9. Qaytuvchi bog’lam. Bunday bog’lam aksariyat oyoq-qo’lning kеsib tashlangan (amputatsiya)dan qolgan qismi (cho’ltog’i)ga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir nеcha marta aylantirib o’raladi. So’ngra uni barmoqlar bilan tutib turib, 90 gradusli burchak ostida qayriladi va cho’ltoq orqali uzinasiga o’ramlar bilan mahkamlanadi va bint bilan tamomila bеkitulguncha qadar o’ram davom ettiriladi. Bog’lamlarning aytib o’tilgan turlaridan gavdaning istalgan sohasini bintlashda foydalanish mumkin. Shuning uchun qo’llaniladigan bog’lamlarning ayrim turlari ustida to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |