1. Sug'urta lizingi va u haqida tushuncha



Download 22,19 Kb.
bet3/3
Sana16.08.2021
Hajmi22,19 Kb.
#149375
1   2   3
Bog'liq
MAVZU

3.Sugʻurta shartnomasi - fuqaro yoki yuridik shaxs (sugʻurta qildiruvchi) bilan sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) oʻrtasida vujudga keladigan fuqarolikhuquqiy munosabatlar asosi. Sugʻurta boʻyicha majburiyatlar shartnoma tuzish yoki majburiy sugʻurtani rasmiylashtirish orqali vujudga keladi. Sugʻurta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Sugʻurta shartnomasi bitta hujjatni tuzish asosida yoki sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga uning yozma arizasi yoki ogʻzaki murojaatiga binoan imzolanadi. Sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisi (guvohnomasi) topshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Sugʻurtalovchi shartnoma tuzish chogʻida sugʻurtaning alohida turlari boʻyicha Sugʻurta shartnomasining oʻzi ishlab chiqqan shakllarini qoʻllashga hakli.

Sugʻurta shartnomasining muhim shartlari Oʻzbekiston Respublikasi FK da (929modda) belgilab qoʻyilgan. Mulkiy Sugʻurta shartnomasida sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida: sugʻurta obʼyekti boʻlgan muayyan molmulk yoxud boshqa mulkiy manfaat toʻgʻrisida; yuz berishi ehtimoli tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati toʻgʻrisida; sugʻurta puli miqdori toʻgʻrisida; sugʻurta tovoni miqdorini aniklash tartibi haqida, agar shartnomada uni sugʻurta pulidan oz miqdorda toʻlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa; sugʻurta mukofotining miqdori va uni toʻlash muddati; shartnomaning amal qilish muddati haqida kelishuvga erishilishi lozim. Shaxsiy Sugʻurta shartnomasida taraflar oʻrtasida: sugʻurtalangan shaxs gʻaqida; sugʻurtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimoli tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati; sugʻurta puli miqdori; sugʻurta mukofotining miqdori va uni toʻlash muddatlari; shartnomaning amal qilish muddati va boshqa xaqida kelishuvga erishilishi lozim.

Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi oʻziga maʼlum boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan xrlatlarni sugʻurtalovchiga xabar ^lishi shart. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda javobgar boʻladi. Sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanishi, muddatidan oldin bekor boʻlishi yoki oʻzoʻzidan haqiqiy hisoblanmasligi hollari qonunda koʻrsatilgan. Umrbod Sugʻurta shartnomasi 20 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan fuqarolar bilan tuziladi. 1guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi.

4.Fakultativ qayta sugurtalash biron bir qaltislikni qayta sugurtalashga topshirish boyicha tsedent qayta sugurtalovchi oldida hech qanday majburiyatga ega bolmaydigan qayta sugurtalash uslubi. TSedent qaltisliklarni qachon, qancha va qanday shartlarda qayta sugurtalashga topshirishni Ozi hal etadi. Qayta sugurtalovchi qaltislikni qabulishi shart emas. Fakulьtativ qayta sugurtalash va birlashib sugurtalash ortasidagi farq shundan iboratki, polis egasi qayta sugurtalash shartnomasi mavjudligi togrisida bilmaydi. Birlashib sugurtalashda uning ishtirokchilari, ularning qaltislikdagi ulushlari yagona polisda korsatilib, ularning har biri sugurtalanuvchidan sugurta mukofotidan Oz ulushini olsa, qayta sugurtalovchi esa Oz qayta sugurtalash mukofotini sugurtalovchidan oladi.

Sedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug‘urtalashda sessiya atamasi ham keng qullaniladi. Sessiya – sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayonidir.

Qayta sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yirik sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati, Shveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari kiradi.

Qayta sug‘urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin. Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalashdir. Fakultativ qayta sug‘urtalash - nisbiy qayta sug‘urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug‘urtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk buyicha qayta sug‘urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko‘rib chiqadi. o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.

Obligatorli qayta sug‘urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni bildiradi:

1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug‘urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi;

2) sug‘urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug‘urta turi buyicha riskni qayta sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi - sedent qayta sug‘urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug‘urta riskini berishi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug‘urtalash shartnomasi.

Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul qilingan.

Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug‘urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishning prinsipi "qayta sug‘urtalovchi sedentning riskini bo‘ladi" degan fikrdan iborat.

Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud:

* Kvotali qayta sug‘urta qilish;

* Ekssedent qayta sug‘urta qilish;

* Kvotali-ekssedent qayta sug‘urta qilish.

Nonisbiy qayta sug‘urta qilishda qayta sug‘urtalovchining sug‘urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qullanilmaydi. Nisbiy qayta sug‘urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi.

Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga xos bo‘lgan belgilardan biri qayta sug‘urta qilish buyicha sug‘urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega ekanligidir. Qayta sug‘urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug‘urta qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir:

* fakultativ qayta sug‘urta qilish;

* obligatorli qayta sug‘urta qilish;

* fakultativ-obligatorli qayta sug‘urta qilish;

Yuqorida qayd qilingan qayta sug‘urta qilish shartnomalaridan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinayotgani - bu fakultativ qayta sug‘urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta sug‘urtaga beruvchi – sug‘urta kompaniyasi ham va qayta sug‘urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o‘ziga olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug‘urta qilish shartnoma-lari buyicha sug‘urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug‘urta kompaniyasiga berishi shart.



Xulosa


Download 22,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish