Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim
bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konsepsiyalash, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish,
kuzatib borish, modernizatsiyalash.
Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan
hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun
qanday tushuncha, munosabat va proseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani
yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat.
Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar
tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan «vaqt — mashina» resurslari
baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga
xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni
taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining
jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.
38
Ekspert tizimi faoliyatining to‘g’riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.
3. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ini sarflar ekan,
qolgan qismidan esa (71%) samarasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta
hajmdagi ma’lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi
bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining
elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
70-yillar o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi shakllangan vaqtda (korxonalar, tarmoqlar
uchun ABTlar kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan
ma’lumotlarni yig‘ish vazifasi avtomatlashtirilgan. Odatda kichik ma’muriy xodimga yuklatiladigan
reglamentlashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan
o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoldi.
Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy
ta’minot va qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan
kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi.
Ma’muriy boshqaruv sohasiga nafaqat qarorlar qabul qilish kiradi, shu bilan birga yangi
hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar
bilan bog‘liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo‘limlari, muassasa, institut,
vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish
yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga
oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |