1. Sun’iy inshootlarni loyihalashtirish Tenderning standart hujjatlari



Download 191,03 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi191,03 Kb.
#686043
1   2   3
Bog'liq
Inshootni loyixalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlashni barcha bosqichlarida yangi, foydali uslublarni har tomonlama joriy qilish.

Ko‘prik kengligi va boshqa sun’iy inshootlar kengligini TIA bosqichida avtomobil va piyodalarni harakat jadalligidan kelib chiqib belgilanadi. Ko‘prikning kengligiga o‘tish qismi (bu tushuncha tom ma’noda) xavfsizlik yo’lkasi, ajratuvchi tasma, piyodalar yo‘lagi va to‘siqlar kiradi. Ko‘prik ko‘tarmasi qismlarining o’lchamlari transport vositalarining harakat xavfsizligidan kelib chiqib standart gabaritlar talablarini hisobga olib belgilanadi.
Ko‘prik gabariti- konstruksiyalarning yaqinlik (gabarit) o’lchami - yo’l yoki ko’prik inshooti qatnov qismning bo’ylama o’qiga perpendikulyar bo’lgan, ichiga konstruksiyalar (ko’prik, tonnel va boshqalar) yoki ular ustida (ichida) joylashgan qurilmalar kirmasligi kerak bo’lgan chegaraviy ko’rinish. Avtomobil yo‘lidagi yoki shahar ko‘priklarida gabarit G harfi bilan (harfdan keyin) to‘siqlar orasidagi masofaga teng son bilan. Ular ko‘prik joylashgan avtomobil yo‘lining toifasidan kelib chiqib harakat tasmalari soni n va harakat tasmasi kengligi (2.1-jadval). Har xil shartli harakatlar uchun gabaritlar chizmalari 2.1rasmda keltirilgan.
Yurish qismining kengligi nb tasmalar sonining yig‘indisiga teng n-tasmalar soni b-1ta tasma kengligi, yo‘lning toifasiga qarab qabul qilinadi 3 m dan 3.75gacha (2.1.jadvalga qarang)
Yurish qismining chekkalarida xavfsizlik tasmalari joylashadigan kengligi П, yo‘lning toifasiga qarab 0.5dan 2.0m gacha bo‘ladi (2.1 jadvalga qarang). Xavfsizlik tasmasidan keyin xavfsizlik to‘siqlari joylashadi. Piyodalar yo‘lagi kengligi T va o‘tish balandligi 2.5m dan kam bo‘lmagan masofada yurish qismiga tutashadi. Yurish qismi (2.1,a.rasm chapdan) eni unda alohida joylashadi (2.1,a.rasm o‘ngdan). Ajratuvchi tasma mavjud bo‘lganda gabaritga qo‘shimcha uning kengligini ifodalovchi C harfi qo’shiladi. Unga yana yondosh xavfsizlik tasmasi kiradi (2.1,б.rasm).
Bo‘luvchi tasmaning eni C ikki tomonlama harakatdagi yurish qismlarining chekkalari orasidagi masofaga teng (2.1,б.rasmga qarang) va ko‘prikka kirishdagi yo‘l yoki ko‘cha o‘lchamlari bo’yicha qabul qilinadi. Ko‘prikdagi harakat xavfsizligi shartlariga asosan ajratuvchi tasma C ning kengligi 2m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ko‘prik harakat xavfsizligi shartlari bo‘yicha ikkita bo‘lingan oraliq qurilmalardan yoki ajratuvchi tasmaga to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, unda ko‘prikning gabariti ikkita alohida gabaritdan iborat bo‘ladi (2.1,в.rasm) va 2G deb belgilanadi. Bunday gabaritlar yo‘l o‘tkazgichlar tagidan o‘tadigan ko‘chalar yoki yo‘llardagi harakat xavfsizligini ta’minlash shartlari bo‘yicha qo‘llaniladi, agar ularda ajratish tasmasi o‘rnida tayanchlar joylashgan bo‘lsa. Gabaritning balandligi H qoplama yuzidan hisoblanadigan I-III toifali yo‘llar uchun va shaharlarda 5.25m, IV-V toifali yo‘llardagi sun’iy inshootlar
uchun 4.5m kenglikda bo’ladi.
Shaharda joylashgan ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlardan tramvay yo‘lini o‘tkazish uchun 7.5m kenglik ajratiladi. Yurish qismiga cho‘ktirilgan relsli tramvay yo‘llarida (2.1,г.rasm) tramvay yo‘lidan himoyalovchi tasma qo‘yiladi, undagi gabarit balandligi inshootdagi umumiy gabarit balandligiga teng bo‘ladi. Cho‘ktirilmagan relsli tramvay yo‘llari uchun himoyalovchi tasma ikki eni tomoniga uning yurish qismida loyihaga qarab qo’yiladi va gabarit balandligi (2.1.д.rasm) rels ustidan hisoblanadi (H»4.6M).
Yurish qismini kengligini ko‘priklarga ko‘tarilishdagi qo‘shimcha harakat tasmasi bo‘lganda, yo‘llar har xil sathda kesishgan joylarda, kirish va chiqishda, estakadalar tutashgan va tarmoqlangan qismlarda, tezlik tasmasiga o‘tish mavjud bo‘lganda himoyalanish tasmasining eni hisobidan kengaytirishga ruxsat etiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar uchun himoyalanish tasmasining kengligi I-III toifali yo’llarda 1m dan III-II toifali yo‘llar uchun 0.75m dan kam bo‘lmasligi , IV va IV-II toifali yo‘llar, shahar ko‘chalari va bir tasmali estakada va yo‘l o‘tkazgichlar uchun G-6.5dan kam bo‘lmasligi kerak.
Piyodalar yo‘lkasining kengligi piyodalarning hisoblangan eng ko‘p vaqtidagi harakat jadalligiga qarab aniqlanadi. O‘rtacha hisoblangan o‘tkazish qobiliyati 1m piyodalar yo‘lkasi uchun 200 odam/soat qabul qilinadi. Ko‘p piyodalar yo‘lkasi bo‘lsa 0.75m qabul qilinadi. Tasmali piyodalar o‘tish yo‘lining kengligi 1m qilib
qabul qilinadi. Shahardagi yuk avtomobillari uchun qurilgan ko‘prik va estakadalar, piyodalar o‘tish yo‘li mavjud bo‘lmagan va piyodalarning harakat jadalligi sutkasiga 200 odam bo‘lgan ko‘priklarda piyodalar o‘tish yo‘lining o‘rniga kengligi 0.75m bo‘lgan xizmatchilarni o‘tkazish yo‘li bilan, G-4.5 ko‘priklar uchun 0.5m xizmatchilar o‘tish yo‘li bilan ta’minlanadi.

2.1 rasm. Avtomobil va shahar ko‘prigidagi konstruksiya gabaritlarini


yaqinlashish sxemasi:
a- bo‘luvсhi tasma bo‘lmaganda; б- bo‘luvchi tasmali to‘siqsiz в- bo‘luvchi tasmali to‘siqli; г- tramvay yo‘li umumiy ko‘tarmadagi ko‘prik o‘qi bo‘yicha joylashgan; д- tramvay yo‘li ko‘prik o‘qiga nisbatan chetlashtirilgan va ajratilgan ko‘tarmada joylashgan
2.1 jadval

Download 191,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish