Tarmoq standarti - xalq xo’jaligini biror tarmogida shu tarmoqda ishlab chiqariladigan yoki iste’mol qilinadigan xom ashyo, yarim tayyor maxsulot, issiqlik resurslariga, texnologik jarayonlarga, me’yor va qoida, maxsulotlarni sinash, tashish, saqlash uslublariga talab ishlab chiqaradi.
Xamma tarmoq standartlari Davlat standartlarida qayd qilinadi.
Korxona standarti - maxsulot sifatini oshirish va ishchilar mexnatini tashqil etish kabi korxonani ishini yaxshilashga boglik bo’lgan tashqiliy-texnik tadbirlar o’tkazish bo’yicha talablar o’rnatadi. Korxona standartlari faqat uni ishlab chiqqan va tasdiqlagan birlashma, korxona territoriyasida tarqatiladi.
Korxona standartlari Davlat standartlarida qayd etilmaydi.
Texnik shart - aniq maxsulot chiqarishga javobgar tarmoq vazirligi, idora va tashqilotlar tomonidan tashiqlanadi. Texnik shartlar maxsulot chiqishi yoki boshqa faoliyati (saqlash, tashish, ishlatish) bilan boglik bo’lgan korxona, tashqilot, muassasa majburiy tartibda qo’llaydi.
Non, makaron va qanxolat maxsulotlari GOST, OST, STP, TU asosida ishlab chiqariladi. Bu me’yoriy-texnik xujjatlarda texnik-talab, sinash uslublari; qadoqlash joylash, tashish va saqlash bo’limlari keltirilgan.
Texnik talablar. Ular bir gurux maxsulotni retsepturaga, tayyorlanish usuliga ko’ra turlarini tavsiflaydi; turlariga organoleptik baxo beradi va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarni ruxsat etilgan me’yori, standart yoki boshqa me’yoriy xujjatlarga mos ravishda xom ashyolarga talablar, maxsulotni ishlab chiqarishga va texnik nazoratga aloxida shartlarni aks ettiradi.
Sinash uslublari. Ular texnik talablarda keltirilgan texnik-kimyoviy nazorat uslublari ko’rsatkichlarini aks ettiradi. Xamma nazorat uslublari Davlat standartlarida tashiqlangan tartibda o’tkaziladi. Namuna olish uslubi va xar bir taxlil uslubiga, fizik-kimyoviy ko’rsatkichni aniqlashda qonun xisoblanadigan (GOST) Davlat standarti ishlab chiqariladi.
qadoqlash, joylash, tashish va saqlash. Ular maxsulot ishlab chiqarishdagi xamma qadoqlash turlari (urash, taxlash) urash, taxlash materiallariga GOST ko’rsatmalariga mos keladigan talablarni aks ettiradi, urash, qadoqlash usullarini, karobkahagi yorliq rangli bezatilishi, bo’yoqlar, karobkalarga talablar, tuzilishi, mustaxkamlik xossalariga ko’ra karton yashiklar sigimi ko’rsatiladi.
Joylash vositasi maxsulot to’g’risida aniq ma’lumot beradi. Xar bir joylash vositasiga maxsulotni tavsiflovchi, tayyorlovchi korxonaning nomi, adresi maxsulotning nomi, ularning sof massasi, idishning massasi, saqlash muddati, standart belgi, tovar belgisi, chiqarish muddati, ishlab chiqaruvchi korxona qarashli bo’lgan yo’qori turuvchi tashqilot nomi ko’rsatiladi.
Standartlarni joriy qilish va ularga amal qilishni kuzatish va nazorat qilish.
Standart va texnik shartlarni joriy qilish va amalga oshirish Davlat qumitalari va uni organlari amalga oshiradi. Standart va texnik shartlarga amal qilish loyxalash, sinash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish va qo’llanilish bosqichlarida Davlat nazorati o’tkaziladi. Aniq tartibda standart va texnik shartlarni joriy qilish va amalga oshirish, maxsulot sifati uchun Vazirlik tarmoq nazoratini amalga oshiradi.
Davlat standart qumitasi don va don maxsulotlari standartlarini mustaxkamlaydi. Oziq-ovqati sanoati Vazirligi 5 yilda bir marta standartlarni ilmiy-texnik xarajasiga mos kelishini tekshiradi, agar kerak bo’lsa qayta ko’rib chikadi.
Standartlashtirish rejasida standartlarni qayta ko’rib chiqishga Vazirlik tomonida standartlarni tekshirish natijalari, xom ashyo keltiruvchi, iste’molchi korxonalarni takliflari, ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini davlat va tarmoq nazoratlarini amalga oshirish asos bo’ladi.
Aloxida xollarda standartlarga uzgarishlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |