1. Sun’iy inshootlarni loyihalashtirish Tenderning standart hujjatlari



Download 191,03 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi191,03 Kb.
#686043
  1   2   3
Bog'liq
Inshootni loyixalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlashni barcha bosqichlarida yangi, foydali uslublarni har tomonlama joriy qilish.


Mavzu: Inshootni loyixalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlashni barcha bosqichlarida yangi, foydali uslublarni har tomonlama joriy qilish.
REJA:


1. Sun’iy inshootlarni loyihalashtirish
2. Tenderning standart hujjatlari
3. Ko‘prikli inshootlarni kengligini tayinlash


KIRISH
Sun’iy inshootlarni loyihalashtirish bilan loyiha smeta hujjatlarini tasdiqlash va muvofiqlashtirish qabul qilingan qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)11-01- 95, unga asosan qurilish inshootlari loyihalash bir yoki ikki bosqichda olib boriladi. Har qanday bosqichda loyihani ishlab berishda loyihachi bajargan ishlar asosida va buyurtmachi tasdiqlagan inshootni qurishdagi investitsiya amalga oshiriladi. Ikki bosqichli loyihalashning birinchi bosqichida texnik iqtisodiy asoslash (TIA)ni amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichida tasdiqlangan TIA asosida ishchi hujjatlar (IH) ishlab chiqiladi.
TIA sun’iy inshootlar qurilishida quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: asosiy konstruksiyalar (AK), qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTQL) maxsus yordamchi
inshootlar (MYIvaQ) qurilmalar. TIA-tarkibiga atrof-muhit muhofazasi tadbirlari va favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirishlar ham kiradi.
TIA bosqichida asosiy loyiha yechimlarini qismlarga ajratish darajasi shundayki, inshootni to’la qurilishi uchun manbalarga ehtiyoj va qaror qabul qilish to‘g‘riligi aniqlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda ishchi hujjatlarni to‘liq qismlarga bo‘lib qaror ishlab chiqiladi. Bunda ishchi chizmalar (ICh) davlat standartlari asosida tuziladi. Bu bosqichda texnologik hujjatlarni tashkil etishdan ishlab chiqarish loyihalari (IChL) va (MYIvaQ) ning ishchi chizmalari tayyorlanadi.
Investitsiyani asoslashdan keyin ishchi loyiha (IL) tuziladigan ommaviy va qayta qurilish obektlari uchun va texnik jihatdan qiyin bo‘lmagan obektlar uchun bir bosqichli loyihalash qo‘llanilishi mumkin. TIAning tasdiqlangan qismi ikki bosqichli loyihalash uchun mahsuldor. Shunday qilib ishchi loyihada (IL) ikki bosqichli loyihalash quyidagi tarkibga ega: bunda bir vaqtda AK, QTQL, IUL va MYIvaQ ishlab chiqiladi. Hozirgi vaqda 4 bosqichli xorijiy ishlab chiqarish loyihalari majmui qo‘llanilmoqda: I yo‘llarni rivojlantirish dasturi (YR.D); II investit-siyani asoslash (IA); III muhandislik loyihasi (ML); IV ishchi hujjatlar (IX).
I va II bosqichlar joylarda hokimyat vakillari va loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda davlat avtomobil yo‘llarini hududli rivojlantirish dasturlari maqsadlari asosida bajariladi.
Muhandislik loyihasining vazifalariga: maqbul texnik qarorni tanlash, qabul qilingan umumiy yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi, ish hajmlarini aniqlash va kerakli investitsiya (shu bilan birga yer uchastkalari bo‘shatish va kompensatsiya to‘lash) pudrat tenderlarini o‘tkazish uchun kompleks hujjatlarni tuzish. U texnik qarorlarni asoslash, yer uchastkalari olib qo‘yishni asoslash va tanlov hujjatlari.
Loyiha hujjatlariga kiruvchi tanlov hujjatlariga quyidagi to’rt bo‘limni tashkil etish kerak:

  1. Tenderning standart hujjatlari.

  2. Qisqacha tushuntiruv yozuvi.

  3. Texnik-tasnifiy ro‘yxat va ishlar hajmi qaydnomasi.

  4. Chizmalar.

Tender hujjatlarini 4- bo‘limida TIA asosida QMQ me’yorlari bo‘yicha olinadi, umuman o‘zining ichiga AK, QTQL, MYIvaQ larni oladi. Bu holat uchun smeta hujjatlari tuzilmaydi. Uchinchi bo‘limda ishlar hajmi qaydnomasi ochiq narxlarda tuziladi. Tender yaxshi yakuniga yetganda QMQ me’yorlari bo‘yicha 2- etapda o’xshash hujjatlar tuziladi. Buyurtmachining qaroriga ko‘ra ishchi hujjatlar (IH) asosida tasdiqlangan muhandislik loyihasini tenderda g‘olib chiqqan pudrat korxonasiga topshirilishi mumkin. Murakkab bo‘lmagan obektlar uchun ishchi hujjatlarni muhandislik loyihasi tarkibiga kiritish mumkin. Ko‘priklar va boshqa sun’iy inshootlar odatda avtomobil yo‘li loyihasiga kiritiladi. Katta daryolar ustiga quriladigan ko‘priklar alohida loyihalanishi mumkin.
Avtomobil yo‘li tarmoqlarini rivojlantirish sxemasiga qarab yo‘l va sun’iy inshootlar qurilishini loyihalash zarurligi va navbati aniqlanadi, qaysiki uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqish (20 yildan kam bo‘lmagan ) va har 5 yilda aniqlik kiritish. Ularda yangi va qayta tiklanadigan ishlab turgan transport inshootlarini mamlakatni rivojlanish istiqbolini, odamlar va yuklarni tashish hajmini o‘sishini hisobga olgan holda qurilishning texnik imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini asoslab berish kerak.
Ko’pgina kichkina va o‘rta ko‘priklar uchun namunaviy oraliq qurilma va tayanchlar qo‘llaniladi. Ular yo‘l loyihada, har xil kenglikda o‘tish elementlari uchun loyihalangan bo‘lib, oldindan albomlarda saqlanadi. Albomlarda konstruksiya chizmalari va konstruksiya materialiga ketadigan chiqimlar saqlanadi. Bu holatda loyihaning maqsadi ma’qul namunali konstruksiya tanlashga qaratiladi, joy sharoitiga mos keladigan, joyning relefiga, o‘sha joyning o‘zida tayyorlash mumkinligi, tashish va yig‘ishda qulayliklariga qaratiladi. Hozirgi vaqtda ko‘priklarni loyihalashda soha kompyuterlari keng qo‘llaniladi. Buning uchun maxsus dasturlari ishlab chiqish tajribali muhandis loyihachini harakatini amalga oshirish kerak. Bunday dasturlar ko‘prik loyihalarini qismlarga ajratib atroflicha
ko‘rib chiqib eng maqbulini tanlash imkoniyatlarini yaratadi. Oxirgi ma’lumotni tanlashdagi qo‘shimcha ishlar hajmi va chiqish informatsiyalari olish kompyuter dasturining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.


Ko‘prikli inshootlarni kengligini tayinlash


Download 191,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish