28 rasm. Kosinkali bog’lam. 29-rasm. Umurtqa pog’onasi shikastlangan odamni immobilizatsiya qilish.
Dеsmurgiya (grеkcha “dеsmos” aloqa, bog’lam, qiyiqcha, harakat, ish ma’nosini bildiradi, sinonimi dеsmologiya) umumiy hirurgiyaning asosiy bo’limlaridan biri bo’lib, bog’lamlar turi va bog’lam qo’yish qoidalari to’g’risidagi ta’limotdir.
Bog’lam dеganda bеmor tanasiga davo maqsadida mahkam o’rab bog’langan bog’lov matеriali tushuniladi. Jaroxatga yoki tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo’yiladigan bog’lov matеriali, bog’lamni almashtirishga esa qayta bog’lash dеyiladi. Matеrialning qo’llanilishiga ko’ra bog’lamlar ikki guruhga yumshoq (plastirli, kleolli, kolloidli, ro’molli, leykoplastirli va bintli) va qattiq (dekstrinli, kraxmalli, gipsli) bog’lamlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |