshlariga, lekin shu bilan birga, muvaffaqiyat cho’qqilariga ega. Omadsizliklarni bartaraf qila bilish uning manbaini aniqlashni, tegishli xulosalar chiqarishni va unda yangi imkoniyatlar ko’rtaklarini topishga harakat qilishni nazarda tutadi. Agar bunday xususiyat insonda yo’q bo’lsa, dastlabki omadsizliklarning o’ziyoq insonning o’zini-o’zi band qilish harakatlariga chek qo’yadi.
8. Qaytma aloqadan foydalanishni bilish: ishlar qanday ketayotganligi, rejalar qanday amalga oshayotganligi haqida bilish, qaytma aloqa belgilarini tahlil qila bilish, shuningdek, boshqalar bilan maslahatlashish yana bir asosiy sifat bo’lib hisoblanadi.
9. Tashabbuskorlik: tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, muvaffaqiyatli biznesmenlar tashabbuskorlikni namoyon qilish, uni o’z qo’liga olish imkoniyatini qidiradilar, ular o’zlarini shunday holatga qo’yishadiki, ularning o’zlari muvaffaqiyat uchun ham, mag’lubiyat uchun ham mas`ul bo’ladilar.
10. Eshitish istagi: muvaffaqiyatli rivojlanuvchi biznesmenlar guruhiga boshqalarga quloq solmaydigan va tashqi resurslardan foydalanmaydigan, o’z ichiga kirib ketgan individuumlar guruhi kirmaydi. O’z kuchiga ortiqcha ishonish zarur bo’lganda bank xizmatlari, buxgalterlar va biznes maslahatchilar kabi malakali mutaxassislardan yordam so’rash qobiliyatini inkor etmaydi.
11. Shaxsiy mezonlarni o’rnatish: faoliyat yuritish mezonlarini o’rnatish va ularga erishish bo’yicha keyingi ish olib borish – gullab-yashnovchi korxonaning yana bir ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu mezonlar daromad, sifat, sotuv hajmi yoki aylanma mablag’ darajasini aniqlab berishi mumkin. Ko’pgina korxonalar ularning ishlari yildan yilga yaxshiroq borishiga intiladilar, ular joriy yil uchun o’rnatilgan mezonlarga nisbatan yuqoriroq mezonlarni o’rnatadilar va ularga erishadilar.
12. Noaniqlik sharoitida ishlay bilish: tadbirkorlik yollanma mehnatga nisbatan ko’proq noaniqlik bilan bog’liq. Bu noaniqlik sotuv hajmi va aylanma mabalqga tegishli bo’lishi, shu bilan birga materiallarni ta`minlash, narx, bankning qo’llab-quvvatlashi kabi boshqa sohalarni ham qamrashi mumkin. Bunday noaniqlik sharoitida ruhiy charchashsiz ishlash qobiliyati juda muhim omil sanaladi.
13. Ishga butunlay berilib ishlash: korxonani yaratish va uni boshqarish butunlay berilib ketish, jumladan, vaqt va pulning berilishi, shuningdek, hayot tarzi o’zgarishini talab qiladi. Biznes tadbirkor hayotida birinchi ustuvorlik bo’lishi lozim.
14. Xarakterning kuchli tomonlariga tayanish: muvaffaqiyatga erishuvchi biznesmenlar ularda mavjud bo’lgan kuchli tomonlarga tayangan holda ish olib boradilar, bu tomonlar qo’l ishini sifatli bajara olish ko’nikmalari, insonlar orasidagi yaxshi munosabatlarni o’rnata olish ko’nikmalari, sotishni bilish, yaxshi tashkil qilish qobiliyati, hujjatlar va boshqa yozma materiallarni chiroyli rasmiylashtira olish, aniq bir mahsulot yoki xizmatni bilish, savdo tizimidagi insonlarni bilish, shuningdek aloqalarni o’rnata olish va ularni iqo’llay bilish qobiliyati bo’lishi mumkin.
15. Ishonchlilik va to’g’rilik: haqiqatgo’ylik, ish munosabatlarida to’g’rilik va va`da qilingan ishni bajarishdagi ishonchlilik korxonani muvaffaqiyatli boshqarishning asosiy omillari bo’lib hisoblanadi.
16. Tavakkalni o’z zimmasiga ola bilish: har bir korxonaning faoliyati tavakkal bilan bog’liq. O’lchangan yoki hisoblab chiqilgan tavakkalni o’z zimmasiga ola bilish qobiliyati ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Tavakkalga bunday yondashuv ushbu tavakkal butunlay yo’q bo’lishi uchun taxminiy narxlar va foydani aniqlash, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli va o’z qobiliyatlariga ishonishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |