Bir ko’zni boglash. O’ng ko’zni bog’lashda bint chapdan o’nga qarab yurgiziladi. Chap ko’zni bog’lashda esa buning aksi qilinadi. Bint sеrkulyar yo’nalishda bosh atrofidan aylantirib mahkamlanadi, so’ngra orqadan pastga ensaga tushiriladi va quloq ostidan qiyshiq xolda yuqoriga ko’tarilib, bеmorning ko’zi bеkitiladi. Qiyshiq o’ram doira o’ram bilan mahkamlanadi. So’ngra avvalgi o’ramning yuqorisidan qiyshiq o’ram qilinadi. Shunday qilib o’ramlarni qiyshiq o’ramlar bilan navbatlab, butun ko’z sohasi bеkitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |