41. YERNING HAVO QATLAMINING
MAVJUDLIGI
Hamma jismlar singari Yerning havo qatlami tarkibiga
kiruvchi gaz molekulalari ham Yerga tortiladi.
Shunday bo’lsa nima uchun ularning hammasi Yer
sirtiga tushib qolmaydi? Yerning havo qatlami, uning
atmosferasi qanday qilib saqlanib turadi? Buni tushunib
olish uchun atmosferani tashkil qiluvchi gaz molekulalari
uzluksiz va tartibsiz harakatda bo’lishini hisobga olish
kerak. Unda yana boshqa savol tugiladi: bu molekulalar
nima chun olam bo’shlig’iga uchib ketmaydi?
Gap shundaki, molekula kosmik kema yoki raketa kabi
Yerdan butunlay uchib chiqib ketishi uchun kamida 11,2
s
km
tezlikka ega bo’lishi kerak. Bu ikkinchi kosmik tezlik
deb ataladigan tezlikdir. Yerning havo qatlamidagi
molekulalarlarning o’rtacha tezligi bu kosmik tezlikdan
ancha kam. Shuning uchun havoning ko’pchilik
molekulalari Yerga og’irlik kuchi ta’sirida “bog’langan”
bo’ladi.
Molekulalarning tartibsiz harakati va ularga og’irlik
kuchining ta’sir qilishi natijasida gaz molekulalari Yer
atrofidagi fazoda erkin havo qatlamini yoki atmosferani
hosil qilib “kezib” yuradilar.
O’lchashlarning ko’rsatishicha, balandlikning ortishi
bilan havoning zichligi tez kamayadi. Masalan, Yer
yuzidan 5,5 km balandlikda havo-ning zichligi uning Yer
yuzidagi zichligidan 2 marta kichik 11 km balandlikda 4
marta kichik bo’ladi va hokazo. Yuqorilashgan sari havo
siyraklasha boradi. Nihoyat, eng yuqori qatlamlarda (Yer
yuzidan yuzlab, minglab kilometr balandliklarda)
atmosfera asta-sekin havosiz fazoga o’tadi.
Atmosferaning aniq chegarasi yo’q.
Qat’iy qilib aytganda, og’irlik kuchi ta’siri ostida
istalgan yopiq idish ichidagi gazning zichligi idish
hajmining hamma joyida bir xil emas. Idishning pastki
qismida gazning zichligi uning ustki qismlari-dagiga
qaraganda katta, shuning uchun idishdagi bosim ham bir
xil emas: ustki tomonidagiga qaraganda tubida bosim
ko’p. Biroq idish ichidagi gazning zichligi va bosimidagi
bu farq shu qadar ozki, uni ko’p hollarda butunlay
hisobga olmasa ham bo’ladi. Ammo bir necha ming
kilometrga tarqalgan atmosfera uchun bu farq ancha
katta.
1. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning molekulalari
og’irlik kuchi ta’siri ostida nima uchun Yerga tushib
ketmaydi? 2. Atmosfera tarkibiga kiruvchi gazlarning
molekulalari .hamma tomonga harakatlansa ham, nima
uchun Yerdan butunlay uzoqlashib keta olmaydi? 3.
Balandlikning ortishi bilan atmosfera qatlamining zichligi
qanday o’z-garadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |