1. So'zlarning o'zaro sintaktik munosabatga kirishuvi



Download 79,5 Kb.
bet4/5
Sana03.07.2021
Hajmi79,5 Kb.
#108263
1   2   3   4   5
Masalan: Soy bo'ylab bormoq-so'z birikmasi.

Dala. Atrofda ish qizg'in.



Yoki:  -Ertaga mashg'ulotga borasanmi?

-Xa.


Bu misollarda dala va xa so'zlari gapdir. Shuningdek, so'z birikmasi tobe-xokim modelida, gap esa xokim-tobe modelida hosil bo'ladi.

Qiyos qiling: Yangi bino-Bino yangi. So'z birikmalarini tashkil etgan bo'laklarning o'z aloqasi o'zgarishi, ulardan qo'shma so'zlar     kelib chiqishi mumkin.

Masalan:   Belning bog'i-bel-bog'

Oshning qozoni-osh qozoni kabi.

So'z birikmasi       tarkibidagi sintaktik aloqalar tubandagi yo'llar bilan yo'qola boradi:

    1). Ayrim so'z birikmalarida sintaktik aloqalarning yo'qolishi bilan unday birikmalar bir so'z (qo'shma so'z) shakliga keladi. So'z birikmasi ma'no va strukturasiga ko'ra bir so'zga aylanadi, bitta umumiy urg'uga ega bo'ladi, yozilishda ham o'zgarish vujudga keladi.



Masalan: Otboqar, kungaboqar, Soykeldi, Yangiqo'rg'on, Beshariq, ko'zoynak,  baqaterak, Oqtepa kabilar.

    2). Ba'zi so'z birikmalarida komponentlar o'rtasidagi sintaktik aloqaning susayishi bilan bunday birikmalar predmet, hodisa, ma'lum proseslarning nomini bildiradi, ammo har bir komponent o'z mustaqil urg'usini saqlaydi. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq, kuyi chirchiq, O'rta Osiyo kabilar.

Biroq tildagi bunday faktlar xali qo'shma so'zlar bo'lmaydi, shu bilan birga, ular to'liq ma'nodagi so'z brikmalari ham hisoblanmaydi.

 

    



 

4. So'z birikmalarining tasnifi.

 

 So'z birikmalari quyidagi belgilari asosida qilinadi:



     1.So'z birikmalari komponentlarining grammatik tabiatiga ko'ra.

2.So'z birikmalarining strukturalariga ko'ra tasnif qilinganda, xokim bo'lakning qaysi so'z turkumidan ekanligi, tobe bo'lakning sintaktik vazifasi asosga olinadi.

So'z birikmalari xokim so'zining qaysi so'z turkumidan ekanligiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:

1.Otli birikma.

2.Fe'lli So'z birikma.

3.Ravishli So'z birikma.

4.Sifatli So'z birikma.

5.Modal so'zli So'z birikmasi.

    1.Otli So'z birikma. Bu til So'z birikmalarining xokim so'z vazifasida ot, otlashgan so'zlar keladi. Bu quyidagicha  ko'rinishlariga ega:

-Xokim so'z vazifasida ot keladi:  Uzoqdan kattabino ko'rindi.

-Xokim so'z vazifasida olmosh keladi: Zulfiyaning o'zi keldi.

-Xokim so'z vazifasida otlashgan son keladi: Talabalarning uchtasi musobaqada g'olib chiqdi.



-Xokim so'z vazifasida sifatdosh keladi:  Musobaqada g'olib chiqqanlarga mukofat berildi.

-Xokim so'z vazifasida undov keladi: Uzoqdan jangchilarimizning urasi eshitildi.

-Xokim bo'lak vazifasida taqlid so'z keladi: Uzoqdan bombalarning gumbir-gumbiri eshitildi.

Otli so'z birikmasining komponentlari moslashuv, boshqaruv usulida birikadi.

    2. Fe'lli so'z birikmalari. Bu tip so'z birikmalarda xokim so'z vazifasida sof fe'l va ravishdosh keladi.

Xokim so'z vazifasida sof fe'l keladi: Odina har doim kulib gapiradi.

    3. Ravishli so'z birikmasi: Buning xoyeim bo'lagi vazifasida ravish keladi. O'tloqda bedana ko'p, dangasada bahona ko'p.

Fe'l so'z brikmalari o'zaro boshqaruv va bitishuv, ravishli so'z birikmalari esa, o'zaro boshqaruv  yo'li bilan birikadi.

   4. Sifatli so'z birikmalari. Bu tip so'z birikmalarining xokim bo'lagi sifat bilan ifodalanadi.Komponentlari  boshqaruv yo'li bilan birikadi.

Masalan: Odam temirdan qattiq, guldan nozik.

    5. Modal so'zli so'z birikmalari. Bunda so'z birikmalarining xokim so'zi vazifasida modal so'z keladi. Komponentlari o'zaro boshqaruv yo'li bilan aloqaga kirishadi.  O'zingda yo'q, olamda yo'q.

So'z birikmalari tobe so'zning  sintaktik vazifasiga  ko'ra quyidagilarga bo'linadi:

      1.To'ldiruvchili so'z birikmasi. Buning tobe bo'lagi to'ldiruvchi vazifasida keladi va komponentlari o'zaro boshqaruv usuli bilan birikadi. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.

      2. Aniqlovchi so'z birikmasi. Bunda tobe bo'lak aniqlovchi vazifasida va komponentlari o'zaro moslashuv va bitishuv yo'li bilan birikadi. Aniklochi  so'z birikmasiga izohlovchi so'z birikmasi ham kiradi: Shoir Usmo Nosir xotirasi hech qachon unutilmaydi.

     3. Xolli so'z birikmasi. Bu xil so'z birikmalarining tobe bo'lagi hol vazifasida keladi. Komponentlari boshqaruv va bitishuv yo'li bilan birikadi:

Zuxra fabrikada ishlaydi.

So'z birikmalari strukturalariga ko'ra ikki xil:

1)  Oddiy so'z birikmalari.

      2)  Murakkab so'z birikmalari.

Oddiy so'z birikmalari ikkita mustaqil so'zdan  iborat: -Kitobni o'qish, maktab sari yurmoq, yangi kitob kabilar.

Murakkab so'z birikmalari ikkitadan ortiq leksik ma'noga ega bo'lgan so'zlardan tashkil topadi.




Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish